67
XULOSA
Bitiruv malakaviy ishining yuqoridagi bob va
paragraflarida biz budjet
tashkilotlari moliyasini boshqarish va samarali tashkil etish masalalarini o’rgandik,
budjet tashkilotlari xarajatlarini smeta asosida rejalashtirish va budjetdan
moliyalashtirishga
taalluqli
me’yoriy hujjatlarni tahlil qildik, budjet
tashkilotlarining budjetdan tashqari mablag’lari manbalari va ulardan foydalanish
yo’nalishlarini, shuningdek, budjet tashkilotlari xarajatlarining g’azna
ijrosi
amaliyotini ko’rib chiqdik. Budjet tashkilotlari moliyasini samarali tashkil etish va
boshqarishga qaratilgan tadbirlar ichida budjet tashkilotlarini pasportizatsiya qilish
loyihasi va uning doirasida amalga oshirilgan ishlar va erishilgan natijalarni
sharhlab berishga harakat qildik. Shuningdek, budjet tashkilotlarida buxgalteriya
hisobini yuritishnnig avtomatlashtirilgan tizimini joriy etish, uning afzalliklari va
ishlash printsiplarini bayon qildik. Izlanishlarimiz
asosida shakllangan
xulosalarimiz va taklif-mulohazalarimiz quyidagilardan iborat:
Birinchidan,
budjet tashkilotlari o’z xarajatlarini ular uchun ajratilgan budjet
limitlari doirasida mustaqil ravishda,lekin o’rnatilgan me’yorlarga rioya qilgan
holda amalga oshiradilar. Shunday ekan, budjet tashkiloti doim qo’shimcha
mablag’larga ehtiyoj sezadi, chunki uning ehtiyojlarini qoplashga etadigan va
budjet tashkilotlari tomonidan hisoblab chiqarilgan
summa budjet limitlaridan
shubhasiz oshib ketadi. Bu holat budjet tashkilotlarining o’z xarajatlarini aniqlash
va rejalashtirishda mustaqilligini kamaytiradi.
Ikkinchidan,
budjetdan moliyalanadigan tashkilotlarga mablag’larning to’liq
hajmda safarbar etish imkoniyati shu davrdagi tegishli budjetning imkoniyati bilan
bog’liq. Budjet tashkilotlarining xarajatlarini to’lab brishda shu munosabat bilan
xarajatlarni amalga oshirishga ruxsat (XAOR) joriy qilingan. G’aznachilik
organlari tomonidan beriladigan XAOR esa tegishli budjetning shu davrdagi
daromadlari darajasiga bog’liq. Shuning uchun budjet tashkilotlarining o’z vaqtida
mablag’ bilan ta’minlanishini yaxshilash uchun budjetning barqarorligini
68
ta’minlash, buning uchun esa shu hudud iqtisodiyoti budjet potentsialini ko’tarish
zarur.
Uchinchidan, moliyaviy nazorat organlarining nazorat tadbirlari yuzasidan
hisobotlarini ko’radigan bo’lsak, aksariyat hollarda tekshiruvlar natijasidagi
kamomad va suiste’mollar aniqlanadi va tegishli budjetga tiklanadi.
Bu holat
budjet tashkilotlarida budjet intizomining to’g’ri yo’lga qo’yilmaganligini
bildiradi. Budjet tashkilotlarida buxgalteriya hisobinnig avtomatlashtirilgan
tizimining yo’lga qo’yilishi yaqin istiqbolda budjet tashkilotlaridagi moliyaviy
tartib buzilishlarning oldini olishga xizmat qilishi kerak.
To’rtinchidan,
budjet tashkilotlari ehtiyojlarini qondirish manbalarini to‘g‘ri
belgilash zarur. Budjetdan ajratilgan mablag‘lar muassasaning barcha ehtiyojlarini,
ayniqsa, qimmat turuvchi uskuna, jihozlar, o‘quv-laboratoriya jihozlariga bo‘lgan
ehtiyojlarini, mablag‘larning chegaralanganligi bois, qondira olmaydi. Shu sababli
keng miqyosda budjetdan tashqari mablag‘larni jalb qilish imkoniyatlarini izlab
topish lozim. Buning uchun pullik xizmat turlarini kengaytirish, shartnoma asosida
boshqa korxona va tashkilotlarga xizmatlar ko‘rsatish kabilarni joriy qilish
maqsadga muvofiq.
Beshinchidan,
budjet
tashkilotlari
xarajatlarini
rejalashtirishda
me’yorlashtirish tizimini takomillashtirish, xizmat turiga qarab: aholi jon boshiga,
har bir o‘quvchiga, har bir tarbiyalanuvchiga, har
bir talabaga aniq xarajat
me’yorlarini ishlab chiqish kerak, ularga amal qilish resurslar taqsimotidagi
ijtimoiy adolatni ta’minlaydi.
Oltinchidan, budjet tashkilotlari uchun ajratiladigan kommunal xizmatlar –
gaz, suv, elektr va issiqlik energiyasi iste’moli me’yorlarini aniq, puxta va optimal
qilib o‘rnatish, tashkilotning ularga bo‘lgan haqiqiy ehtiyojini aniq hisoblab
chiqish va to‘g‘ri rejalashtirish, budjet tashkilotining pasportida aniq ko‘rsatish
lozim, shundagina bu ehtiyojlarning to‘liq va o‘z vaqtida moliyalashtirilishini
ta’minlash mumkin.
Ettinchidan, bugungi kundagi budjet tashkiloti budjet jarayonining to’laqonli
ishtirokchisi
sanaladi, undagi moliyaviy boshqaruvning qanday yo’lga
69
qo’yilganligi moliyachi-kadrlarga ko’p jihatdan bog’liq. Ular budjet qonunchiligini
bilishi, smeta xarajatlarini rejalashtirish, komputerda ishlash, Internetdan
foydalanish, boshqa elektron tarmoqlar bilan bog’langan holda tashkilot
muammolarini
yechish,
davlat
xaridlarining
elektron
tizimida
ishlash
ko’nikmakariga ega bo’lishi, “O’zASBO” KDda ishlay olishi lozim. Shuning
uchun bu masalalarda ma’lum malakaga ega bo’lgan mutaxassislarni tayyorlashga
bo’lgan
talabni kuchaytirish, ularni moliyani boshqarishning yangi usullariga
o’rgatish lozim
Xulosa
qilib
aytganda,
budjet
tashkilotlari
moliyasini
yanada
takomillashtirish qator omillarni hisobga olib amalga oshirilishi kerak. Bu omillar:
budjetning daromad va xarajatlar bo‘yicha barqarorligi, me’yoriy-huquqiy
bazaning takomillashganligi, menejer-kadrlarning nazariy va amaliy salohiyati,
sohalarga axborot-kommunikatsion texnologiyalarning tobora kengroq va
shiddatliroq kirib borishi va boshqa omillar. O‘ylaymizki, bu omillarning o‘z
vaqtida hisobga olinishi islohotlarning
kutilgan natijalarini beradi, ularning
samarali va ta’sirchan bo‘lishini ta’minlaydi, hukumatimiz tomonidan belgilab
berilgan ustuvor vazifalarni to‘laqonli bajarishga xizmat qiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: