2. ЕRKIN IQTISODIY ZO’NALAR FAOLIYATINING O’ZIGA XOS XUSUSIYATLARI
(Абзац 1,5) O'tish iqtisodiyotiga ega mamlakatlar, xususan, Markaziy va Sharqiy Evropa mamlakatlarida EIZni barpo etish XX asrning 80-yillaridan boshlangan. Bu erda asosiy maqsad markazlashgan — rejali milliy iqtisodiyotning jahon iqtisodiyoti tomon ochiqligini tashqi iqtisodiy faoliyatni erkinlashtirish orqali kuchaytirish bo'lgan. Ushbu maqsadga erishish uchun quyidagi vazifalarni hal etish lozim: milliy ishlab chiqarishning raqobatbardoshligini oshirish; tovarlar va xizmatlar eksportidan hamda xorijiy investitsiyalardan keladigan valyuta oqimini ko'paytirish; import xarajatlarini kamaytirish; yangi turdagi mahsulot hamda xizmatlarni o'zlashtirish va boshqalar.
Do'stlaringiz bilan baham: |