195
K I R I SH
Hozirgi vaqtda axborotga jamiyatni rivojlantiruvchi
asosiy resurslardan
biri deb qaraladi, informasion sistemalar va texnologiyalar esa insonlar
ishining unumdorligi va samaradorligini oshiruvchi vosita hisoblanadi.
Informasion sistemalar va texnologiyalar ishlab chiqarish, boshqarish va
moliya faoliyatida juda keng qo‘llaniladi. So‘nggi vaqtlarda esa inson
faoliyatining barcha jabxalarida informasion texnologiyalarni joriy qilish
aktiv ravishda olib borilmoqda. Bu esa yangi informasion texnologiyalar
imkoniyatlaridan tashkilotlar va firmalarda qaror qabul qilishni qo‘llab-
quvvatlash uchun va ishlab chiqarishda ishlovchi ishchilarning mehnat
samaradorligini oshirishda foydalaniladi.
Fanning maqsadi va vazifalari:
Axborot va axborot texnologiyasini rivojlanish
bosqichlari, axborotni
ishlash vositalari, yangi texnologiyalarni dasturiy, texnik va informasion
ta`minotlarida qaror qabul qilishni qullab-quvvatlash maqsadida SHEHM
larda ishlashga mos informatsion texnologiyalarni aniqlovchi mavjud turli
xil sistemalar ishlashini o‘rgatishdan iborat. Bu fanni o‘qitishda zamonaviy
stendlardan, zamonaviy komp`yuterlardan va boshqa maxsus axborot
texnologiyalaridan foydalaniladi.
O‘quv jarayonidagi o‘rni va aloqadorligi:
Ma`ruzalardan olingan amaliy bilim laboratoriya mashg‘ulotlari va
mustaqil ishlar bilan mustahkamlanib borishi ko‘zda tutiladi, hamda
olingan barcha bilimlarni amaliy tatbiqi sifatida kurs (bitiruv) ishi
bajariladi.
Fanning roli va ahamiyati:
Oliygohda o‘qiyotgan talabalar bakalavr diplomiga ega bo‘lishlari
uchun «Informatika va axborot texnologiyasi» fanidan quyidagilarni
o‘zlashtirishlari lozim:
-axborot
va uning turlari, ularni yig‘ish, saqlash, uzatish va qayta
ishlash usullari
haqidagi tushunchani;
-komp`yuterlar imkoniyatlari va ular bilan muloqotda bo‘lishni;
-matn muharrirlari yordamida matnlar, hujjatlar tayyorlach va ular
ustida
ishlashni;
- electron jadvalar va ularni hisoblash ishlarida qo‘llanilishi;
- prezentatsiyalar tayyorlash;
-ma`lumotlar jamg‘armasi va uni boshqarish tizimlari bilan ishlashni.
-algoritmlash asoslari va dastur tuzish usullarini;
-komp`yuterda sonli tajribalar o‘tkazish va ular
natijasini tahlil qilish;
Talabalarning bilim, o‘quv va ko‘nikmalariga qo‘yilgan talablar
(DTS asosida)
196
Talaba mazkur fanni o‘zlashtirish orqali hisoblash texnikasi tarixi,
axborot texnologiyasi, ishlash vositalari, axborot resurslari, axborot
texnologiyasining iqtisodiy samaradorligi, jadvalli
prosessorlardan foydalanish,
elektron jadval tuzish, ma`lumotlar omborini tashkil qilish, lokal va global
tarmoqlar, internetda elektron pochtalarda ishlash kabi bilimlarni
egallaydilar. Shu bilan birga ular zamonaviy
axborot texnologiyalari, ularni
texnik va dasturiy ta`minoti, ular tarkibiga kiruvchi qurilmalar haqida
tushuncha va ko‘nikmalarga ega bo‘ladilar.
Ushbu o‘quv fani bo‘yicha talabaning mustaqil ishi ma‘ruzalar
konspekti va tavsiya etilgan adabiyotlar hamda davriy jurnallar va Internet
materiallari bilan ishlashni, amaliyot ishlarini o‘tishga tayyorgarlik ko‘rishni,
referatlar yozishni, kurs loyihasiga ijodiy yondashib, standart talablariga
mos ravishda va hisoblash texnikasidan foydalanib mustaqil
ish bajarishni
o‘z ichiga oladi.
Do'stlaringiz bilan baham: