Kerakli jixozlar: Aralashtirgich, ikki shnekli ekstrudor
Ekstrudorlar ikki shnekli bo’lishi mumkin. Bu shneklar parallel yoki ketma-ket joylashgan bo’lishi mumkin. Aralashtirish sifatiga qo’yilayotgan talabga qarab shneklarni narezkalari har xil konstruktsiyaga ega bo’lishi mumkin.
Ekstrudorlarda shneklar vertikal yoki gorizontal joylashgan bo’lishi ham mumkin. Bunday ekstruderlar konstruktsiyasi ayrim polimerlarni qayta ishlashda qo’llaniladi. Ikki burgʼili presslarning bir burgʼili presslarga nisbatan ustun jixatlari quyidagicha: aylanishlar soni aynan bir hil boʼlganda ikki burgʼili mashiialarning burgʼilash kuchi ancha katta boʼladi; aralashtirish darajasi yukori boʼladi; yopishqoq holatdagi mahsulotlarni qayta ishlashda toʼldiruvchini koʼproq qoʼshish mumkin; burgʼilar oʼz-oʼzini tozalaydilar; foydali ish koeffitsienti yuqori darajada boʼladi.
Asosiy adabiyot
«Osnovы texnologii pererabotki plastmass» pod red. V.N.Kuleznyova i V.K.Guseva, Moskva, «Ximiya», 1995 g. s.81-103
Qo‘shimcha adabiyot
.A.SHvetsov i dr. «Texnologiya pererabotki plastmass», Moskva, «Ximiya», 1988 g. s. 348-374
3-TAJRIBA MASHG`ULOTI
POLIMER MATERIALLARINI GRANULALASH
Granulalash polimerni sochiluvchan donador mahsulotga aylantirishdir. Granullash sochilgan holdagi zichlikning qiymatini oshirib beradi: material granulalari deyarli bir xil o‘lchamga ega (3-5 mm). Sochilgan holdagi hajmiy og'irlikning ortishi granuladan buyum oluvchi agregatning ishlab chiqarish unumdorligini oshiradi.
Granulalash jarayoni quyidagilardan iborat: poroshok holatidagi polimer yoki PKM silindrga solinadigan (silindr ichida aylanib turadigan shnek mavjud va tashqi tomondan kerakli bo‘lgan haroratgacha isitiladi) va harorat ta’siri ostida material oquvchan holatga o‘tib shnek yordamida uni shakllovchi kallak orqali lenta yoki (prutok holatda) uzluksiz siqib chiqaradi va sovutib kesib granulaga aylantiriladi. Bunday agregatlar granulyator nomi bilan yuritiladi.
Termoplastik polimerlarni granulyatsiyalash uchun hozirgi paytda polimer eritmasi qayta ishlanadigan; sizdirib granulyatsiyalanadigan va polimer eritmasi avval sovutilib keyin granulyatsiyalanadigan sovuq. granulyatsiyalash usullari qoʼllaniladi. Koʼp miqdorda mahsulot ishlab chiqarishda (3 dan 20 t. gacha) qizdirib granulyatsiyalash usuli ayniqsa keng tarqalgan. Qizdirib granulyatsiyalashga moʼljallangan qurilmalarning sovutish usuli bilan farqlanuvchi turli xillari mavjud: havoda qirqish moslamasiga ega panjarada qizdirib qirqish moslamasiga ega va granulalangan materialni suv xalqasida sovutuvchi, suv ostida kirkuvchi granulyatorlar. Qizdirib granulyatsiyalash jarayoni eritmani filьera orqali ekstruziyalash, novdachalarni aylanuvchi pichoqlar bilan kirkish, granulalarni tashish, suv yoki havo bilan sovutish, sovutilgan granulalarni quritish (suv bilan quritilganda) bosqichlarni oʼz ichiga oladi. Sovuq granulyatsiyalashda ekstruderning boshchasidan chiqayotgan novdachalar oldin sovutilib, keyin qirk;ib granulanadi.
Granulyatsiyalash usulini tanlash granulalantirilayotgan materialning xususiyatlari, granulyatsiyaning shakli talab qiladigan ekstruderning tipi va unumdorligi bilan, hosil kllingan granulyatning sifati esa-asosan bir jinsliligi va uyirma zichligi bilan belgilanadi.
Granulalarni havo yordamida sovutiladigan granulalash usuli uchun jixozlar.
Granulalarni havo yordamida sovutiladigan granulalash usuli yopishishga moyil boʼlmagan materiallarni, masalan plastiklangan va qattiq polivinilxloridni, polietilenni va boshqa materiallarni sovutishda qoʼllanadi. Qurilma (8.13-rasm) filьera, granulyator qoplamasi (kojux), qiymalovchi pichoqdarga ega val va uzatmalardan tashkil topgan. Material filьeradan (2) chervyak (1) yordamida novdvchalar koʼrinishda siqib chiqariladi. Bevosita filьeradan chiqishda mateial umumiy markazga ega tarzda oʼrnatilgan kirkuvchi pichoqdar (4) yordamida kirkib granulalanadi. Granulalar havo oqimiga tushib qolib, oqim yordamida sovutgichga chiqariladi. Qirkuvchi pichoqlar oʼz uzatmasiga ega boʼlgan aylanadigan val (5) ga maxkamlanadi. Pichoqdarning umumiy markazga ega koʼrinishda joylashganligi filьeraning barcha kesimlarini material bilan toʼldirish imkonini beradi. Filьera elektr qizdirgich bilan taʼminlangan. Filьera bilan kirkuvchi pichoqlar oʼrtasidagi tirqishni tartibga solish uchun pichoqdi val oʼq yoʼnalishida harakatlanishi mumkin. Buning uchun granulyator qoplamasi uzatma bilan birgalikda bir chetga olib utilishi mumkin. Pichoqli val reduktor (6) orqali uch fazali tokda ishlovchi elektrodvigatelь (7) bilan harakatga keltiriladi.
Materialning xususiyatlaridan kelib chiqkan holda fanulyatsiyalashda diametri 0,3-0,5 sm boʼlgan silindrsimon va linzasimon fanulalar olinadi. Granulalarning uzunligi pichoqlar valining aylanish chastotasi orqali tartibga solinadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |