O`zbekiston Respublikasi Oliy va o`rta maxsus ta’lim bazirligi



Download 214 Kb.
bet2/2
Sana28.02.2022
Hajmi214 Kb.
#473708
1   2
Bog'liq
kurs ishi

4"Kitob mahsulotlarini nashr etish va tarqatish tizimini rivojlantirish, kitob mutoaalasi va kitobxonlik madaniyatini oshirish hamda targ`ib qilish bo`yicha kompleks chora-tadbirlar dasturi tog`risida
“ 2017-yil 13-sentabr PQ-3271sonli qaroriga muvofiq ,Kitob mahsulotlarini nashr etish va tarqatish tizimini rivojlantirish, kitob mutolaasi va kitobxonlik madaniyatini oshirish hamda targ‘ib qilish bo‘yicha kompleks chora-tadbirlar olib borilmoqda, kitob mahsulotlarini qayta nashr etish, ularning bugungi kun talabiga mos yani elektron nusxasini yaratish, jahon adabiyotining eng sara namunalarini o`zbek tiliga tarjima qilish, undan tashqari, milliy va tarixiy asarlarimizni qayta tiklash va ularning qilgan xizmatlarini xalqimizga, yoshlarga namuna, o`rnak sifatida ko`rsatish. Bundan tashqari har bir Oliy ta`lim muassasalarida yoshlarning ijodkor yoshlarning asarlarini davlat hisobidan erkin nashr etish, ist`dodlarni aniqlash va ularga ko`mak va yordam berish ishlar amalga oshirilmoqda. “
5Nodira XIX asrning birinchi yarmida ijod qilgan taniqli o‘zbek shoirasi. Uning boy adabiy merosi o‘zbek adabiyoti tarixida mumtoz o‘ringa ega . Uning g‘azallari hozirgi kunda kuy bo‘lib yangramoqda. Xalq dilidan joy egalladi. Shoiraning o‘zbekcha devoni debochasida, zamondoshlari asarlarida uning asl ismi, shaxsiyati, din, madaniyat homiysi sifatida qilgan ishlari haqida muhim ma’lumotlar bor. Shoiraning asl ismi Komila bo‘lganligini Nodira haqida ilk bor maqola yozgan serqirra ijodkor Lutfulla Olimiy, O‘z FA muxbiri a’zolari: Olim Sharafuddinov, Aziz Qayumov, filologiya fanlari nomzodi shoir O‘tkir Rashid o‘z maqolalarida alohida qayd etganlar. Komila din, madaniyat homiysi, olijanob ayol sifatida ko‘p va xo‘b xayrli ishlarni amalga oshirgan.
Nodira haqiqiy o`zbek ayoli timsoli.Uning hayoti yoshlar uchun ibrat na’munasidir . Ijodi esa adabiyotimiz xazinasida alohida o`ringa ega . Uni hayoti va ijodini o`rganish katta yutuqqa erishish demakdir.
I Bob. 6Nodira (taxallusi; ismi Mohlaroyim) , (1792-1842-yillar, Andijon , Qo‘qon)— shoira, ma’rifatparvar va davlat arbobi. «Komila» va «Maknuna» taxalluslari bilan ham she’rlar yozgan. Otasi Andijon hokimi Rahmonqulbiyning qabilasidan, Farg‘ona hukmdori Olimxonning tog‘asi. Olimxon ukasi Umarxonga Marg‘ilon hokimligini beradi va uni 1807- yilda Nodiraga uylantiradi. Nodira shu xonadonda she’r yozishni mashq qiladi, shoira Uvaysiy bilan tanishadi, uni muallima sifatida saroyga taklif etadi. Nodiraning umr yo‘ldoshi Amir Umarxon ham Amiriy taxallusida ijod qilgan.
7 Nodira 1792-yili Andijonda tavallud topgan. Nodiraning ota-onasi buyuk Sohibqiron Amir Temurning xonadoniga mansub edi. Nodiraning onasi − Oyshabegim qizining komila shaxs bo’lib yetishuviga ko’p hissa qo’shdi.
8 “Raxmonqulibiy o’zbek qabilalaridan urug`iga mansub oqsuyaklardan bo’lib, Farg`ona hukmdori Olimxonning tog`asi edi. Olimxon ukasi Umarxonga Marg`ilon xokimligini beradi va uni tog`asi Andijon xokimi Raxmonqulibiyning qizi Mohlaroyimga) bo’lajak shoira Nodiraga) uylantirishga qaror beradi. Bu qizning aqlliligi, odob va go’zalligi hamma yoqqa doston bo’lgan edi. Umarxon unga g`oyibona oshiq ham bo’lgan deydilar. Olimxon bu ahd orqali o’z tog`asi va ukasi o’rtasidagi qarindoshlik munosabatlarini mustahkamlamoqchi bo’ladi. Shunday qilib, Mohlaroyim Umarxon nikohiga kiritiladi”.
1822- yilda Umarxon vafot etib, uning o‘g‘li, 14 yoshli Muhammadalixon (Ma’dalixon) taxtga ko‘tarildi. Lekin davlatni, asosan, Nodiraning o‘zi idora qildi. U madaniyat va san’atni rivojlantirishga intildi. Nodiraning zamondoshi qozi Abdunabi Xotifning tamomlanmay qolgan voqeaband dostonida Nodiraning hayoti va ijtimoiy faoliyati ishonarli dalillar bilan ko‘rsatib berilgan: « Asar yozishdan maqsadim Nodiraning oqila, fahmli, ilm va so‘zning qadrig yetadigan donishmand ayol ekanligini ko‘rsatishdir... Umarxon vafotidan so‘ng bu iffat sadafining injusi kunlarni hasratu firoq bilan shu tariqa o‘tishini noshukurlik deb bildi. U gulistondek Chahorchaman bog‘iga borib, Farg‘ona, Toshkent, Xo‘jand , Andijon va boshqa shaharlardan fozillar, olimlar, xattotlar, naqqoshlarni o‘z xizmatiga chaqirtirib keldi» Nodira bir necha kitoblarni ko‘chirtirdi va shoirlarni yangi-yangi asarlar yozishga tashviq qildi. Shoira devonlarning chiroyli yozilishi , muqovasining bezatilishini o‘zi shaxsan ko‘zdan kechirib turgan. U yaxshi ishlagan kotiblarga tilla qalam , kumush qalamdon berib, ularni ”Zarrin qalam” lik mansabiga ko‘targan.
Nodira bozor va rastalar, masjid va madrasalar, karvonsaroylar qurilishiga e’tibor bergan. Go‘ristoni Kalondagi Madrasai Chalpak, Taqagarlik rastasidagi Moxlaroyim madrasasini bino ettirgan.
9 Rahmonqulibiy qizini har tomonlama yetuk tarbiya topishiga alohida e'tibor berdi . Go'zal va oqila Mohlaroyimning ta'rifi atrofga yoyila bordi. Uning ta'rifini eshitgan Marg'ilonning yigirma yoshli hokimi, Qo'qon xoni Norbo'tabiyning o'g'li Umarbek 1808- yilda unga uylanadi. 1810-yilda Olimxon o'ldirilgandan so'ng, Umarbek akasining o'rniga xon qilib ko'tariladi. Umarxon va Mohlaroyim birgalikda qisqa, lekin baxtiyor va mazmunli hayot kechirdilar. Ulardan Muhammad Alixon va Sulton Mahmud ismli o'g'illar tug'ildi. 1822-yilda Amir Umarxon vafot etadi. Bu endigina o'ttiz yoshga kirgan shoira uchun og'ir hayot zarbasi edi. Lekin u o'zini yo'qotmadi, ayriliqdan sarosimaga tushmadi.Iroda kuchini to'plab, o'n to'rt yashar o'g'li Muhammad Alixonni otasining o'rniga xon qilib ko'tardi. Uning yonida maslahatchi va ko'makchiday bo'lib tursada, aslida mamlakat mas'uliyatini, xalq tashvishini o'z zimmasiga olgan edi.
Bu urushda Amir Nasrullo g`olib kelib, necha ming gunohsiz kishilarni qilichdan o’tkazadi, Ma’dalixonn va uning o’gli Muxammad Aminni jallodga topshiradi. Jallod ularni o’ldirishga tayyorlanib turganda, oppoq sochlari to’zigan, parishon holda Nodira paydo bo’ladi. U begunoh , uch yashar Nabirasini quchoqlaydi va Nasrulloga qarab shunday xitob qiladi:
Ey zabardasti zeridast ozor!
Senga xam kelur bu qiziq bozor...
Amir Nasrullo buyrugi bilan Nodira, uning o’gli Ma’dali va nabirasi Muxammad Aminni jallod kundasiga keltiradilar. Jallod avval Nodiraning sochini qirqadi. Keyin nabirasi, o’gli va xar uchovlarining qo’llarini kesadi, so’ng oyoqlarini qirqadi va oxiri uchovlarining barobar kallalarini qirqadi”.
(O`tkir Rashid “Uch shoira”, 10-11 betlar).
Taniqli adabiyotshunos olim To’xtasin Jalolov yuqoridagi fikrga qo’shilmay “O’zbek shoiralari” kitobining 82-83 betlarida shunday yozadi:
