"O'zbekiston havo yo'llari" milliy aviakompaniyasi Koreya Respublikasidan lizing asosida 2 ta «A 300 — 600 F» rusumli yuk samolyotini xarid qilib, ularni logistika ixtiyoriga berdi. Pirovardida markazning salohiyati yuksalib, uning uchun jahondagi barcha yuk bozorlariga yo'l ochildi. Chunki yangi havo kemasining har biri 40 tonnagacha yuk bilan 7 ming kilometr masofani to'xtamasdan bosib o'ta oladi. Ko'rinib turibdiki, Navoiy aeroportida xalqaro qatnovni amalga oshiradigan barcha zamonaviy samolyotlarga tezkor, yuqori sifatli texnik va servis xizmati ko'rsatish uchun keng imkoniyatlar mavjud.
Do'stlaringiz bilan baham: |