Rossiyada erkin iqtisodiy hududlar 1980-yillar oxiri 1990-yillar o'rtalariga kelib tashkil qilina boshlandi. Rasman tasdiqlangan erkin iqtisodiy hududlar bir necha o'ntadan iborat edi. Ular ichida erkin savdo hududlariga tegishli maxsuslashtirilgan turli xildagi hududlar va o'z hajmiga ko'ra kattaroq, umumiy, kengroq bo'lgan hududlar mavjud. Biroq, Rossiyada tashkil qilingan barcha erkin iqtisodiy hududlar ham vaqt o'tishi bilan tajribalarga dosh berolmadi. Bunga EIZga nisbatan mamlakat siyosatining munosabati ham ta'sir ko'rsatgan. Ular ichida muvaffaqiyat qozonganlardan Primorya o'lkasining "Naxodka" erkin iqtisodiy hududi va Kaliningrad viloyatidagi maxsus iqtisodiy hududlarni aytish mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |