Bu dastur Qozog'iston Respublikasi fuqarolari qiziqishlari doirasida ishlab chiqilayotgan bo'lib, aholining yirik milliy kompaniyalar aktsiyalarini sottib olish imkoniyatini ta'minlashga yo'naltirilgan. Shu orqali qozog'istonliklar ularning egalari bo'lishlari va mamlakatning iqtisodiy o'sishida o'z hissalarini qo'shishlari mumkin. Bu dastur shuningdek, mamlakatdagi qimmatli qog'ozlar bozorini rivojlanishiga, kapital bozoriga aholi mablag'larini jalb qilish orqali mamlakat iqtisodiyotini o'sishiga, aholining moliyaviy savodxonligini oshishiga, davlat va xususiy korxonalar keng doirasining fond bozoriga chiqishi uchun zaruriy sharoitlarni ta'minlashga yordam beradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |