O'ZBEKiSTON RESPUBLİKASİ
OLİY VA O'RTA MAXSUS TA' LİM VAZİRLİGİ
ZAHİRİDDİN MUHAMMAD BOBUR NOMİDAGİ
ANDİJON DAVLAT UNİVERSİTETİ
FİLOLOGİYA VA TİLLARNİ O'QİTİSH FAKULTETİ
O'ZBEK ADABİYOTSHUNOSLİGİ KAFEDRASİ
O'ZBEK TİLİ YO'NALİSHİ
2-BOSQİCH. 201-GURUH TALABASİ
KURS İSHİ
MAVZU: CHo'lponning "Qalandar ishqi" g'azali
badiiy tahlili
Bajardi:. M.Nabijonova
Rahbar:. D.Qur'onov
Reja:
1.G'azalning g'oyaviy-tematik xususiyatlari.
2.G'azalning tarixiy-biografik kontekstdagi
tahlili.
3.G'azalning milliy-adabiy kontekstdagi tahlili.
4.G'azalning tashqi kompozitsiyasi.
5.G'azalning tematik kompozitsiyasi.
6.Til xususiyatlari.Badiiy tasvir va ifoda
vositalari.
7.G'azalning ritmik-intonatsion qurilishi.
Qalandar ishqi
Muhabbatning saroyi keng ekan, yo'lni yo'qotdim-ku,
Asrlik tosh yanglig' bu xatarlik yo'lda qotdim-ku.
Karashma dengizin ko'rdim, na nozlik to'lqini bordir,
Halokat bo'lg'usin bilmay qulochni katta otdim-ku.
Ajab dunyo ekan bu ishq dunyosi, ayo do'stlar,
Bu dunyo deb u dunyoni bahosiz pulga sotdim-ku.
Uning gulzorida bulbul o'qib qon ayladi bag'rim,
Ko'zimdan yoshni jo' aylab alamlar ichra botdim-ku.
Qalandardek yurib dunyoni kezdim, topmayin yorni,
Yana kulbamga qayg'ular, alamlar birla qaytdimku.
Muhabbat osmonida go'zal Cho'lpon edim, do'stlar,
Quyoshning nuriga toqat qilolmay yerga botdim-ku.
1.G'azalning g'oyaviy-badiiy tematik xususiyatlari.
Jadid davri adabiyotining yirik vakillaridan biri, Andijon-
ning otashqalb, erksevar farzandi Abdulhamid Sulaymon
o'g'li Cho'lpon o'zbek adabiyotiga ma'rifat urug'larini soch-
gan, xalq dardida yongan va uni jo'shib kuylagan adiblar-
dan biri sanaladi. Cho'lpon yashab, ijod qilgan davrga na-
zar soladigan bo'lsak, yurtimiz Chor Rossiyasi qo'l ostida
bo'lgan.Ona xalqining dushmanlar zulmi ostida ezilib ha-
yot kechirayotganiga guvoh bo'lgan yosh adib xalq dardini
o'z she'rlari, asarlarida yonib kuylaydi.Yaratgan asarlari or-
qali xalqni uyg'otmoqchi bo'ladi.Xalqini o'z erki va ozodligi
yo'lida dadil kurashishga undaydi.Deyarli barcha yaratgan
asarlarida ezilgan omma hayotining har jabhasini aks et-
tiradi.Bu yo'lda chekkan mashaqqatlarini shunday tasvir-
laydi:
Muhabbat saroyi keng ekan yo'lni yoqotdim-ku,
Asrlik tosh yanglig' bu xatarlik yo'lda qotdim-ku.
Karashma dengizin ko'rdim, na nozlik to'lqini bordir,
Halokat bo'lg'usin bilmay qulochni katta otdim-ku.
U jamiyatda yuz berayotgan voqelarga nazar tashlar
ekan, yaratgan asarlarining bosh mavzusini erk deb oladi.
U har doim mustamlaka zulmi ostida qolgan Vatan va
millat ahvoli va ijtimoiy-siyosiy o'zgarishlarga o'z munosa-
batini badiiy talqin etib kelgan.Cho'lpon chorizm, keyincha-
lik sho'rolar davrida ochiq ifodalash mumkin bo'lmagan
fikrlarini, mustaqillik haqidagi orzularini yuragi tubidagi ar-
monlarini o'z she'rlarida obrazlar zamirida o'ziga xos usul-
lar orqali ifodalaydi. U xalqini ezgan dushmanlariga bo'l-
gan nafratini yashirib o'tirmaydi, balki, ochiq-oydin oshkora
bayon etadi. Bu esa uning jasoratga boy qalbi borligidan
dalolat beradi. U boshqa millatparvar shoirlar kabi o'z
she'rlarida Turkiston o'lkasining mustamlaka holiga tushi-
shi sabablarini axtarib, bunga munosabat bildirishni o'z va-
zifasi deya hisoblaydi. Mana shunday muhabbatga boy
hassos shoirning "Qalandar ishqi" g'azalini tahlil qilishga
harakat qilamiz.
Uning qolgan g'azallari singari g'azalida ham Turkiston
elining dard-alam, hasratlari mohirona tarzda tasvirlan-
gan.G'azalda qo'llangan so'zlarga zohiran nazar qaratsak,
ishqiy mavzudagi g'azalga o'xshaydi.Haqiqatdan bu g'aza-
da ishq tarannum etilgan, biroq bu ishq Vatanga bo'lgan
ishqdir.Bu g'azalda shoirning Vatan erki yo'lida chekkan
mashaqqatlariga guvoh bo'lamiz.
Muhabbatning saroyi keng ekan yo'lni yo'qotdim-ku,
Asrlik tosh yanglig'bu xatarlik yo'lda qotdim-ku.
G'azalning matla'sida oshiqning muhabbati aks etgan.
Uning muhabbati shu darajada kuchliki, muhabbat ta'siriga
tushib qolgan oshiq o'zini bilmay qoladi.İshq yo'lida telba-
dek yongan oshiq yo'lini yo'qotadi.Asrlik tosh misoli xatar-
lik yo'lda qolib ketadi.Keyingi baytda lirik qahramon bu
ishq yo'lida halokatga uchrashini bilmay bu yo'lga kirib qol-
ganini ta'kidlaydi.(2-bayt). Ushbu baytda oshiq qahramon
ishq dunyosining ajoyibotlaridan hayratga tushib qolganini
do'stlariga murojaat qilib aytadi.(3-bayt). Shoir har baytida
oshiqlikning chekayotgan azoblarini o'quvchi ruhiyatga
ko'chirmoqchi bo'ladi.Shoir keyingi baytda o'zini bulbulga
qiyoslaydi.U gulning ishqida qon yig'lab, dard-alamlar ichra
qolganini bayon qiladi.(4-bayt). U yorni qidirib dunyo kez-
gani biroq, topa olmay yana qayg'ular birla ortga qaytga-
nini achchiq tasvirlaydi.(5-bayt).Muhabbat osmonida eng
yorqin yulduzdek ekanini, biroq muhabbat nuriga toqat qila
olmay osmondan yerga tushganini g'azalning maqta'sida
aks ettiradi. Mana shu 6 baytdan tashkil topgan g'azalida
Cho'lpon ishq safaridagi qiyinchiliklarini yorqin ifodalab
bera olgan.
Odatda har bir shoir lirik qahramon obrazida o'zining
"men" ini, hayotdan olgan taassurotlarini, his-tuyg'u va ke-
chinmalarini ifodalaydi.Cho'lpon ham ushbu g'azalida o'z
istaklari, armonlarini juda ta'sirli tarzda, haqiqiy oshiq, Va-
tan ishqiga yo'g'rilgan oshiq misol biladi o'zini va shun-
day tasvirlaydi.
2.G'azalning tarixiy-biografik kontekstdagi tahlili.
Jadid adabiyotining yuksak vakili, erksevar qalb
egasi, istiqlol kuychisi Abdulhamid Sulaymon
o'g'li Cho'lpon 1898- yilda Andijonning Qatorterak
mahallasida gazlama savdosi bilan shug'ullanuvchi
Sulaymonqul Muhammadyunus oilasida tug'ildi.
Otasi o'z davrining ilg'or kishilaridan bo'lib, Rasvo ta-
xallusi bilan hajviy she'rlar ham yozgan.Cho'lponning
shaxs sifatida, shoir sifatida shakllanishida otasining
ilmga bo'lgan e'tibori nihoyatda muhim omillardan
biri hisoblanadi.
Cho'lpon madrasa tahsilini ko'rgach, 1912-1914-
-yillarda rus-tuzem maktabida o'qidi.Shu vaqtda
"Tarjimon" gazetasi va "Oyna"jurnaliga xabar va
she'rlar yo'llab turdi.1914-yilda " Sadoyi Turkiston"
gazetasida Cho'lponning "Turkistonli qardoshlarimiz-
ga" she'rining e'lon qilinishi esa o'z mavzusiga ega,
o'zbek xalqining taqdiri ustida kuyinayotgan shoir-
ning dunyoga kelganidan darak beradi.Shu yili Cho'l-
pon "Sadoyi Turkiston"gazetasida yuqorida tilga olin-
gan she'rdan tashqari, "Qurboni jaholat", "Do'xtur
Muhammadyor" hikoyalarini hamda "Yozg'uvchilari-
mizga", "Adabiyot nadur" maqolalarini e'lon qildi.
Ya'ni u ayni paytda ham shoir, ham nosir, ham ada-
biyotshunos sifatida maydonga chiqdi.Holbuki, u bu
vaqtda 16 yoshga kirgan yigitcha bo'lib, Munavvar
Qori unga bejiz Cho'lpon-Tong yulduzi degan taxal-
lusni bermagan ekan.Cho'lponning 1922-yilda nashr
etilgan "Uyg'onish" va "Buloqlar", shuningdek, 1926-
yilda e'lon qilingan "Tong sirlari" she'riy to'plamlari
uning o'z e'tiqodida qat'iy turgan, o'z Vatanining mus-
taqil bo'lishini astoydil istagan shoir ekanligini yana
bir bor namoyish etdi.
Cho'lponning adabiy ijodi uch muhim tarmoqdan:
she'riyat, nasr va dramaturgiyadan iborat desak
yanglishmagan bo'lamiz nazarimda.U avvalambor
shoirdir.Ammo, shu bilan birga "Vayronalar orasidan"
"Oydin kechalarda", "Qor qo'ynida lola", "Nonvoy qiz"
sinagari ocherk va hikoyalari, "Kecha va Kunduz" ro-
mani Cho'lponning nafaqat shoir balki, mohir yozuv-
chi bo'lganidan dalolat beradi.
Jadid adabiyotining muhim xususiyatlaridan biri
shundaki, uning namoyondalari bevosita xalq omma-
si bilan muloqotda bo'lish, unga o'z g'oyalarini yuqti-
rish, uni o'z ortidan ergashtirish maqsadida teatr
san'atidan ham unumli foydalanganlar.Cho'lpon ham
ustozlari izidan borib, ijodining dastlabki davridayoq
dramaturgiyaga murojaat etgan, hatto "Turon" teatri-
da direktor, Moskvadagi o'zbek drama studiyasida
esa adabiy emakdosh bo'lib xizmat qilgan.
Cho'lpon badiiy bu uch muhim tarmog'idan tashqari
publisistika, adabiyotshunoslik, san'atshunoslik va
badiiy tarjima sohalarida ham barakali va samarali
ijod qildi.Uning tarjimonlik sohasida erishgan yutuq-
lari va ko'rsatgan xizmatlari o'zbek adabiyoti ravnaqi-
ga yangi adabiy janr va shakllar bilan boyishiga katta
ta'sir ko'rsatdi.U Shekspirning" Hamlet", A.S.Pushkin-
ning " Boris Godunov" va "Dubrovskiy", N.V.Gogol-
ning "Tergovchi", L.Andreyevning "Osilgan yetti ki-
shining hikoyasi", M.Gorkiyning "Yegor Bulichev va
boshqalar", "Ona" va boshqa ko'plab asarlarni mohi-
rona tarzda o'zbek tiliga o'girgan.Uning bu tarjimala-
ri badiiy madaniyatimiz xazinasiga qo'shilgan ulkan
boylik bo'libgina qolmay, zamonaviy o'zbek adabiy ti-
lining shakllanishi va boyishiga ham bebaho hissa
bo'lib qo'shildi.
3.G'azalning milliy-adabiy kontekstdagi tahlili.
Cho'lponning "Qalandar ishqi" g'azali milliy,adabiy
madaniy kontekstda o'rganilib, tahlil qilinar ekan,
bugungi kunda ham o'z dolzarbligi va ahamiyatini
yo'qotmagan.G'azalda zohiran dunyo go'zali nazarda
tutilgan.Biroq, botinda erk va ozodlikka muhabbat-
ning poetik ifodasi yetakchilik qiladi.U xalq dardini
teran va ta'sirchan ifodalashni mahorat bilan uddala-
gan. "Cho'lpon yangi O'zbekiston sharoitida yashadi.
Shuning uchun uning she'rlari ana shu sharoitda ya-l
ratildi va uning dardlari bilan uyg'unlik kasb etadi.
Yangi zamon o'zbek she'riyatining tamal toshini
qo'ygan Abdulhamid Cho'lpon yoniq nazmiy asarlari
bilan umuminsoniy muammolarni milliy qadriyatlarni
kuylash orqali yuksak darajada tarannum etdi".[1].34.
Cho'lponning she'riy ijodiga nazar tashlar ekanmiz,
uning nihoyatda nozikta'b, kamtar, xokisor, oliyjanob
tabiat va kishilardagi go'zallikning kamalak rang-
larini ko'ra biladigan, xalq va uning zarralari bo'lgan
kishilarga ezgulik istagi bilan yashagan insonni
ko'ramiz.Ana shu inson uning lirik qahramonidir.
"Cho'lpon she'riyatida g'azal, qit'a, marsiya, she'riy
maktub singari poetik janrlar garchi mumtoz ada-
biyotdagi badiiy shaklni saqlab qolgan bo'lsa-da,
yangicha mazmun-mohiyatni ifoda etgani bilan alo-
hida ajralib turadi.Mumtoz g'azaliyotda asosan irfo-
niy ishq mavzusi yetakchilik qilsa, Cho'lpon g'azalla-
rida Vatan va millatga muhabbat, uning boshiga
tushgan istibdod iskanjasidan xalos bo'lish orzusi,
bunga erishish imkonsiz ekanidan o'kinch va iztirob
tuyg'usi badiiy talqin etilgan".[2].135.
4.G'azalning tashqi kompozitsiyasi.
"Avvalo, lirik asarning matniy(tashqi) qurilishida ham
asosiy va yondosh matn(ramka unsurlari) farqlanadi.
Misra va bandlarga bo'linish asosiy matnga talluqli
bo'lsa, sarlavha, janr qaydi, epigraf, bag'ishlov, she'r
yozilgan sana va joy qaydi ramka unsurlaridir"[3].220
Yuqoridagi fikrlardan shuni tushunishimiz mumkinki,
lirik asarning tashqi kompozitsiyasi sarlavha,sana va
joy nomi kabi bir qator muhim unsurlardan iborat.
Lirik asarning tashqi kompozitsiyasiga ko'ra tahlili
ham shu unsurlar asosida bo'ladi.
Cho'lponning "Qalandar ishqi" g'azali 1920-yil Boku
shahrida yozilgan.Shoir Boku shahrida Sharq xalqlari
qurultoyida qatnashadi.G'azal ham aynan ana shu
vaqtda yozilgan va shoirning ana shu vaqtdagi ke-
chinmalarini to'laqonli ifodalab bergan.G'azalning
sarlavhasiga to'xtaladigan bo'lsak, CHo'lponning bir
qancha taxalluslari mavjud.Shulardan biri Qalandar
taxallusi hisoblanadi.Bu g'azalda lirik qahramon
shoirning o'zi ekanligiga yana bir yaqqol dalil bo'ladi.
G'azalda uning ishqi kuylanadi, tarannum etiladi.
Asosiy lirik qahramon shoirning o'zi bo'lsa, majoziy
ma'noda olganda Vatan muhabbati, dardida yongan
yana boshqa "Qalandarlar"ning ham ishqi tasvirlan-
gan bo'lsa ajab emas."Lirik asardagi his-kechinma,
o'y-fikrlarning rivojlantirib borilishi tematik kompo-
zitsiya o'zagini tashkil qiladi"[4.]226
Muhabbatning saroyi keng ekan yo'lni yo'qotdim-ku,
Asrlik tosh yanglig'bu xatarlik yo'lda qotdim-ku.
G'azalda qofiyalanib kelgan so'zlarga e'tibor qarat-
sak, yo'qotdim-ku, qotdim-ku so'zlari lirik qahramon
kechinmalarini yanada kuchliroq, ta'sirliroq va joziba-
tarzda ifodalab beryabdi.Lirik asarning tashqi kom-
pozitsiyasi uning mazmuniy tomoni bilan chambar-
chas bo'lgan holda uyg'un bo'ladi.Tashqi kompozit-
siya o'quvchiga sodda tilda yaratilgan bo'lsa, uning
mazmunini anglash ham shunchalik osonroq bo'la-
di.
5.G'azalning tematik kompozitsiyasi.
Matla'da shoir o'quvchiga o'zining ruhiy holatini
ochiq ifoda qilib beryabdi.Ya'nikim, u muhabbat dar-
diga mubtalo bo'lganini, bu yo'lda adashib qolganini,
asrlik tosh misoli ishq yo'lida qotib qolganini tasvir-
laydi:
Karashma dengizin ko'rdim, na nozlik to'lqini bordir,
Halokat bo'lg'usin bilmay, qulochni katta otdim-ku.
2-baytdagi ushbu misralar matla'ning mantiqiy davo-
mi bo'lib, bu yo'ldagi ertangi taqdiri nima bo'lishini
bilmay bu savdo domiga tushib qolganini aytyabdi.
Noz-karashma bu oshiqni ado qiladi, yorning karash-
masi, nozi dengiz kabi kuchli.Bu dengizda halokat
bo'lishini bilmay qulochni katta ochganini ta'kidlaydi.
Ajab dunyo ekan bu ishq dunyosi, ayo do'stlar,
Bu dunyo deb u dunyoni bahosiz pulga sotdim-ku
Ushbu baytda shoir ishq dunyosidan shu darajada
ajablanib, hayratga tushyabdiki, foniy dunyo deb bo-
qiy dunyoni arzimas narsaga alishdim, sotdim deya
qattiq nadomat va hasrat chekadi.
Uning gulzorida bulbul o'qib, qon ayladi bag'rim,
Ko'zimdan yoshni jo'aylab alamlar ichra botdim-ku.
She'rning 1920-yili Bokuda yozilganini e'tiborga olin-
sa, zohiran ishqiy tuyulgan bu g'azaldagi gulzor, bul-
bul obrazlari zamirida millatning zabun holati, uning
gullari bo'lgan ma'rifatpatvar ziyolilarning g'addor
sho'rolar siyosatiga aldangani bilan bog'liq tuyg'ula-
ri ifodalangani ayon bo'ladi.Cho'lponshunos Normat
Yo'ldoshev fikricha ham:"Gulning oshig'i-bulbul
obrazida Cho'lpon ozodlik, erkinlik haqidagi kon-
sepsiyasini ilgari suradi" [5].45.
Gulzor-Vatan, bulbul-shu Vatanga cheksiz oshiq
shoir timsolini ochishga xizmat qilgan ramziy obraz-
dir.Mana shu baytda shoir Vatan ishqida yongani,
uning barcha muhabbati Vatanga bo'lgani konkretla-
shadi.
Qalandardek yurib dunyoni kezdim, topmayin yorni,
Yana kulbamga qayg'ular, alamlar birla qaytdimku.
Shoirning yori nazdimda Vatan erkidir.U qalandar
misoli dunyoni kezib, yorini-erkni topa olmay, ilojsiz
yana ortga qayg'u-alamlar bilan qaytganini aytyabdi.
Bu she'rning yozilgan vaqti va Bokuda yozilganini
inobatga oladigan bo'lsak, Cho'lpon shu vaqtda sharq xalqlari qurultoyida ishtirok etadi.O'sha paytda
yurtining ozodlikka chiqishiga umid bog'lagan shoir
niyatiga yeta olmagani ushbu baytda talqin qilingan
desak, yanglishmagan bo'lamiz,nazarimda.
Muhabbat osmonida go'zal Cho'lpon edim, do'stlar,
Quyoshning nuriga toqat qilolmay yerga botdim-ku.
Maqta'da shoir muhabbatni osmonga qiyoslayabdi.
Muhabbat osmonida go'zal, yorqin yulduz misoli
edim quyoshning nuriga toqat qila olmay osmondan
yerga tushdim deya izohlayabdi o'z tuyg'ularini.
Zamon bilan bog'lasak, Quyosh–davr(Shórolar davri).
Ya'ni, shoir davr bergan azoblariga toqati yetmay
qolgani va osmonidan(Vatan,óz vatani deya qaralsa)
yerga botganini aytib ótmoqchidir.
6.Til xususiyatlari.Badiiy tasvir va ifoda vositalari.
Ushbu g'azalning til xususiyatlariga nazar tashlaydi-
gan bo'lsak, Cho'lpon sodda, xalqqa tushunarli tilda
yozgan.Chunki, Cho'lpon xalqona tilda asar yaratib,
uning o'quvchi uchun ham tushunarli bo'lishini, shoir
o'z ichki kechinmalari va tug'yonlarini barchaga
ochib bera olishni ko'zda tutgan.Uning asarlari bar-
cha uchun yosh-u qariga birdek xalqchil tilda yaratil-
gan.
Mumtoz adabiyotda she'riy san'atlar "ilmi badii" bo'-
limida o'rganiladi.She'riy san'atlar 80 dan oshiq bo'lib,
shoir bulardan fikrini yanada go'zal tarzda boyitishga
ifodalashga, g'oyaviy niyatlarini ba'zida yashirin, ba'-
zida ochiq tarzda ko'rsatishga urinadi.
G'azalda tashbeh, tazod, sifatlash va tanosub she'riy
san'atlaridan mohirona tarzda foydalanganiga duch
kelamiz.
Matla'da yanglig' so'zi orqali tashbeh she'riy san'ati-
dan unumli foydalangan.
Karashma dengizin ko'rdim, na nozlik to'lqini bordir,
Halokat bo'lg'usin bilmay, qulochni katta otdim-ku.
Ushbu baytning 1-misrasida yorning karashmasini
dengizga o'xshatgani bois sifatlash san'ati yuzaga
kelgan.
Qalandardek yurib dunyoni kezdim, topmayin yorni,
Yana kulbamga qayg'ular, alamlar birla qaytdim-ku.
Bu baytda 2 ta she'riy san'atdan foydalangan shoir.
Mazmunan olib qaraydigan bo'lsak, tazod san'ati ish-
latilgan.Ya'ni, shoir qalandar misoli yorni qidirib dun-
yo kezgani, biroq yorini topa olmay ortga qaytgani
qarshilantirish san'atiga to'g'ri keladi.Baytda qo'llan-
gan 2-san'at bu tanosub san'atidir.Bir-biriga mazmun
jihatidan o'xshash so'zlarning misralarda qo'llanilishi.
Qayg'u va alamlar mazmuniy tomondan bir-biriga
yaqin turadi.
7.G'azalning ritmik-intonatsion qurilishi.
"Ritm nihoyatda keng tushuncha bo'lib, ritmiklik bor-
liqdagi juda ko'p narsa-hodisalar, tabiiy jarayonlarga
xosdir.Shunga ko'ra, keng ma'noda ritm deganda
muayyan bo'laklarning ma'lum vaqt oralig'ida tartibli
takrorlanib turishi tushuniladi.[6].292.
Shoirning "Qalandar ishqi" g'azali 6 baytdan iborat.
Qofiyasi mutlaq qofiya hisoblanadi.Qofiyadosh so'z-
larni yo'qotdim-ku, qotdim-ku,otdim-ku, sotdim-ku,
botdim-ku, qaytdim-ku, botdim-ku so'zlari tashkil eta-
di.Bu qofiyadosh so'zlarda raviy "t" tovushi hisobla-
nadi.Agar raviydan keyin qo'shimcha kelsa, mutlaq
qofiya, agar raviy o'zi bilan qofiyadosh so'zlar bilan
tugasa muqayyad qofiya hisoblanadi.
O'zbek she'riyatida asosan uchta: barmoq, aruz va
erkin vaznlar qo'llaniladi.Mumtoz adabiyotning ko'r-
kiga aylangan vazn aruz hisoblanadi.Cho'lpon ham
bundan istisno holatda emas.Aruzda bo'g'inlar hijo
deb ataladi.Hijolarning takroridan ruknlar hosil bo'la-
di.Ruknlarning muayyan tarzda takrorlanib kelishi
bahrlarni tashkil qiladi.Masalan, mafoiylun rukni tak-
roridan hazaj bahri yuzaga keladi.
"Qalandar ishqi"g'azali ham aynan shu bahrda ya'ni
hazaj bahrida yozilgan.Hazaji musammani solim
bahrida yozilgan deya olamiz.Hazaj bahri ruknining
chizmasi quyidagicha:
V— — — ( qisqa, cho'ziq, cho'ziq, cho'ziq) bu rukn ma-
foiylun deb nomlanadi.
Muhabbatning saroyi keng ekan, yo'lni yo'qotdim-ku,
V — — — / V— — —/ V– – – / V – – –
Asrlik tosh yanglig' bu xatarlik yo'lda qotdim-ku.
V–––/ V–––/ V–––/ V–––
ma fo iy lun, ma fo iy lun, ma fo iy lun, ma fo iy lun.
Misralar 16 bo'g'indan tashkil topgan.Shoirning g'a-
zallarini o'qir ekanmiz, bevosita uning dardi, hasrati-
ga sho'ng'ib ketamiz.Cho'lpon yaratgan asarlar bu-
gungi kunda ham o'z dolzarbligini yòqotma-
gan.Chunki, unda xalq dardi kuylangan.
Foydalanilgan adabiyotlar:
1.Dilmurod Quronov " Adabiyotshunoslik nazariyasi
asoslari".Toshkent."Navoiy universiteti" 2018.
2.Shahlo Hojiyeva " Cho'lpon va milliy she'riyatning
yangilanishi".Toshkent."Muharrir" nashriyoti.2018.
3.Shahlo Hojiyeva " Cho'lpon she'riyatida poetik ta-
fakkurning yangilanish tamoyillari. Qarshi.2019.
Do'stlaringiz bilan baham: |