Innovatsion zonalar (texnik-tadqiqot yoki texnologik parklar) ilmiy an'analarga boy va tadqiqot maktablari, deb tan olingan ilmiy-ta'lim markazlarida joylashadi. Bunda loyihalarni investitsiyalash orqali innovatsiya biznesini va ilm talab etadigan ishlab chiqarishni rivojlantirish uchun imkoniyatlar yaratiladi. Rossiya hududida to'rtta innovatsiya zonasi bo'lib, ular Tomsk, Sankt-Peterburg, Moskva va Dubnada joylashgan. Turistik (turistik-rekreatsion) zonalar Rossiyaning eng chiroyli joylarida joylashadi va turistik, sport, rekreatsion biznesni tashkil etish uchun qulay sharoitlar taqdim etiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |