O'zbekiston respublikasi oliy va o'rta maxsus ta ’lim vazirligi


www.ziyouz.com kutubxonasi 3-BOB



Download 10,95 Mb.
Pdf ko'rish
bet22/140
Sana01.03.2022
Hajmi10,95 Mb.
#475624
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   140
Bog'liq
Qishloq xo jaligi iqtisodiyoti (N.Nurmatov)

43
www.ziyouz.com kutubxonasi


3-BOB
QISHLOQ XO'JALIGIDA YER VA SUV RESURSLARI, 
ULARDAN SAMARALIFOYDALANISH YO‘LLARI
• Yer va suv resurslarining qishloq xo‘jaligidagi ahamiyati va o‘ziga xos 
xususiyatlari.
• Yer va suvdan foydalanish holati va samaradorligini tavsiflovchi 
ko‘rsatkichlar, ulami aniqlash tartibi.
• Yer to‘g‘risidagi me’yoriy hujjatlar. Yer monitoringi va davlat yer kadastri.
• Yer va suv resurslaridan foydalanish samaradorligini oshirish yo‘llari.
3.1. Yer va suv resurslarining qishloq xo‘jaligidagi ahamiyati va o‘ziga xos
xususiyatlari.
Yer tabiat mahsuli bo‘lib, qishloq xo‘jaligi ishlab chiqarishida muhim 
ahamiyatga ega. Chunki u mazkur tarmoqning eng asosiy ishlab chiqarish 
vositasi hisoblanadi. Yerga urug‘. ko‘chat ekib, ishlov berish natijasida turli 
xildagi mahsulotlar yetishtiriladi. Demak, tarmoqda yetishtiriladigan barcha 
turdagi mahsulotlar yerdan, suvdan foydalangan holda olinadi. Ingliz 
iqtisodchisi Uilyam Petti yer resursiga «yer barcha boyliklaming onasidir» - 
deb ta’rif bergan.
Mamlakatimiz qishloq xo‘jaligi asosan sug'oriladigan yerlarda olib 
boriladi. Sug‘oriladigan yerlar umumiy yer maydonining 9,6 foizini tashkil 
qilib, qishloq xo‘jaligi yalpi mahsulotining 95 foizdan ortig‘i shu yerlarda 
yetishtiriladi. Respublikamiz dehqonchiligi sug‘orishga asoslanganligi sababli 
suv ham yer resursi kabi qishloq xo'jalik ishlab chiqarishida muhimdir. Qayta 
ishlovchi sanoat tarmoqlarining 
xomashyoga, aholining esa oziq-ovqat 
mahsulotlariga bo‘lgan talahi qondirilishida yer va suvning ahamiyati juda 
katta. Yer va suvdan qanchalik oqilona, samarali foydalanilsa, ishlab 
chiqariladigan mahsulotlar hajmi shunchalik ko'payadi. Natijada yuqorida 
ta’kidlangan talablaming qondirilish darajasi ortadi.
Yerdan foydalanishda uning quyidagi o‘ziga xos xususiyatlarini 
e'tiborga olish maqsadga muvofiqdir:
44
www.ziyouz.com kutubxonasi


a) yeming tabiat mahsuli ekanligi. Boshqa asosiy vositalar, ya’ni 
binolar, inshootlar, kombaynlar, traktorlar va boshqalar inson mehnatining 
mahsulidir. Zaruriyat bo‘lganda ular inson tomonidan ishlab chiqarilishi 
mumkin, lekin yemi inson yarata olmaydi;
b) yer maydonining cheklanganligi va takror ishlab chiqarilmasligi. 
Ona zamin tabiatan cheklangan, uning maydonini inson kengaytira olmaydi. 
Chunki u tabiat mahsuli hisoblanadi. Boshqa asosiy vositalami, masalan 
traktorlami, mashinalami talabni qondirish maqsadida ko‘plab ishlab chiqarish 
mumkin;
d) yer - qishloq xo'jaligining abadiy ishlab chiqarish vositasidir. 
Respublika hududida mavjud bo‘lgan yerlardan qishloq xo'jalik mahsulotlari 
yetishtirishda bizdan oldingi avlodlar foydalangan, hozirgi davrda biz 
foydalanmoqdamiz, 
kelajakda 
esa 
avlodlarimiz 
foydalanadi. 
Jamiyat 
rivojlanishi natijasida ayrim ishlab chiqarish vositalari takomillashtirilishi 
natijasida o‘z o‘mini boshqasiga bo‘shatib beradi. Masalan, bir paytlar yerni 
shudgorlashda qoramollar va omochdan foydalanilgan bo‘lsa, keyinchalik fan- 
texnika taraqqiyoti natijasida qudratli traktorlar va pluglar ulaming o‘mini 
egalladi. Lekin yer qishloq xo'jaligida ishlab chiqarish vositasi sifatida abadiy 
qolaveradi, chunki uni boshqa vosita bilan almashtirib bo‘lmaydi;
e) yemi qishloq xo‘jaligi mahsulotlari yetishtirish maqsadida bir 
joydan ikkinchi joyga ko‘chirib bo‘lmasligi. Yerdan joylashgan o‘mida oqilona 
foydalanish mumkin. Lekin mashina va traktorlarni talab etilgan joyga olib 
borib, turli xildagi ishlami amalga oshirish, bino-inshootlami ham talab etilgan 
joyga qurish mumkin;
f) yeming yuqori qatlami hisoblangan tuproq unumdorligining 
mavjudligi. Tuproq unumdorligi tabiiy, sun’iy va iqtisodiy unumdorliklarga 
boTinadi. Asrlar davomida tashqi ta'sirlar, ya'ni quyosh nuri, yog‘ingarchilik, 
chirindilar tushishi va boshqalar ta'sirida shakllangan unumdorlik yeming 
tabiiy unumdorligi deyiladi. Tuproqning tabiiy unumdorligi - tabiat mahsulidir. 
U tabiatning ta'siri natijasida uzoq yillar mobaynida shakllanadi. Uning holati 
quyosh nuri hamda yog'ingarchilik miqdoriga, shamol va suvlaming ta'siriga 
bogTiqdir. Ulaming ijobiy ta'sirida tuproq tabiiy unumdorligi yaxshi boTadi. 
Sayyoramizdagi yerlaming tabiiy unumdorlik darajasi turlicha boTadi. Insonlar 
ta'sir etishi, ya'ni tekislash, shudgorlash, mahalliy va m a’danli o‘g‘itlar berish, 
mehnat, mablag' sarflash, yerlaming meliorativ holatini yaxshilash va 
boshqalar ta'sirida shakllanadigan unumdorlik sun’iy unumdorlik deyiladi. 
Agar yerga to‘g‘ri munosabatda boTinsa, uning unumdorlik darajasi ortib 
borish xususiyatiga ega. Darhaqiqat, tuproqqa vaqtida ishlov berilsa, 
o‘g‘itlansa, uning unumdorligi oshib borishi mumkin. Lekin boshqa asosiy 
vositalar ishlab chiqarish jarayonida qatnashishi oqibatida jismoniy jihatdan 
eskiradi. Ular vaqt o‘tishi bilan fan-texnika taraqqiyoti natijasida ma'naviy
45
www.ziyouz.com kutubxonasi


jihatdan ham eskiradi. Lekin yerga e'tibor berilsa, undan fan-texnika 
yutuqlarini joriy etgan holda oqilona, samarali foydlanilsa, u yaroqsiz holga 
kelmaydi, unumdorligi oshib borishi mumkin. Ammo bu, uning unumdorligi 
cheklanmagan, degani emas. Shunday ekan, yerning unumdorligidan 
tadbirkorlik bilan foydalanish maqsadga muvofiqdir.
1998-yil 30-aprelda qabul qilingan Yer Kodeksining 8-moddasiga ko‘ra 
0 ‘zbekiston Respublikasida yer fondi yerlardan foydalanishning belgilangan 
asosiy maqsadiga ko‘ra quyidagi toifalarga bo‘linadi:
1) qishloq xo'jaligiga moMjallangan yerlar - qishloq xo‘jaligi ehtiyojlari 
uchun berilgan yoki ana shu maqsadga mo‘ljallangan yerlar. Qishloq 
xo‘jaligiga mo'ljallangan yerlar sug‘oriladigan va sug‘orilmaydigan (lalmikor) 
yerlar, haydaladigan yerlar, pichanzorlar, yaylovlar, ko‘p yillik mevali dov- 
daraxtlar va tokzorlar egallagan yerlarga boiinadi;
2) aholi punktlarining (shaharlar, posyolkalar va qishloq aholi 
punktlarining) yerlari - shaharlar va posyolkalar, shuningdek qishloq aholi 
punktlari chegarasi doirasidagi yerlar;
3) sanoat, transport, aloqa, mudofaa va boshqa maqsadlarga 
moijallangan yerlar - ko'rsatilgan maqsadlarda foydalanish uchun yuridik 
shaxslarga berilgan yerlar;
4) tabiatni muhofaza qilish, sogiomlashtirish, rekreatsiya maqsadlariga 
moijallangan yerlar - alohida muhofaza etiladigan tabiiy hududlar egallagan, 
tabiiy davolash omillariga ega boigan yerlar, shuningdek ommaviy dam olish 
va turizm uchun foydalaniladigan yerlar;
5) tarixiy-madaniy ahamiyatga molik yerlar - tarixiy-madaniy 
yodgorliklar joylashgan yerlar;
6) o‘rmon fondi yerlari - o‘rmon bilan qoplangan, shuningdek o'rmon 
bilan qoplanmagan b o isa ham, o‘rmon xo‘jaligi ehtiyojlari uchun berilgan 
yerlar;
7) suv fondi yerlari - suv obyektlari, suv xo‘jaligi inshootlari egallagan 
yerlar va suv obyektlarining qirg'oqlari bo'ylab ajratilgan mintaqadagi yerlar;
8) zahira yerlar.
0 ‘zbekiston Respublikasi yer fondi 0 ‘zbekiston Respublikasi Yer 
resurslari, geodeziya, kartografiya va davlat kadastri qo‘mitasi tomonidan har 
yili 1-yanvar holati bo‘yicha korxona, muassasa va tashkilotlaming yerlaridagi 
barcha o'zgarishlar to‘g‘risidagi ma'lumotlar, xo‘jalikl£ir tomonidan yer hisobi 
hujjatlari asosida tuzilgan hamda tuman, shahar va viloyat hokimlarining 
qarorlari bilan tasdiqlangan yillik yer hisobotlarini respublika bo‘yicha 
umumlashtirish natijasida tuziladi.
0 ‘zbekiston Respublikasining ma’muriy chegarasidagi yer maydoni 
44896,9 ming gektami tashkil qiladi. 2009-yil 1-yanvar holatiga 0 ‘zbekiston 
Respublikasi korxona, tashkilot, muassasa va fuqarolari foydalanishidagi yerlar
46
www.ziyouz.com kutubxonasi


jami 44410,3 ming gektarni, sug'oriladigan yerlar esa 4303,0 ming gektami 
yoki umumiy maydonning 9,6 foizini tashkil qiladi. 
Mamlalcatimiz yer 
fondining toifalari bo'yicha tarkibi 3.1-jadvalda keltirilgan.
3.1-jadval
O'zbekiston Respublikasi yer fondining 2009-yil 1-yanvar holatiga toifalar 
bo‘yicha taqsimlanishi
JN s
Yer fondining toifalari
Jami maydon
Shundan
sug'oriladigani
ming ga
foiz
ming ga
foiz
1
.
Qishloq xo‘ialigiga m o‘liallangan verlar
22338,3
50,3
4206,8
94,7
2.
Aholi punktlari yerlari
236,3
0,53
48,8
0,11 
.
3.
Sanoat, transport, aloqa, mudofaa va 
boshqa maqsadlarda foydalanila-digan 
yerlar
1955,5
4,4
11,7
0,03
4.
Tabiatni 
muhofaza 
qilish, 
sogTomlashtirish, 
rekreatsiya 
maqsadlarida foydalaniladigan yerlar
72,5
0,2
0,6
0,002
5.
Tarixiy-madaniy 
ahamiyatga 
molik 
yerlar
0,3
0,00
1
-
-
6.
0 ‘rmon fondi yerlari
8562,3
19,2
26,3
0,6
7.
Suv fondi yerlari
827.2
1,86
4,3
0,01
8.
Zahira yerlar
10417,9
23,4
4.5
0.01
Jami yerlar
44410,3
100
4303,0
100
Manba: O'zbekiston Respublikasi yer resurslari, geodeziya, kartografiya va davlat kadastri 
qo'mitasi ma'lumotlari.
2009-yil 1-yanvar holatiga ko‘ra, qishloq xo‘jaligi korxonalari va 
tashkilotlari yerlaming umumiy maydoni 22338,3 ming gektami yoki yer 
fondining 50,3 foizini tashkil qiladi.
Mamlakatimizda ekin maydonlarining boshqa maqsadlarga ajratilishi 
natijasida ulaming umumiy maydonida kamayish kuzatilgan. 2000-yilda barcha 
turdagi xo‘jaliklarda umumiy ekin maydoni 3778,3 ming gektami tashkil etgan 
bo‘lsa, ushbu ko‘rsatkich 2008-yilda 3609,3 ming gektami va 2009-yilga kelib 
3608,5 ming gektami tashkil etgan.
3.2-jadval

Download 10,95 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   140




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish