Bosim ostida ushlab turish: Qolip suyuqlanma bilan to‘lgandan keyin uning sovishi boshlanadi, natijada suyuqlanma zichligi oshadi hajmi kamayadi shu tufayli quyish sistemasi orqali qo‘shimcha porsiya suyuqlanma boradi va bosim qo‘shimcha (podpitka) suyuqlanma tufayli qolipda kerakligicha ushlab turiladi.
Bosim ostida ushlab turish litnik kanalidagi suyuqlanma sovishi hisobiga qotishigacha davom etadi (bu jarayonni keltirilgan rasmdan ko‘rishingiz mumkin). Bosim ostida qancha ko‘p ushlansa shuncha buyum shakllanish davrida kirishish shuncha kam bo‘ladi. Demak, kirishish jarayoni litnikni o‘lchamiga, suyuqlanmani qolipdagi haroratiga va hamda polimerni issiqlik-fizik (teplofizik) hossalariga bog'liq.
Termoplast avtomat yordamida buyum olishning texnologik sxemasi.
FOYDALANISH UCHUN ADABIYOTLAR
Asosiy adabiyotlar
«Osnovы texnologii pererabotki plastmass» pod red. V.N.Kuleznyova i V.K.Guseva, Moskva, «Ximiya», 1995 g. s.362-400
Qo‘shimcha adabiyotlar
G.A.SHvetsov i dr. «Texnologiya pererabotki plastmass», Moskva, «Ximiya», 1988 g. s. 172-227
6-TAJRIBA MASHG`ULOTI
EKSTRUZIYALASH USULI BILAN PLYONKA OLISH TEXNOLOGIYASI
Termoplastik polimerlarni oquvchan holatga o‘tkazib, har xil profilga ega bo‘lgan teshiklar orqali uzluksiz siqib chiqarish – ekstruziyalash deb ataladi.
Bu usul orqali plyonka, list, truba, har xil kesimga va konfiguratsiyaga ega bo‘lgan profil va setka olishda keng qo‘llaniladigan usullar qatoriga kiradi.
Ekstrudorning bosh qismiga o‘rnatilgan mundshtuk (kallak) orqali suyuqlik siqib chiqariladi. Kallak okib chiqayotgan termoplastga ma’lum tashqi shakl berish uchun xizmat qiladi. Kallakdan chiqayotgan buyum, plyonka olishda “yeng” (rukava) ko‘rinishida salqin havo yoki boshqa usullar ta’sirida sovib, qotadi. Plyonka olishda siqib chiqarish operatsiyasi bilan puflash operatsiyasi birgalikda olib boriladi. Bu usul ekstruziya yo‘li bilan plyonka olish deb ataladi. Bunda “yeng” ko‘rinishida siqib chiqarilayotgan polietilen suyuqlanma ichiga bosim ostida havo yuboriladi. Havo bosimi tufayli ekstruder bosh qismidan chiqib kelayotgan “yeng” kengayib, ma’lum qalinlik va kenglikdagi plyonkaga aylanadi. Bu jarayon uzluksiz davom etib, olingan plyonka maxsus uskunalar orqali tortib barabanlarga o‘raladi. Jarayon quyidagi operatsiyadan iborat:
Xom ashyoni tayyorlash va quritish.
Oquvchan holatga o‘tkazish va uni bir jinsli suyuqlanma hosil qilish (gomogenlash).
“yeng”ni olish (formirovanie).
Plyonkani orientatsiyalash va sovutish.
Plyonkani baraban orqali o‘rash.
Plyonkaning sifatini aniqlash.
Do'stlaringiz bilan baham: |