135
AMALIY MASHG‘ULOT MATERIALLARI
1-AMALIY MASHG‘ULOT
MAVZU : ZAMONAVIY KOMPYUTER TIZIMLARINING
PLATFORMALARI VA ULARNING TEXNIK XUSUSIYATLARI
Hozirgi kunda bitta kompyuterga ikkita monitor ulash holatlari ko‗p
uchrab turibdi, buning asosiy sabablaridan biri ish jarayonini
qulaylashtirish va vaqtdan(unumli foydalanish) yutishdir. Ikkita monitor, bir
necha oynalar bilan ishlash imkonini engillashtirdi (bir vaqtning o‗zida
juda ko‗p oynalarni ochish noqulaylik tug‗dirmaydi), dasturchilar uchun,
yozilgan kod natijalarini darhol ko‗rish imkonini paydo qildi (bitta
monitorda kod yoziladi, ikkinchisida natija ko‗riladi), kompyuterda o‗yin
o‗ynovchilar uchun esa, o‗yinga bo‗lgan qiziqishni orttirdi.
Kompyuterga ikkinchi monitorni ulash uchun, nima qilish lozim?
Hozirgi kunda bitta kompyuterga ikkita monitor ulash holatlari ko‗p
uchrab turibdi, buning asosiy sabablaridan biri ish jarayonini
qulaylashtirish va vaqtdan yutishdir. Ikkita monitor, bir necha oynalar
bilan ishlash imkonini engillashtirdi (bir vaqtning o‗zida juda ko‗p
oynalarni ochish noqulaylik tug‗dirmaydi), dasturchilar uchun, yozilgan kod
natijalarini darhol ko‗rish imkonini paydo qildi
(bitta monitorda kod yoziladi, ikkinchisida natija ko‗riladi), kompyuterda
o‗yin o‗ynovchilar uchun esa, o‗yinga bo‗lgan qiziqishni orttirdi.
Kompyuterga ikkinchi monitorni fizik ulash uchun, quyidagi
ulanishlardan birini amalga oshirish lozim:
1. Bir necha portga ega videokarta orqali.
Bitta videokartada bir necha portlar mavjud bo‗lib, ular alohida-
alohida ishlaydi. Bu portlar VGA,HDMI, DVI bo‗lishi mumkin:
Har bir monitor bu portlardan biriga ulanadi va alohida-alohida ishlaydi.
Hozirgi kunda bunday videokartalarni topish muammo emas, lekin bu
videokarta ishdan chiqsa, ikkala monitor ham ko‗rsatmaydi.
136
2. Ikkinchi monitorni splitter orqali ulash. Agar videokartada bir nechta
port mavjud bo‗lmasa, videosignallarni ikkiga bo‗lib beruvchi splitter
kabellardan foydalanish mumkin, kirish bitta chiqish ikkita.
Splitterlarni har xil portlilari mavjud. Bu usul
ikkita monitor ulashning eng ommabop usuli
hisoblanadi. Arzon variant.
3. Qo‗shimcha videokarta ulagan holda. Buning
uchun kompyuter platasida(materinskaya plata),
ikkinchi monitor uchun raz‘em bo‗lishi lozim.
Alohida-alohida ikkita videokartaga monitor ulanadi.
JAVOB:
Fizik ulanish usullarni ko‗rib chiqdik, endi sozlashlarni ko‗ramiz.
Dastlab, qaysi monitor asosiy ekanligini aniqlab olishimiz lozim.
Asosiy monitor bu — kompyuter yonganda yoki yonayotganda
ishlatiladigan va asosiy «yarlыk«lar(Moy kompyuter,…) joylashadigan
monitordir.
Kompyuter yongandan so‗ng, quyidagi adresga kiramiz(Windows 7
tizimi uchun):
PUSK -> PANEL UPRAVLENIYa -> EKRAN — > NASTROYKA
PARAMETROV EKRANA.
137
Rasmdan ko‗rinib turibdiki, ikkita monitor ulangan. «Opredelit«tugmasi
orqali qaysi monitor asosiyligini bilib olish mumkin. Sozlash ishlari
shu joyda amalga oshiriladi.
Win+P tugmasini bosgan holda, ikkita monitorni qanday qilib
ishlatishni sozlash mumkin.
Bu rasm orqali quyidagilarni belgilash mumkin:
— tolko kompyuter. Faqat bitta asosiy monitor ulanadi;
— dublirovat. Asosiy monitor ikkinchi monitorga nusxalanadi. Asosiy
monitorda nima bo‗lsa, ikkinchisida ham shu ko‗rsatiladi(ko‗rgan
bo‗lsangiz, paynet shaxobchalarida shu usuldan foydalanishadi, nomerni
klientga ko‗rsatish uchun);
— rasshirit. Ekranni uzunlashtiradi, ya‘ni ikkita monitorda har xil
ishlarni bajarish mumkin bo‗ladi(dasturchilar, o‗yinchilar uchun qulay);
— tolko proektor. Proektorlar ulash uchun ishlatiladi.
1.1 Amaliy mashg‘ulot
TALABALARGA TOPSHIRIQLAR(CHECKPOINT)
The Checkpoint exercises test your knowledge of the chapter concepts.
the page number containing the answer appears in parentheses after each
138
exercise. the Consider this exercises challenge your understanding of
chapter concepts.
Discover more:Visit this chapter‘s premium content to complete the
Checkpoint exercisesinteractively;
complete the self-assessment in the test prep resourcefrom your
smartphone, tablet, laptop, or desktop; and then take the practice test.
Rost/yolg‘on(True/False) Mark T for True and F for False.
_____ 1. An operating system must reside inside a computer or mobile
device; that is, it cannot run from a USB flash drive or other external
drives. (410)
_____ 2. The kernel is nonresident, which means it remains in memory
while the computer or mobile device is running. (413)
_____ 3. A user interface controls how you enter data and instructions
and how information is displaed on the screen. (414)
_____ 4. Most users today work with a command-line interface. (414)
_____ 5. Most operating systems today are multitasking. (415)
_____ 6. The area of the hard drive used for virtual memory is called
a swap file. (418)
_____ 7. Each device connected to a computer requires its own specific
driver. (419)
_____ 8. Hackers often look for ways to break into a computer or
device using flaws in the operating system. (424)
_____ 9. Many of the first operating systems were device dependent
and proprietary. (425)
_____ 10. An upward compatible application means it can recognize and
work with applications written for an earlier version of the operating
system. (425)
_____ 11. Linux is proprietary software. (429)
_____ 12. Operating systems that function as both desktop and server
operating systems sometimes are called multipurpose operating systems.
(432)18
TARQATMA MATERIALLAR
Operatsion tizim nima?
Qanday operatsion tizimlarini bilasiz?
Windows operatsion tizimi interfeysi asosiy elementlarini sanang.
Windows operatsion tizimi asosiy obektlarini ayting.
Windows OT da masalalar paneli nima uchun ishlatiladi?
Fayl va papkalar tushunchasi.
Fayl kengaytmasi nima?
Fayl va papkalar ustida qanday amallarni bajarish mumkin.
18 Discovering Computers 2016. Tools, Apps, Devices,and the Impact of Texnology. 440 page
139
Windows operatsion tizimining qanday standart amaliy dasturlari bor.
Apparat ta'minoti va dasturiy ta'minot o‘rtasidagi bog‘liqlik qanday.
Dasturiy ta'minotni 4 ta sathini va ular orasidagi bog‘lanishni ko‘rsating.
Operatsion tizimlar qaysi dasturiy ta'minot sinfiga mansub.
Amaliy dasturiy ta‘minot tarkibiga kiruvchi dasturlar qanday tasniflanadi?
Muammoga yo‗naltirilgan ADTga tarkibiga qanday dasturlar kiradi?
Umumiy maqsadli ADT tarkibiga qanday dasturlar kiradi?
Ofis ADT tarkibiga kiruvchi dasturlar xakida nimalarni bilasiz?
Kichik nashriyot tizimlarining vazifalari nimalar?
Sun`iy intellekt tizimining asosiy komponentlarini sanab bering?
Tizimli dasturiy ta‘minotning tarkibiy qismlarini sanab bering.
Asosiy dasturiy ta‘minot tarkibiga kiruvchi dasturlarni aytib bering.
Xizmat ko‗rsatuvchi dasturiy ta‘minotning vazifasi nimalardan iborat?
OT va grafik interfeysli OTga misol keltiring?
2-AMALIY MASHG‘LOT
MUHANDISLIK TEXNOLOGIYALARI TIZIMLARIDA ELEKTRON
HUJJATLARNI AMALIY DASTURLAR YORDAMIDA QAYTA ISHLASH
Mashg‘ulotning maqsadi: Word dasturida gipermurojaat yaratishni o‘rgatish,
zakladka bandi bilan tanishtirib chiqish, o‘tadigan fani bo‘yicha elektron
ma‘ruza tayyorlashni o‘rgatish, mundarija tayyorlashni o‘rgatish.
Mashg‘ulotning jihozi: Ko‘rgazmali material:
a) Kompyuter qurilmalari.
b) Obektlar bilan ishlash
v) Gorizontal menyu bilan ishlash
Mashg‘ulot o‘tish vositasi: Pentium IV kompyuterlari bilan jihozlangan
kompyuter sinfi, Windows operasion tizimi va Word dasturi.
Mashg‘ulotning borishi:
a) Guruhning va xonaning darsga tayyorligini aniqlash;
b) YO‘qlama qilish.
v) Avvalgi mashg‘ulotlarda o‘tilganlarni takrorlash bo‘yicha suhbat
o‘tkazish: o‘tilgan mavzularni qisqacha takrorshlash.
g) Yangi mavzuning bayoni: Word dasturida ishlashni kompyuter va
ko‘rgazmaliqurollar yordamida bayon etiladi.
d) Kompyuter xonasida mashg‘ulot olib borish. O‘rganganlari ustida
mashq.
e) Dars yakuni: Mustaqil ish uchun individual topshiriqlarni berib,
Kompyuterlarni o‘rnatilgan tartib asosida o‘chirish.
Amaliy mashg‘ulotning qisqacha bayoni
Word matn muxarririning imkoniyatlaridan yana biri bu Gipermurojaatlar
yaratishdir. Gipermurojaat – biror bir obektni hujjatdagi matnning qismiga
140
yoki kompyuter xotirasidagi boshqa biror fayl bilan bog‘lash, tezkor o‘tish
murojaatidir. Gipermurojaat o‘rnatilgan matnlar odatda ko‘rinishida bo‘lib,
ctrl tugmasi bosilgan xolatda amalga oshiriladi.
Gipermurojaatni o‘rnatish usullari:
Hujjatdagi matnning gipremurojaat yordamida o‘tilishi kerak bo‘lgan
qismiga Zakladka yoki Zagolovok qo‘yish mumkin:
Zakladka qo‘yish uchun matnning kerakli mavzusi ajratib olinadi,
gorizontal menyuning Vstavka bandida joylashgan Zakladka buyrug‘i
tanlanadi va quyidagi muloqot oynasi ochiladi:
Ochilgan oynaga Imya zakladki joyiga xarf va raqamlardan iborat bo‘lgan
nom kiritiladi va Dobavit tugmasi bosiladi.
Zagolovok qo‘yish uchun gorizontal menyuning Glavnaya bandida
joylashgan Stili bo‘limidan kerakli Zagolovok ni tanlanadi:
Natija ajratilgan matn yoki kursor tugran abzas tanlangan shakldagi
sarlavhaga aylanadi.
Tuzilgan rejaga gipermurojaatlar yaratish uchun quyidagicha amallarni
bajaramiz:
Rejaning kerakli bandi tanlanib gorizontal menyuning Vstavka bandidagi
Giperssilka buyrug‘i tanlanadi:
Ochilgan oynaning Mesto v dokumente buyrug‘ini tanlab kerakli ma‘ruza
tanlanadi:
141
Ushbu buyruqni shu oynaning Zakladka orqali ham bajarsa bo‘ladi:
Agarda ajratilgan matnni biror boshqa fayl bilan
bog‘lamoqchi bo‘lsak buyruq oynasining Faylom, veb
stranisey bandidan foydalanamiz:
Bu muloqot oynaning Vibor ramki buyrug‘i agarda
joriy hujjatni gorizontal menyuning Vstavka
bandidagi Ramki buyrug‘i yordamida bo‘laklarga
bo‘lingan bo‘lsa ochilayotgan fayl yoki matning
bo‘lagi tanlangan Ramka (bo‘lak)da ochiladi.
Ma‘ruza matniga mundarija tayyorlash uchun
Oglavlenie buyrug‘idan foydalanilsa bitta buyruq bajarilishi natijasida
matnda hosil qilingan Zagolovoklar asosida mundarija sahifalari
142
avtomatik tarzda qo‘yilgan holda matnga qo‘yiladi. Oglavlenie buyrug‘i
gorizontal menyuning Ssilki bandining buyrug‘idir.
Tayyor ma‘ruza matnini Web sahifa ko‘rinishida xotiraga olish uchun
bosiladi va Soxranit kak bo‘limi tanlanadi va quyidagi oynada ko‘rsatilgan
fayl tipini
belgilab Soxranit tugmasi bosiladi:
Natijada elektron ma‘ruza matni yaratiladi.
1-ilova
Blis-so‘rov savollari:
1. Gipermurojaat nima?
2. Zakladka qanday qo‘yiladi?
3. Zagolovok nima uchun qo‘llaniladi?
4. Mundarija qanday qo‘yiladi?
5. Ma‘ruza matnini Web sahifa ko‘rinishida saqlash uchun qanday
amallar ketma-ketligi bajarilishi kerak?
2-ilova
―Davra suhbati‖ munozarasini o‘tkazish bo‘yicha yo‘riqnoma
1. So‘zga chiqqanlarni diqqat bilan, bo‘lmasdan tinglang.
2. Ma‘ruzachining fikriga qo‘shilmasang, o‘z fikringni bildirishga ruxsat
so‘ra.
3. Ma‘ruzachining fikriga qo‘shilsang, ko‘rib chiqilayotgan masala bo‘yicha
qo‘shimcha fikrlar bildir.
3-ilova
―Davra suhbatida‖ muhokama qilish uchun savollar:
1. Gipermurojaat qo‘yish usullari.
2. Zakladka qo‘yish usullari.
3. Ramkadan foydalanishdan maqsad.
143
4-ilova
Amaliy mashg‘ulot o‘tkazish yo‘riqnomasida berilgan topshiriqlarni bajarish.
5-ilova
Blis-o‘yin o‘tkazish.
Do'stlaringiz bilan baham: |