Korxonalar moliyaviy resurslarini samarali boshqarish yo’nalishlar
Korxonalarmoliyaviy resurslarini samaradorligini oshirish masalalari
Xulosa
Foydalanilgan adabiyotlar ro’yhati
KIRISH
Ma’lumki bozor iqtisodiyoti sharoitida korxonalar mavjud cheklangan resusrlardan oqilona foydalanishga harakat qiladi. Chunki bunday sharoitda korxonalarning ozginae’tiborsizligi moliyaviy resurslardan ajralib qolishiga olib kelishi mumkin. Korxonalarda moliyaviy resurslardan samarali foydalanish bugungi kunda moliyaviy menejerlarning oldidagi eng asosiy vazifalardan biri bo’lib hisoblanadi.
2017-2021 yillarda O’zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo’nalishi bo’yicha Harakatlar strategiyasida uchinchi ustuvor yo’nalish “Iqtisodiyotni rivojlantirish va liberallashtirishning ustuvor yo’nalishlari” – deb nomlanib, unda korporativ boshqaruvning zamonaviy standart va usullarini joriy etish, korxonalarni strategik boshqarishda aktsiyadorlarning rolini kuchaytirish hamda yangi sanoat korxonalari va servis markazlarini tashkil etish, kichik sanoat zonalarini tashkil qilish, yirik xo’jalik birlashmalarining mablag’larini, banklarning kreditlarini va xususiy xorijiy investitsiyalarni jalb qilish hisobiga kichik shaharlar va shaharchalarni jadal rivojlantirish kabi ishlar amalga oshirilishi ko’zda tutilgan1. Hududlarda korxonalarning ishlab chiqarish salohiyatini oshirish, mahalliy korxonalarni qo’llab quvvatlash, ularning ishlab chiqarish samaradorligini ta’minlashning zaruriy jihatlari xususida Muhtaram Prezidentimiz Sh.Mirziyoyev: “…hududiy va tarmoq boshqaruvi samarasiga, ularning rivojiga xolis baho berishni qiyinlashtiradigan holatlar mavjud. Masalan, respublikaga bo’ysunadigan yirik korxonalar ko’rsatkichini chiqarib tashlasak, viloyatlar yalpi hududiy
mahsuloti xajmi juda kichik bo’lib qoladi’ va “Har bir tuman va shaharda, respublika ahamiyatiga molik yirik korxonalar hissasini e’tiborga olmagan holda, soliqqa tortish bazasini kengaytirish bo’yicha amaliy chora-tadbirlarni ishlab chiqish hisobidan Qoraqalpog’iston Respublikasi va Toshkent viloyatining barcha tumanlarini subventsiyadan chiqarishni so’zsiz ta’minlash kerak” – deya ta’kidlab
1 O’zbekiston Respublikasi Prezidentining “O’zbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish bo’yicha harakatlar
стрategiyasi to’g’risida”gi PF-4947-sonli Farmoni. 2017 yil 7 fevral.
o’tgan edilar2. Shu bois, korxonalarda moliyaviy resurslardan samarali foydalanish muhim ahamiyat kasb etadi. Bu esa o’z navbatida mazkur kurs ishi mavzusining dolzarbligini bildiradi.