“O’tkir Rashid bu tafsilotni qaysi manbaga asoslanib yozganini ko’rsatmagan. Fikrimizcha, u “Tarixi Turkiston” nomli kitobga murojaat qilgan ko’rinadi. “Tarixi Turkistonda” esa:
Ey zabardast ze ri dost ozor!
Senga xam kelur bu qiziq bozor.
Bayti Nodiraning so’nggi so’zi sifatida emas, tarixchining lirik chekinishi o’rnida ishlatilgan. Aslida esa bu she’r fors-tojik shoiri Sa’diy Sheroziyning “Bo’ston” nomli asaridan olingan bo’lib, asli quyidagichadir:
Ey zabardasti zeridast ozor!
Garm to kay bimonad in bozor?
Bachikor oyadat jaxondori?!
Murdanot bex, ki mardum ozori!
Demak, bu baytni Nodiraga nisbat berilishi va uning o’limi oldidagi so’nggi so’zi deyish xato”.
Tojik adabiyotshunosi Toji Usmon Vengeriya olimi Herman Vamberining “Buxoro yoxud Movorounnahr tarixi”, Mulla Niyoz Muxammad ibni Ashur Muxammadning “Tarixi Shoxrux” asariga asoslanib, Nodiraning o’ldirilishi tafsiloti haqida so’z yuritadi va o’lim oldida aytgan she’rlaridan quyidagi baytni keltiradi:
“... Bu tuproqlar ko’zim qoni ila ming lolazor o’lsa, Bobomdur bu, momomdur bu, otamdur bu, onamdur bu”.
To’xtasin Jalolov esa: “Nodiraning o’ziga xos uslubdor bo’lgan har bir kishi bu baytni, Nodirani emas, deb darhol rad etadi”,- deb yozadi.
Adabiyotshunos olim Aziz Qayumov Nodiraning o’ldirilish tafsilotini yozib, Nodira o’limi oldidan g`azalxonlik qilmaganini, faqat yosh nabirasini o’limga buyurgan Amir Nasrulloga qarab: “Ey zolim, otasiniku o’ldirding, bu go’dakda nima gunoh bor, nega buni ham o’ldirasan? deb xitob qiladi. Amir unga xaqorat bilan qarab: ”istasang seni ham o’ldiraman” deb javob beradi. Nodira: “ Bunday fojialarni ko’rib, tirik qolganimdan ko’ra o’lganim ming marta afzal”, deb xitob qiladi. Shundan so’ng Nasrulloning buyrug`i bilan jallodlar Nodirani ham qatl etadilar”, - deb yozadi.
10 “Ma’lumki, Nodira 30 yildan ziyodroq bir davrda mamlakatda podshohdan so’ng eng mo’tabar zot hisoblanadi. Ma’dalixon yosh chog`larida esa, podshohlik asosan Nodira qo’lida edi. Shu tariqa bu ayol mamlakatni idora qilishga salohiyatli ekanini isbot qilib, saroy doirasida xam, xalq orasida ham zo’r obro’ qozondi. Agar Amir Nasrullo Nodiraning ikki o’glini, shuningdek valiahd Muxammad Aminxonni o’ldirib, Nodirani tirik qoldirganda, Nodira o’z nufuzidan (obro’) foydalanib, butun Farg`ona xalqini Amir Nasrulloga qarshi oyoqqa turg`izishi, g`alayon ko’tarib, “Nasrullo qassob” ni taxtdan tobutga tortishi qorong`i tundan so’ng yorug` kun kelishidek muqarrar edi”
11Nodiraning adabiy merosi o‘z g‘oyaviy – badiiy ahamiyati nuqtai nazaridan mumtoz she’riyatning go‘zal na’munalaridandir. Uning to`la bo‘lmagan o’zbekcha devoni O‘zbekiston Fanlar Akademiyasi Sharqshunoslik instituti fondida saqlanadi . Devonga Nodiraning 109 (yoki 1704 misra ) g’azali kiritilgan . Nodiraning o’zi yozgan debochada tarjimayi holiga oid ba’zi muhim ma’lumotlar berilgan. 19 - asrda ko‘chirilgan, hozir O‘zbekiston Fanlar Akademiyasi Tarix muzeyi arxivida saqlanayotgan devonda Nodiraning «Komila» taxallusi bilan yozgan 19 (328 misra) g‘azali borligi aniqlangan. 1962- yilda Namanganda shoiraning mukammal devoni topildi . O‘zbekiston Fanlar akademiyasi Alisher Navoiy nomidagi davlat adabiyot muzeyida saqlanayotgan bu devon shoiraning merosini to‘liq qamrab olgan, deyish mumkin. Bunda shoira yozgan debocha mukammal berilgan. Devonda shoiraning «Nodira» taxallusi bilan yozgan 180 she’ri jamlangan (shulardan 136 tasi o‘zbek tilida, 44 tasi tojik tilida).
. O‘zbekiston Fanlar akademiyasi Sharqshunoslik instituti fondida Nodiraning «Maknuna» taxallusi bilan yozilgan , 333 g‘azaldan iborat bir devoni mavjud. Bugungi kunda biz Nodiraning o‘zbek va fors-tojik tillarida yaratgan 10 ming misraga yaqin lirik merosiga egamiz.
Nodiraning to‘la bo‘lmagan o‘zbekcha devoni O‘zbekiston fanlar akademiyasi Sharqshunoslik instituti fondida saqlanadi. Devonga Nodiraning 109 g‘azali kiritilgan.
12 Sharqda sohibi devon shoir bo‘lish katta sharaf hisoblangan. Chunki devon tuzishi uchun shoir arab alifbosidagi barcha harflar bilan tugaydigan g‘azallar bitgan bo‘lishi kerak. Nodira ikki tilda ham ana shunday yuksak darajaga yetgan ijodkor edi. She’riyat muxlislari orasida shuhrati juda baland edi. Bu haqda uning o'zi faxr bilan:
Nodira, har so‘zki insho ayladim,
Aydi anga ahli davron: «Marhabo!» -deb yozganida tamoman haq edi.
Chunki, mana oradan bir yarim asrdan ko‘p vaqt o‘tgan bo‘lishiga qaramay, uning she’rlari sevib o‘qiladi, hamon kishilarga ma’naviy-ma’rifiy, badiiy-tab’iy, zavq va lazzat ulashadi.
13Nodira mumtoz she’riyatning mavjud hamma janrlarida qalam tebratdi. Uning o‘zbekcha va forsiycha g`azallari
aruzning turli vaznlarida 5, 7, 9, 13, hatto 18 baytli hajmda yaratilgan . Shoira g`azallarining asosiy qismi 7—9 baytlidir. Nodira mumtoz adabiyot an’analarini qunt va ixlos bilan davom ettirgan. Navoiy , Fuzuliy, Bedil g‘azallariga muxammaslar bog‘lagan. Nodira o‘z g‘azallarida ko‘proq «mukarrar» (so‘zning takrorlanib kelishi) va «qo‘sh mukarrar» usullaridan foydalangan. Asarlarida talmeh, majoz, tashbeh, istiora, tazod, tadrij, tashxis, intoq kabi badiiy vositalarni mahorat bilan qo‘llangan.
Nodira fors-tojik tilida ham go‘zal , ta’sirchan she’rlar yozgan. Ular ham mazmun va badiiy mahorat jihatdan o‘zbek tilidagi g‘azallaridek yuksak darajada yozilgan bo‘lib, shoira ijodini yana ham keng va to‘laroq o‘rganishda muhim rol o'ynaydi.
14Nodiraning sheʼriy merosi bir nechta devonlarining qoʻlyozmalari orqali yetib kelgan. Oʻzbekcha sheʼrlarida Komila va forsiyda Maknuna taxalluslari bilan ham asarlar yaratgan . Uning 10000 misraga yaqin asari yetib kelgan. Gʻazal, muxammas , ruboiy, fard kabi koʻplab janrlardan faol foydalangan. Sheʼrlarida Navoiy , Fuzuliy, Bedil anʼanalarini davom ettirgan. Nodira gʻazallarida firoq, dard iztiroblarini samimiy bayon qilingan.
Nodira olimlar, shoirlar, ayniqsa , shoiralarni o‘z himoyasiga olgan. Shoira «hamnishin olima afifalar, fozila hamsuhbat sharifalarning maslahatlari va tashabbuslariga ko‘ra jamlangani» ni o‘zbekcha devoniga yozgan so‘z boshisida qayd etib o‘tadi.
15Nodira ijodiga bo‘lgan qiziqish shoira hayotlik davridayoq boshlangan. Mashhur shoira Dilshodi Barno (1800-1905) Nodiraga maxsus g‘azallar bag‘ishlab, uni «ilm-adabi va nazm osmonining yulduzi, ushshoqlar g‘azalxoni, shakar sochuvchi bulbul» , deb ta’riflaydi. Nodira g‘azallariga juda ko‘p shoirlar naziralar yozganlar, muxammas bog‘laganlar . O‘zbek adabiyotida va sahnada Nodiraning badiiy obrazi yaratildi. H. Razzoqovning «Nodira», Turob To‘laning «Nodirabegim» musiqali dramalari sahnalashtirildi. Komil Yormatov va M. Melkumovlarning senariysi asosida «Nodirabegim» filmi yaratildi. Shoira asarlari rus va boshqa chet tillarga tarjima qilingan. G’azallari o‘zbek maqomlari va xalq kuylariga solingan. O‘zbekistonning shahar va qishloqlarida ko‘plab ko‘chalar, kinoteatr va kutubxonalar Nodira nomi bilan yuritiladi. A.Qayumov, T.Jalolov, X.Razzoqov, M.Qodirova kabi olimlar tomonidan oʻrganilgan.
16Nodira hayoti va ijodi Hakimxon Toʻraning „Muntaxab ut - tavorix“, Avazmuhammad Attorning „Tuhvat ut-tavorix“, Ishoqxon Toʻraning „Tarixi Fargʻona“, Mushrifning „ Ansobus - salotin va tavorixi xavoqin“ kabi tarixiy asarlarda, Uvaysiyning „Voqeoti Muhammadalixon“, Nodir Uzlatning „Haft gulshan“ nomli dostonlarida Nodiraning iqtidori, faoliyati borasida qimmatli maʼlumotlar bayon etilgan. . Andijonda shoira nomiga shahar markazidagi shoh koʻchalardan biri, kinoteatr va boshqa madaniy muassasalar qoʻyilgan.
17"Uzlat", " Mahjur " taxalluslari bilan ko'plab asarlar yozgan shoir Nodir o'zining "Haft gulshan" ("Yetti gulshan") dostonida uni "Bilqisi mamoliki jahondur" (jahon mamlakatlarining Bilqisi) deb atagan edi. Bilqis asli parilar zotidan bo’lib, Sulaymon payg’ambarning umr yo’ldoshi bo’lgan deb naql qilinadi. U kishining nomlari Qur’onga ham kirgan.
Nodira davlatni idora qilishda ko’proq atrofdagi fozila va
ayollarga suyandi. O’zi ham qalam egasi bo’lgani uchun she’r ahlini o'ziga juda yaqin tutadi.
o “Barno” taxallusi bilan o’ zbek va tojik tillarida she’rlar yozgan Dilshod otin Nodiraga bag’ishlovlarida uning bu
boradagi murabbiy va homiyligini alohida ta’kidlagandi.
18 Nodira ijod ahlini o'ziga yaqin tutuvchi inson sifatida qalam tutgan ayollarni atrofiga jipslashtirdi, ularga homiylik qildi. Natijada Qo'qonda ayollardan hamI borat adabiy muhit vujudga keldi. Shoir Nodirning "Haft gulshan" asarida shunday satrlar bor:
Yig'ibon har tarafdin necha xotun,
Barisi fazl-u donish ichra otun.
Bari Zebunisodek erdi shoir,
Bari Maryam kabi zuhd ichra mohir.
Banning fahmi bir-birdin fuzunroq,
Banning ilmi bir-birdin uzunroq.
19 Shoiraning tojik tilidagi devoni O’zbekiston Respublikasida, shuningdek Tojikistonda nashr etildi. Shoiraning Maknuna taxallusidagi devonidagi she’rlari (S.Anisiy bilan birgalikda) ning nasriy tarjimasi amalga oshirilib ikki tom, uch kitobdan iborat asar sifatida nashr etildi. Shoira she’rlari Sankt – peterburg olimi S.N.Ivanov tarjimasida rus
kitobxonlariga ham yetib bordi. Shoiraning hayotiy va ijodiy faoliyatiga
oid monografiyalar chop etildi, badiiy asarlar yaratildi. O’zining sertarovat, serjilo asarlari bilan o’zbek adabiyoti ravnaqiga munosib hissa qo’shgan, tojik tilidagi sh e’rlari bilan ham muxlislar e’tiborini qozongan Mohlaroyim - Nodira tavalludiga 200 yil
to’ldi. Amir Umarxonning nogahoniy o’limi tufayli Nodira nazmidagi shodlik va baxt tuyg'ulari o'rnini alam va ayriliq iztiroblari tasviri egalladi. Haqiqiy ishq tasviri kuchaydi, tasavvufiy ramzu timsollar chuqur ishlandi, sog’inch va armon nolalari rivoj t opdi. Mohlaroyim badiiy ijod bilan astoydil shug’ullandi. U ijtimoiy umrini ezgu ishlarga safarbar etdi. Shoiraning mana bu dono so’zlari uning ijtimoiy faoliyatida o’zining amaliy ifodasini topdi:
Xusho oqilki, aylab yaxshilik bunyodi ni mahkam,
O’tar bu dayri foniydan o’zini neknom aylab.
II Bob. 20Nodira she’riyatining asosini lirika tashkil etadi. Nodira muhabbat, sadoqat va vafo kuychisidir. U go‘zallik va sadoqatni, Sharq xotin-qizlarining dard-alamlari, oh-fig‘onlarini kuyladi. Shoira o‘zini "ishq oynasi " deb atar ekan, bu oynada insonning hayotga umid bilan qarashi, ezgu istaklari va orzusi aks etgan. U muhabbat Alloh tomonidan insonlar qalbiga solingan mangu yog‘du ekanligini kuyladi:
Muhabbatsiz kishi odam emasdur,
Gar odamsan, muhabbat ixtiyor et!
Nodiraning muhabbat tushunchasi chuqur ijtimoiy mazmun kasb etadi. Muhabbat shaxsiy tuyg‘ular doirasidan yuqori ko‘tarilib, odamiylikni chuqur idrok qilish vositasiga aylantiriladi. Nodira insonning eng yuksak fazilati vafodorlikda deb biladi. Shoiraning fors –tojik tilidagi “ Mebosh “ radifli g`azalida shu xususida gap ketadi.
Majoziy ishq o'sib haqiqiy — ilohiy ishqqa yetganidek, Nodiraning she'rlaridagi muhabbat talqini so'fiyona mazmun kasb eta boradi. Shoira Yaratganga qarata: "Ey jamoling quyoshi (mehri) olamga oroyish, chiroy beruvchi, dunyoda ne borki jamisi, bugina emas, ularni tashkil qilgan zarralarning barchasi ham yuzungga oshiq, mast-u shaydo", deya xitob qiladi. Quyidagi baytlarda esa shoira bu dunyoning, inson hayoti mazmunining so'fiyona talqinini beradi:
Kel, dahrni imtihon etib ket,
Sayri chamani jahon etib ket...
Maqsad hi edi, jahoni kelding,
Kayfiyatini bayon etib ket...
Dunyo (dahr) imtihon maydonidir. Unda inson sinaladi, imtihon qilinadi. Ayni paytda u agar oqil bo'lsa, dunyoni, dunyo odamlarini ham sinovdan o'tkazadi. Kishi bu hayotga nega kelganligini to'g'ri anglashi kerak. Maqsad — yeb, ichib, xursandchilik qilib o'tish emas. Bu hayot insonga poklanish uchun berilgan muddat ekan, uni oqilona yashab o'tish lozim.
Shoira himmat, sabr, qanoat, nomus, hayo kabi xislatlarni ma’rifat, ya’ni Xudo vasliga erishishga yaqinlashtiruvchi manzillar sifatida qayd etadi, odam ana shu sharafli xislatlarni o‘z ruhiga mukammal singdirib olishi va uni sobitqadamlik bilan ko‘ngil ganjinasida asramog‘ini obrazli qilib tasvirlaydi . Odamzod shu sifatlardan maxrum bo‘lar ekan, u riyo yo‘liga kirib ketadi.
Nodira o‘z ijodida dunyoviylik bilan bir qatorda tasavvufning naqshbandiya yo‘nalishiga asoslangan bir butunlik orqali insonning jamiyat va tabiatga munosabatini ham, ilohiy muhabbat yo‘lidagi ruhiy dunyosini ham juda go‘zal va jonli misralarda ifodalab beradi. Nodira she’rlarida islom ruhi, tasavvuf ta’limi va hayot falsafasini chuqur idrok etgan holda hayotga hamma vaqt umidbaxsh nigoh bilan qaraydi va undan yaxshilik urug‘ini qidiradi. Nodira saroyda yashasa ham, o‘zini ma’naviy jihatdan baxtiyor hisoblay olmas edi. Shuning uchun ham u g‘azallaridan birida : «Meni saltanat masnadida ko‘rib, gumon etmang ayshu farog`at bilan», deydi.
21 Nodira sohibi devon ijodkordir. Mumtoz adabiyotning bir qator janrlarida barakali ijod qilgan shoira avvalo ishq kuychisi sifatida namoyon bo'ladi. "Et" radifli g'azalida yozadi:
Kuyib, ey Nodira, olam eliga
Muhabbat shevasini oshkor et.
Ko'rinadiki, Nodiraning hayot va ijoddagi maqsadi muhabbat shevasini olam ahliga oshkor etishdan, ularga muhabbatdan saboq berishdan iborat. U ishq talqinida ijod va ma'naviyatda ustozi avval bo'lgan Ahmad Yassaviyga ergashadi. Agar piri Turkiston bo'lmish Yassaviy "Ishqsiz odam hayvon jinsi muni biling" , "Ishqsizlarning ham joni yo'q, iymoni yo'q" deb bong urgan bo'lsa, Nodira :
Muhabbatsiz kishi odam emasdur,
Gar odamsan, muhabbat ixtiyor et, —
kabi unga hamohang baytlar bitadi. Bu oliy tuyg'uni ibodat darajasida biladi va "ishq namozini ado" etishini bildiradi.
Nodira, avvalo, majoziy muhabbatni tarannum etadi. Chunki majozda komil bo'lmay, haqiqatga yuksalib bo'lmaydi. Shuning uchun g'azallarida o'z yaqinlari , uni qurshab turgan ko'ngildosh kishilarga mehrini, muhabbatini bayon etadi. Ayniqsa, turmush o'rtog'i, ijodda ustozi, hayotda suyanchig'i bo'lmish Amiriy — Umarbekka bag'ishlab yozgan she'rlari talaygina.
22“Jilva ko‘rsatdi chu ul sarvi diloro bog‘ aro…”, “Fig‘onkim, gardishi davron ayirdi shahsuvorimdin…”, “Kel, sanga, ey shahi jahon , mamlakati jahon fido…”, “Na gul sayr ayla, na fikri bahor et…” deya boshlanadigan va boshqa g‘azallarini majoziy (insonning insonga muhabbati), ham ilohiy (insonning Allohga muhabbati) ishq jihatidan talqin etish zarur. Ana shunda asar mazmuni falsafiylashadi, u irfoniy-tasavvufiy ma’no-mazmun kasb etadi, uning badiiyligi, har zamon va makonga mosligi darajasi oshadi.
23Nodira she’riyati qizg‘in va hayajonli, boy va mazmundor, ayni paytda fojialar bilan to‘la hayotining o‘ziga xos sharhlaridan iborat. Bu she’riyatning bosh mavzuyi ishqdir. Uning har bir satridan ishq hidi anqiydi. Nodira she’riyatining bosh qahramoni ko‘pincha Amir Umarxondir. Barcha ta’rif va tavsiflar, ishtiyoq va intilishlar ungadir.
“Ey!” deb boshlanadigan barcha xitoblar unga qaratilgandir. Bu she’riyatning ijodkori goh baxtidan masrur, goh baxtsizligidan mahzun Nodirabegimdir. Shoira sig‘inadigan yagona Alloh–ishq.Uning toat-u ibodati, namoz-u niyozi ham – muhabbat. U o’z she’rlarida “ishq namozini ado” etishini aytadi.
Nodira nazdida ishqsiz dinu mazhabga berilish komil musulmonlikka olib bormaydi. Ishq-u muhabbat oshiqning din-u mazhabiga aylansagina u kamolot qozonadi:
Qil, Nodira, muyassar sho‘ri junun jahonda,
Ishqu muhabbat o‘ldi oshiqqa dinu mazhab.
24 Amir Umarxonning vafoti Nodiraga cheksiz iztiroblar, so'ngsiz qayg'ular olib keldi. Bu shoira she'riyatida anduh, g'am, hijron ohanglarining yuzaga kelishiga sabab bo'ldi. Shoira bir g'azalida:
Vasl uyin obod qildim, buzdi hijron oqibat,
Seli g'amdin bu imorat bo'ldi vayron oqibat, — deya ayriliq asoratlarini chizsa, boshqasida:
Nigori gulbadanimni tushimda ko'rsam edim,
Labi shakkar shikanimni tushimda ko'rsam edim, — kabi misralarda ilojsizlik ohangida zo'r qayg'u bilan ojiz ilinjlarni bayon etadi. Shu tariqa qonli ko'z yoshlarni siyoh qilib dildagi ohlarini qog'ozga yozib, biroz bo'lsada ko'nglini bo'shatmoqchi bo'ladi.
III Bob. Nodira she'riyatida didaktik xarakterdagi she'rlar ham uchraydi. Ulardan biri "Ehtiyoj" radifli g'azalidir.
Qilmag'il, zinhor izhor ehtiyoj,
Kim, aziz elni qilur хот ehtiyoj.
Odam qadrini har nedan ustun deb biladigan Nodira kishi har qancha muhtoj bo'lmasin bu haqida hech kimga bildirmaslik va aytmaslikni uqtiradi. Chunki ehtiyojlarni o'zgalarga aytish, muhtojlikdan shikoyat aziz odamni ham xor etadi. Do'stlaring ehtiyojingni bilgach, sendan yuz o'girishi yoki besabrliging tufayli ko'ngillari qolishi mumkin.
"Abas" (bekor, befoyda ma'nosida) radifli g'azalida pand so'zlari to'g'ridan to'g'ri hukmdorlarga qaratilgandir. Shoira she'rni keng, falsafiy miqyoslarda boshlab, e'tiborni shohlikka burib, shunday yozadi:
Fuqaro holig'a gar boqmasa har shoh, anga
Hashmat-u saltanat-u rifat-u shon, barcha abas.
Shoh uldurki, raiyyatga tarahhum qilsa,
Yo'q esa, qoidai amn-u amon, barcha abas.
Demak , xalq ahvoli hamisha shohning diqqat markazida turishi kerak. Agar shoh fuqaro holiga boqmasa, uning hashamati-yu saltanati, shon-u shuhratining hech kimga keragi yo'q.
Yorsiz ko'ngil nolalari
Nodiraning "Yorning vasli emas ozorsiz" g'azali quyidagi satrlar bilan boshlanadi:
Yorning vasli emas ozorsiz,
Gulshan ichra gul topilmas xorsiz.
Yorning vasliga yetish hech qachon mashaqqatsiz ozorsiz bo'lmaydi. Bu go'yo gulzorda tikan (xor)siz gul bo'lmagani kabidir. Shoira fikrni ayta turib uning isbotiga tabiatdan misol topadi va shu tariqa aytganlarini dalillashga harakat qiladi. She'r ilmida bu tamsil san'ati deyiladi. Ikkinchi baytda Nodira hayotidagi og'ir yo'qotishlarni bayon eta boshlaydi:
Ul parivash vaslidin bo'ldim judo,
Rohati dil qolmadi dildorsiz.
"Parivash" so'zi orqali odatda ma'slniqa ayol ta'nt etiladi To'g'rirog'i, aksar hollarda shunday tushuniladi. Aslida bu so'z orqali jinsidan qat'iy nazar har qanday yor obrazi ifodalanishi mumkin. Parivash pariga o'xshash degan ma'noni anglatadi. Parilar asli jinlar qavmidan bo'lib, ular o'tdan yaratilganlar. Shundan kelib chiqsak, "parivash" oshiq ko'ziga o'tday yoniq ko'rinuvchi va yana ko'ngil qo'ygan kishini o'tday kuydiruvchi ma'nosi anglashiladi. Demak, Umarbekning o'limi Nodirani hijron o'tlariga yoqib ketdi. Bu o'rinda sirtdan qaraganda noo'rin qo'llangan parivash so'zi aslida ayni o'z joyini topgan ifodadir. G'azalning uchinchi baytida an'anaviy markaziy obrazlardan biri bo'lmish ag'yor tilga olinadi:
Tan buzuldi, endi rohat qolmadi,
Baytdagi tan buzilishi ruhiy muvozanatga ishoradir. Yordan ayrilgan, ag'yor dardini tortayotgan odamda ruhiy muvozanat buzilishi tabiiy. Bu o'z navbatida insondan halovat, rohat ketishiga sabab bo'ladi. Bu yerda ham tamsil san'ati qo'llangan bo'lib, yuqoridagi ruhiy holatni soya devorsiz paydo bo'lmasligi misoli bilan dalillaydi. Keyingi baytda an'anaga muvofiq lirik chekinish qilinadi:
Berma nisbat qaddig'a, ey bog'bon,
Sarvdur bu bog' aro raftorsiz.
Ya'ni, ey bog'bon, sen yorning tik qadini sarvga o'xshatmagin. Chunki harakatsiz, joyidan qo'zg'olmaydigan sarv qayda-yu xiromon yurish bilan barchani maftun etadigan yor qayda. Ularni bir-biriga nisbatlab bo'ladimi!? Aslo! Baytda Nodiraning an'anaviy tasvirga yangicha, o'ziga xos yondashganini ko'ramiz. Ungacha barcha shoirlar ma'shuq(a) qadini sarvga qiyoslab, go'zallik timsoli sifatida olgan bo'lsalar, bu yerda ular o'zaro qarshilantirilmoqda va hech qanday sun'iylik, mantiqsizlikka yo'l qo'yilgani yo'q . Bu yuksak badiiy mahorat belgisidir..
G'azal davomida ahvoli ruhiyasini baytma-bayt sharhlagan shoira maqta'da musohiblari — yaqin suhbatdosh, do'stlariga qarata o'z ahvolidan ogoh bo'lish o'tinchini aytib, she'rni mahzun kayfiyatda yakunlaydi.
Chunki,mana oradan bir yarim asrdan ko‘p vaqt o‘tgan bo‘lishiga qaramay,uning she’rlari sevib o‘qiladi,hamon kishilarga ma’naviy-ma’rifiy, badiiy-tab’iy,zavq va lazzat ulashadi.
25 Nodira badiiyat ilmidagi san’atlarni mukammal o‘rgangan va she’riyatiga tabiiy tatbiq eta olgan shoiradir. U badiiy usul imkoniyatlaridan foydalanib aqlni hayratga soluvchi manzaralar ijod qilgan. Ayniqsa, mubolag‘a san’atini go‘zal ma’nolarni suvratlantirishga
mohirona safarbar etgan:
G‘amimni sharhini yuz mingidan birini dedim,
Falak ani ko‘tarurda xam ayladi qomat.
Shoira qismatiga tushgan g‘am yuki shu qadar og‘irki, uning yuz mingdan bir ulushi izhor etilganida, alak ko‘tarolmay, qaddi bukilib qolgan ekan.
Bunday mubolag‘a vujudga kelishiga osmonning egilgan holatdagi ko‘rinishi asos bo‘lgan. Yerdagi ohning ko‘kkacha yetib borishi-chi? Bu ham mubolag‘a vujudga mo‘jizasi, albatta:
Ohim o‘qig‘a qadim kamondur,
Bu o‘ni nishonidur Surayyo.
Ushbu bayt zamiridagi tashbih – naqadar xayoliy qudrat mahsuli! Shoiraning ohlari koinotni o‘rtaydigan ohlar bo‘lganini bir tasavvur qilaylik. Bu ohlar g‘am-alam epkinidan tarkib topgan shoira qaddi kamonidan falakka otilgan otashin o‘qlardir. Bu o‘qlar Surayyo sayyorasini mo‘ljalga oladi va bexato uradi. G‘am yuklaridan egilgan qomatni va iztiroblarga to‘lgan qalbni bundan-da tiniq, aniq , go‘zal tasvirlash mumkinmi? G‘am yuki og‘irligidan alifdek qomat yoysimon shaklga kiradi, yoydek egilgan qad kamonidan falakka g‘am o‘qlari otiladi, olamdan oshgan ohlarning mingdan bir ulushini ko‘tarolmay, falakning qaddi kamondek egiladi! Nodira ishq-muhabbat, ilm - ma’rifat, el-yurt, do‘stlik, osoyishtalik, do‘stlik, osoyishtalik , obodonlik va maishiy farovonlik haqida asarlar yaratgan edi. Albatta, uning bevosita mamlakat va xalq hayoti bilan aloqador bo‘lgan she’ r va g‘azallari aholining turli qatlamlari jumladan, mehnatkash tabaqalar “marhabo” siga musharraf bo‘lgan; uning “Shoh uldurki, raiyatga tarahhum qilsa” degan so‘zlari, “Shod qilgin bandalarning ko‘nglini ehson etib” degan iboralari xalqqa ma’qul tushgan va Nodiraning shoira sifatidagi muborak ovozini xalq ovozi xalq istak-orzusi bilan ma’lum darajada hamohang qilgan. Masalan, u xonni adolatparvarlikka chaqirib, bunday degan edi:
26 Tojikcha devon muqaddimasida noma’lum kotib-shoiraning Mohlaroyim fazilatlari va xizmatlari haqida “Kamol dengizining gavhari, izzu iqbol sadafining durri noyobi, ul xotinlar toji”degan so‘zlari, shuningdek, Nodiraning o‘zbekcha va tojikcha “yoqimli va shirin-shirin she’rlar yozganligi haqida qaydlar muhim ahamiyatga egadir. Chunki shu 4182 sonli “Devon”ida keltirilgan she’rlar muqaddimada qayd etilgan fikrlarni to‘la tasdiqlaydi.
5000 misradan ko‘proq bo‘lgan 333 she’rni o‘z ichiga olmish bu "Devon” dagi g‘azallarning birida Nodira: “Men gavharlikda Jayhun daryoga yetsam ham, bir qatra suvman, qadru martabadan osmonga yetsam ham, bir zarra tuproqman” deb quyidagilarni yozadi:
Qatrai obam gar az gavhar ba Jayhun merasam,
Zarrai xokam gar az rif’at ba gardun merasam.
Bu yurak so‘zlari Maknunaning oliyjanoblik, kamtarlik fazilatlaridan darak neradi. Katta falsafiy fikrlar bilan to‘la bo‘lgan bu “Devon” dagi she’rlarning birida shoira:
To buvad poi jahdi Maknuna
Az sari justujo‘ nagardam boz
Maknunaning oyoqlari harakatda ekan, izlanishdan qolmaydi
(Umidimiz borki, iqbol quyoshga chiqajak, zindon qorong‘uliklariga ham nihoya yetajak),- deb yaxshi kunlarni orzu qilardi. Shoira falakning mojarolariga , “dardu alamga mubtalo” qiluvchi holatlarga e’tiroz bildirib, inson erkinligi to‘g‘risida o‘ylagan. “Zindon qorong‘uligiga barham beruvchi”, “Iqbol quyoshi” porlab chiqishini orzu qilgan.
Mubolag‘aga muqobil san’atlardan biri kuchaytirish bo‘lib, uning Nodira devonida qo‘llanish mahorati ham she’rxon idrokini sehrlaydi:
Belining borlig‘in qildi kamarbandi ayon,
Og‘zi yo‘q erdi, ani qildi padidor hadis.
Sharqda belning ingichkaligi, og‘izning torligi tashqi go‘zallik belgilaridandir. Maqsad insondagi mana shu nazokatni tasvirlash. Nodira g’azalidagi manzurning beli ko’z ilg‘amas darajada nozik ekanki, uni kamarbandi, ya’ni turkona aytganda, belbog‘I sezdirib qo‘yibdi. Og‘iz yo‘q darajada pinhon emishkim, borligini so‘zlagan so‘zlari oshkor etibdi.
27Shoira tarjimayi holidan yaxshi bilamizki, u hayotining so‘nggi yigirma yilini umr yo‘ldoshidan ayrilgandan keyingi umrini hijron azobida o‘tkazgan. Bu esa albatta uning she‘r va g‘azallariga katta ta’sir qildi. Hatto, firoqnoma asarlar bitish, boshqacha aytganda, she’rlarida hijronni kuylash shoira ijodining asosiy yo‘nalishlaridan biriga aylandi. Nodiraning firoqnomalarini ikki qismga bo‘lish mumkin:
1.Firoqnoma ruhidagi turli lirik asarlar.2.Maxsus “Firoqnoma” muashshari.
Hijron motivlari shoiraning turli lirik janrlarda bitilgan asarlarida , xususan g‘azallarida kuchli sezilib turadi. Albatta, ayriliqni kuylash mumtoz lirikamizda avvaldan bor edi. Chunki tasavvufiy talqinga ko‘ra, inson bu hayotda Allohga intilib, umr bo‘yi uni bunyod etgan oily zotga talpinib yashaydi. Lekin Nodira firoqnomalarida bevosita Umarxondan ayriliq kabi dunyoviy dard-alam bilan tasavvufiy hijron uyg‘unlashib ketgan. Shoira asarlarida mumtoz she’riyatimiz shart va talablarini mukammal o‘zlashtirishga, shu yo‘lda izlanishlar qilishga, yangiliklar yaratishga intilish sezilib turadi. Bu jihatdan uning musammatlari alohida diqqatga molik. Xususan , “Firoqnoma” muashshari o‘zbek so‘z san’atining ajoyib namunasi hisoblanadi. Asar mazmun-mohiyati shoira umum ijodidagi mavzu va motivlar bilan chambarchas bog‘liq. U muashshar janrida, ya’ni har bandi o‘n misradan iborat bo‘lgan shaklda bitilgan. O‘n banddan, jami yuz misradan iborat bu asarning har bir bandi:
Hech kim,yo Rab,jahonda yoridin ayrilmasun,
Jondin ortiq, mehribon dildoridin ayrilmasun. Misralari bilan tugallanadi.
Bu ikki satr asarning bosh leytmotivini belgilab bergan . Unda hijron azobini chekkan lirik qahramon kayfiyati shundoq bo‘rtib turibdi.
«Firoqnoma « amalda o‘n misrali band, besh baytli bir kichik g‘azal hajmini tashkil etadi. Shuning uchun shoira yuksak mahorat ko‘rsatib, uning har bir bandi badiiy qurilmasini mukammallashtirish, ohangdorlik quvvatini imkon qadar oshirishga harakat qilgan. Banddagi o‘n misraning oldingi sakkiz satri o‘ziga xos qofiya tizimiga bo‘ysundirilgan. Birinchi bandda “aylar falak”, ikkinchi bandda “aylar meni”, beshinchi bandda “qilmadi”, yettinchi bandda “bo‘lmadi”, sakkizinchi bandda “ayladi” so‘zlari radifga olingan. Qolgan besh band esa radifsiz qofiyalar bilan tugaydi.
Birinchi bandda lirik qahramon aybni falakka qo‘yadi. Sakkiz misraning ham “aylar falak” radifi bilan tugashi ham shundan. Shoira lirik qahramoni oh chekib, falakning unga behad jabr-u jafo ko‘rsatib, ayriliqda qismatini dard-u balo aylashi, boshiga ko‘p mojaro solishidan, bu kulfat uning yuzini qahraboga aylantirgani, ya’ni sarg‘aytirgani, shu tariqa g‘am-hasratga mubtalo etganidan noliydi, bu ayriliq bulbulni “bebarg-u navo” qilganini aytib, fig‘on chekadi. Falak timsoli ikkinchi bandda ham bor. Endi muallif , hatto “charxi dunni” ham ham ishlatadi. Lirik qahramon ana shu falak yoxud charxi dunning jabr-u jafosiga sabr etmoqchi ham. Biroq buning iloji yo‘q, ishq dardi uni beqaror qiladi. Aqlimni yig‘ib olay (“kasbi xush etsam”) desa, junun (so‘zma-so‘z – jinnilik, aqlni yo‘qotib qo‘yish) uni beixtiyor qiladi. Hajr o‘ti (“dog‘i”) uni firoq qo‘lida (“ilkida”) zor etadi, oxiri, majnunshior, ya’ni jinnisifat qilib qo‘yadi. Bu va keyingi barcha bandlar oxirida har gal yuqorida keltirilgan bayt aynan takrorlanib kelaveradi. Shu taxlit banddan bandga hijron dardi ifodasi yanada kuchayib boradi. Nodira lirikasida uning umr yo‘ldoshi Umarxon - shoir Amiriydan bevaqt judo bo‘lganida yozilgan marsiya-firoqnoma borki, uni o‘qigan, tinglagan inson larzaga tushadi. Bu firoqnoma muashsharda birinchi o‘nlik band misralarining sakkiztasi o‘zaro qofiyalanib keladi (aaaaaaaa), qolgan ikki misrasida boshqacha qofiyalar kelad. Umumiy qofiya tartibi:aaaaaaaabb,aa aaaaaabb... Hamma o‘nlik bandlarning sakkiz misrasi mustaqil qofiyalanib, har band oxirida birinchi band so'nggida kelgan bayt o‘zgarishsiz aynan takrorlana boradi.She’r tarkibidagi barcha poetik komponentlar qatorida undagi qofiyalar,radiflar Nodira qismatiga tushgan ayriliq dardlarini ifodalashga xizmat etadi. Shoira har qaysi o‘nlik bandlarda musibat kechinmalarini ifodalovchi sakkiztadan qofiyadosh so‘zlarni topib ishlatadi.
Bu o‘rinda Nodiraning qofiya tirgaklari radif kabilarni ishlatishga ham o‘zgacha mas’uliyat bilan qaraganligini takidlash lozim.Raviylar qofiyaning kompozitsion markazini tashkil etadi.U qofiyaning asosidir.Aruzda yozilgan she’rlarda ko‘proq harakatsiz undoshlar,ba’zi hollarda esa,cho'ziq unlilar (o, u, o') raviy bo‘lib keladi.Raviy,asosan,bir tovushning qofiyadosh so'zlarda aynan takroridan,ba’zan eshitilishi bir-biriga yaqin bo‘l- gan tovushlarning almashinishidan (t-d, g ‘-q, q-k... kabilar) paydo bo‘ladi. Nodira o‘zi mahorat bilan topib qo‘llagan qofiyalarida raviylarga katta e’tibor beradi.
“Firoqnoma”da Nodira o‘z hijron azobini go‘zal va juda ta‘sirli tarzda ifodalab bergan.She’rda banddan bandga o‘tilgani sayin oshiqaning ma’shuq sog‘inchida chekayotgan dard-alamlari izhori kuchayib boraveradi.Eng muhimi,asarda hasbi hol xususiyati bo‘rtib turibdi.Ya’ni satrlar mag‘zida aynan Nodiraning o‘zini,uning Umarxon vafotidan keyin chekkan insoniy azob-iztiroblarini his qilamiz.Asarning tarbiyaviy ahamiyati ham sadoqat,vafo g‘oyasini kuchli targ‘ib qilishidan kelib chiqadi.Bu asar bilan Abdulla Oripovning “Ayol” she’ri o‘rtasidagi bog‘liqlikni ham sezasiz.Ikkala asarda ham sharq ayollariga xos umr yo‘ldoshiga sadoqat ruhi ustun.
Nodiraning vafo bobidagi fidokorona,samimiy fikrlarini o‘qib,ixtiyorsiz ulug‘ Navoiyni eslaysan,kishi.Navoiyning Majnun tili bilan Navfal qiziga :
Yoringga vafo shioring o‘lsun
Kim, tengri hamisha yoring o‘lsun-
degan misralari,aslida kelajak avlodga qaratilgan nasihat edi.Nodira mana shu
nasihatni “labbay” deb qabul etgan qizlarning biri bo‘lib,u shaxsiy hayotida bunga amal qildi.Ijodiy faoliyatida vafo uning bosh mavzusi bo‘ldi:Nodira vafoni kuylagan shoiradir.
28Lirika-(yun.cholg‘u asbobi)adabiy tur sifatida qadimdan shakllangan bo‘lib,o‘zining bir qator xususiyatlariga egadir.Lirikaning bеlgilovchi xususiyati sifatida uning tuyg‘u-kеchinmalarni tasvirlashi olinadi.Ya’ni,epos va dramadan farqli,lirika voqеlikni tasvirlamaydi,uning uchun voqеlik lirik qahramon ruhiy kеchinmalarining asosi,ularga turtki bеradigan omil sifatidagina ahamiyatlidir.Shu bois ham lirik asarda voqеlik lirik qahramon qalb prizmasi orqali ifodalanadi,yana ham aniqrog‘i,lirikada kеchinmani tasvirlash uchun yеtarli miqdordagi voqеlik “parchalari”,dеtallargina olinadi.Lirikaning asosiy obrazi — lirik qahramon (ba’zan u lirik subyеkt dеb ham yuritiladi).
Shoiraning lirik qahramoni parvonavor oshiqlik talabgori. Uningcha,chinakam oshiq quruq da’vo bilan cheklanmasdan,shamdek kuymoq,parvonadek olovda o‘rtanmoq xislatiga,qudratiga ega bo’lishi kerak.Shunda uning muhabbati husni ishq darajasiga ko‘tariladi,kuli ko‘zlarga to‘tiyo bo‘ladi:
29Shoira yozgan g‘azal yo boshqa kichik lirik janrlar namunalarida yor timsoliga munosabat biroz o‘zgaradi.Birinchidan, ancha umumiylashadi,ya’ni endi uni xushro‘y bir qiz sifatida tasvirlab bo‘lmay qoladi.Ikkinchidan,g‘azal janri an’anasiga ko‘ra,lirik qahramon – oshiq tarzida namoyon bo‘ladi,erkak shoirlar yozgan asarlar mantiqan ma’shuqaga bag‘ishlanadi,shoiralar qalamiga mansub satrlarda lirik qahramon oshiqqa aylanadi va g‘azal endi ma’shuqaga emas, balki ma’shuqqa bag‘ishlanadi,shuning uchun shoiralar qalamiga mansub g‘azallarda yorning uzun sochi, ingichka beli qalam qoshi, uzun kipriklari maqtalavermaydi . Uchinchidan,shoiralar yor (ya’ni ma’shuq)ni shunday umumiy
Nodira ezgu ishlar bunyod etdi va o’tar dunyoda yaxshi nom Mohlaroyim- Nodira islom diniga samimiy e’tiq od qo’ygan, tasavvuf maslagiga mehr bog’lagan komil musulmon shoira edi. U islom va tasavvuf yo’nalishida katta kitoblar yaratmagan, ta fakkur tarixida iz qoldirgulik kashfu karomatlar ko’rsatmagan bo’lsa-d a, ijtimoiy faoliyatini bu ezgu yo’lda shu qadar fidoiylik bila n safarbar etdiki, uning sa’y – harakati bilan din hamda millat takomili uch un tabiiy sharoit vujudga keldi. Shoiraning amaliy faoliyati nazariy va ma’rifiy yutuqlar omili bo’ldi. Nodira ushbu tarixiy xizmatlarini devoni debochasida
iftixor va qoniqish hislari bilan yozadi: “Ulamoyi din rivojlarig’a imdod
yetkurdim, to shar’i sharif rivoj topti, zuhd ahliga ixlos va aqidatan zohir
qildim, to din va millat kamol topti. Fazlu donish qabilasiga shafqat va
marhamatdin oncha inoyatlar ko’rguzdumkim, e’tibor darajasig’a
taraqqiy qildilar. Soyil va gadolarni talablarig’a yetkurub, karam va
ehson eshikidin noumid yubormadim. Mushafi sharif v a kutubi diniy va
rasoyili yaqiniy ko’p yozdurdim. Barchasin xolisanl illoh vaqf qildim”.
Bunday iftixor izhori Nodira g’azallaridan ham sado
beradi:
Din Nodiradin kamol topti,
Iqbol rafiqu mulki obod.
Yuqoridagi singari savob ishlarni amalga oshirish Nodira
faoliyatining qat’iy shioriga aylanganedi.Uning:
Aylag’il obod tavfiqu adolat mulkini,
Komila, mavlo yo’lida himmati mardona tut.
Bayti mazkur shiorning badiiy ifodasidir.
Ammo nosoz ijtimoiy muhit Nodiraga vafo qil madi. Feodal
jamiyatdagi ayovsiz kurash Mohlaroyim singari nodir san’atkorlarni o’z
manfaati yo’lida qurbon qildi.
Shoiraning zamondoshlaridan biri u haqda shunday yozgan edi: Ayladi umir ruhini shod,
Adl ila qilib jahonni obod.
30 Zamondoshlari Amir Umarxon bilan Nodirabegim turmushining
baxtli kechganini xabar qiladilar. Umarxon ko’p jihatdan mukammal bir
kishi bo’lgani ma’lum. U shoir sifatida “Amir”, “Amiriy” taxallusi bilan
go’zal she’rlar bitgan, devon tartib qilgan edi. Shijoati va botirligi
shundan ham bilsa bo’ladiki, tarixiy manbalar uning arslon bilan
yakkama- yakka olishib, yengib chiqqanini malum qiladi. Shoiraning
umr yo’ldoshi bu qadar suyishi va undan iftixor eti shi bejiz emasdi.
Yorning o’zi u yoqda tursin, xabarchisi ham unga bir dunyo quvonch
bag’ishladi:

Xulosa.
Shoira Nodira va Umarxonning ijodi o’zbek adabiyotiga katta hissa qo’shgan shoirlarimizdan biri hisoblanadi. Umarxonning vafotidan keyin Nodiraning vafosi o’zbek qizlarimizga namuna sifatida ko'rsatishimiz mumkin. Shoiraning hayoti quvonch va shodlikka to’laligini ko’rishimiz mumkin. Uning g’azallarida o’zbek ayollariga xos vafo va sadoqat , zamonaning adolatsizligi, dunyoning beshafqatligi, Nodiraning g’azallarida yaqqol ifoda etilgan. U o’zining boshidan o’tgan qiyinchiliklarni mana shu g’azallarida yoritgan.


Tarix takrorlanadi degan gap bor. Nodira va Zulfiyaning hayoti qariyb bir xil kechdi. Ya’ni Nodira 30 yoshida, Zulfiya esa 29 yoshida umr yo’ldoshidan ajradi. Bu ayriliq tabiiy ravishda ana shu ikki shoira ijodida hijron motivini asosiy yo’nalishga aylantirdi. Nodira va Zulfiya faqat adabiyotimizdagina emas, umuman, hayotda ham o’zbek ayolining vafo va sadoqati timsoli bo’lib tarixda qoldi.
Shoira himmat, sabr, qanoat, nomus, hayo kabi xislatlarni ma’rifat, ya’ni Xudo vasliga erishishga yaqinlashtiruvchi manzillarsifatida qayd etadi, odam ana shu sharafli xislatlarni o‘z ruhiga mukammal singdirib olishi va uni sobitqadamlik bilan ko‘ngil ganjinasida asramog‘ini obrazli qilib tasvirlaydi . Odamzod shu sifatlardan maxrum bo‘lar ekan, u riyo yo‘liga kirib ketadi. Nodira ezgu ishlar bunyod etdi va o’tar dunyoda yaxshi nom Mohlaroyim- Nodira islom diniga samimiy e’tiqod qo’ygan, tasavvuf maslagiga mehr bog’lagan komil musulmon shoira
Nodira ishq-muhabbat, ilm - ma’rifat, el-yurt, do‘stlik, osoyishtalik, do‘stlik, osoyishtalik , obodonlik va maishiy farovonlik haqida asarlar yaratgan edi. Xalqimizga ikki devon qoldi. Nisbatan to’la deb hisoblangan turkiy devonida 189 g’azal mavjud. Nodira ijodi o’zidan keyingi ko’plab shoirlar uchun mahorat maktabi bo’lib xizmat qiladi.
Asrlar davomida Sharq adabiyotida quvonch va g`azabni, visol xursandliklari va xijron alamlarini, tinch va osoyishta yashash umidlari va bu umidlar qarshisidagi fojiali hollarni o’z ijodlarida aks ettirgan, ma’suma va munis onalar qalbini, ayollar bardoshini boy ruhiy olamini yuksak nafasda kuylagan o’nlab shoirlar o’tganlar. Bunday ijodkorlar sirasiga bevosita Nodira alohida o`rin tutadi.
Mashhur o’zbek shoirasi Mohlaroyimning kishining ham havasini keltiradigan va ham daxshatga soladigan hayot yo’li mana shunday.
Nodira haqiqiy o`zbek ayoli timsoli. Uning hayoti yoshlar uchun ibrat na’munasidir . Ijodi esa adabiyotimiz xazinasida alohida o`ringa ega . Uni hayoti va ijodini o`rganish katta yutuqqa erishish demakdir.
Foydalanilgan adabiyotlar ro`yxati.
1.Anvar Hojiahmedov “ She’riy san’atlar va mumtoz qofiya “. Toshkent-1998. 2. A.Qayumov. Qo`qon adabiy muhiti.T.1961. 3.Abdullayev.V O`zbek adabiyoti tarixi,2-kitob.1967 4.A.Hojiahmedov.”She’riy san’atlar”.T.2001 . 5. B.Qosimov,N.Jumaxo`ja O`zbek adabiyoti,T.2003. 10-sinf darsligi. 6.Boborahimov.M.Nodira she’riyatiga ta’zim,//O`zbekiston matbuoti.1995. . 7. A. Karimov. Istiqlol va ma’naviyat.-T.:O`zbekiston. 1993- yil, 71- bet. 8.M.Qodirova. Davr Nodirasi,T.1991. 9.M.Qodirova.Nodira,T.1961. 10.Ma’naviyat- yulduzlari,T.2001. 11.Mirza Karim “Mohlaroyim”roman. 1-kitob,Toshkent-1993. 12. Nodira .Devon.Qo`lyozma.O`zRFA Sharqshunoslik instituti.1-jild.1968. 13. Nodira-Komila.2-kitob.T.2004.
14.Nodira ,g`azallar.Nashrga tayorlovchi A.Qayumov.T.1958.O`zbek adabiyoti nashriyoti. 15.Orzibek.R.O`zbek adabiyoti tarixi.”Fan”,T.2006. 16. T.Jalolov.O`zbek shoirlari,1-kitob, 2-nashr,T.1970. 17.Uvaysiy va Nodira .T.1994. 18.Y.Ishoqov.”So`z san’ati so`zligi”.
18.O`zbek shoirlari bayoni “Fan” nashriyoti.1993.
Internet saytlari.
1.http://yuz.uzTa’li m –tarbiya tizimi: taraqqiyotning yangi bosqichi.
2. www.ZiyoUz.com. 3.https://bilimlar.uz/nodira
4.O`zbek adabiyoti tarixi .T. 1978.
5.www.arboblar.uz
6.https://qomus.info.
7.https://anarim.Az.firoqnoma.nodira.
8.https://saviya.uz.Nodira


1  I. A. Karimov. Istiqlol va ma’naviyat.-T.:O`zbekiston. 1993- yil, 71- bet.



2 http://yuz.uzTa’lim –tarbiya tizimi: taraqqiyotning yangi bosqichi.

3 Shavkat Mirziyoyev”O`zbek mumtoz va zamonaviy adabiyotni xalqaro miqiyosda o`rganish va targ`ib etish masalalari “ mavzusida xalqaro konfrensiya.

4 Shavkat Mirziyoyev “Kitob mahsulotlarini nashr etish va tarqatish tizimini rivojlantirish kitob mutolaasi madaniyatini oshirish hamda targ`ib qilish bo`yicha kompleks chora-tadbirlar to`g`risida” 2017-yil 13-sentyabr PQ 3271 sonli qarori.

5 www.ZiyoUz.com.

6 Elib.buxdu.uz

7 T.Jalolov.O`zbek shoirlari,1-kitob , 2-nashr,t,1970.

8 V.Abdullayev,O`zbek adabiyoti tarixi,2- kitob,1967.

9 https://bilimlar.uz/nodira

10 Qodirova .M. Nodira.-;1965.22-23betlar.

11 A.Qayumov,Qo`qon adabiy muhiti,Toshkent.1961

12 O`zbek adabiyoti tarixi .T. 1978.

13 www.arboblar.uz

14 A.Qayumov,Qo`qon adabiy muhiti,Toshkent.1961



15 http://kitobam.com/cr/nodira –mohlaroyim/

16 A.Qayumov.Qo`qon adabiy muhiti.-T.1961.

17O`zbek shoirlari bayoni “Fan “nashriyoti.1993.

18 Abdullayev.V .O`zbek adabiyoti tarixi.1980

19 Elib.buxdu.uz.

20 Boborahimov.M.Nodira she’riyatiga ta’zim.//o`zbekiston matbuoti,1995.8-9betlar.

21 Bobobekov.H.Nodira.Yosh kuch,1991.38-bet.

22 Boborahimov.M.Nodira she’riyatiga ta’zim.//o`zbekiston matbuoti,1995.35-bet.



23 Ma’naviyat yulduzlari,T,2001.

24 . Qodirova .M Davr Nodirasi.T.!991.

25 www.ziyonet.uz.

26 https://bilimlar.uz/nodira

27 https://kh-davron.uz

28 http://fayllar.org.

29Uvaysiy va Nodira.T.1994

30 https://ziyo.uz.com


Download 214 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish