62
hisobda kassa xarajatlari va haqiqiy xarajatlarni ajratish;
budjet sohasi (sog’liqni saqlash, ta’lim, ilm-fan va h.k.) muassasalarida
hisobning tarmoq xususiyatlarini inobatga olish.
“O’zASBO” KDni joriy etish bo’yicha
ishlar natijasida quyidagi
maqsadlarga erishiladi:
barcha budjet tashkilotlari uchun yagona “O’zASBO” KD versiyasi
yaratilgan va qo’llaniladi, bu unga o’zgarishlarni markazlashtirilgan tarzda kiritish,
shuningdek ma’lumotlarni ishonchli saqlash va rezervlashni ta’minlaydi;
barcha mintaqalarda joylashgan budjet tashkilotlarining buxgalteriya
hisobi va hisoboti bo’yicha ma’lumotlar bazasi tuzilmasi yaratiladi;
buxgalteriya hisobi va hisobotining yagona metodologiya bo’yicha
yuritilishini ta’minlaydigan markazlashtirilgan ma’lumotlar
bazasi yaratiladi;
tarixiy xronologiyani kuzatib borish, hisob davrlari, shu jumladan budjet
tashkilotlarining avvalgi yillardagi faoliyati davrlari bo’yicha hisob yuritish imkoni
beriladi;
tegishli me’yoriy-huquqiy hujjatlarda nazarda tutilgan analitik va sintetik
hisob yuritish bo’yicha registrlarni (vedomostlar, Bosh kitob va h.k.), turli joriy va
davriy hisobotlarni (1-, 2-son shakllar, balans va unga ilovalar va h.k.) yuritish va
ularni qog’ozga tushirish imkonini beradi.
“O’zASBO” KD quyidagi komponentlar (hisob ob’ektlari) bo’yicha
buxgalteriya hisobini yuritish imkonini beradi:
tovar-moddiy zaxiralar;
debitorlar va kreditorlar bilan hisob-kitoblar;
asosiy vositalar (nomoliyaviy aktivlar) va nomoddiy aktivlar;
pul mablag’lari, kassa xarajatlari va haqiqiy xarajatlar;
moliyaviy natijalarni hisobga olish bo’yicha schyotlar,
hisobotni
shakllantirish va tuzish;
xodimlar va stipendiatlar bilan hisob-kitoblar;
“G’aznachilik-4” kompyuter dasturi bilan o’zaro ta’sirlashuv.
63
Dastur umumiy markazlashtirilgan serverga, ma’lumotlarni
saqlash va
ishlash bo’yicha yagona tizimga ega bo’lgan yagona integratsiyalangan apparat -
dasturiy kompleksdir.
Foydalanuvchilar dasturdan foydalanish uchun WEB-texnologiyalarni
qo’llagan
holda
Moliya
vazirligining
dasturiy
maydoniga
kiradilar
(http://www.mdm.uz).
“O’zASBO” KD tarkibiy tuzilmasi funktsionallikni
boshqaruv darajalari
bo’yicha taqsimlashni, boshqa turdosh axborot tizimlari bilan informatsion o’zaro
ta’sirlashuvni o’z ichiga oladi.
“O’zASBO” KD amaliy dasturiy ta’minotning boshqa tizimlar bilan o’zaro
axborot ta’sirlashuvi “G’aznachilik” KD, shuningdek dasturiy komplekslar
o’rtasidagi himoyalangan aloqa kanallari orqali moliyaviy axborotning yagona
ma’lumotlar bazasi bilan axborot ta’sirlashuvidan iborat, “O’zASBO”
KD bilan
axborot ta’sirlashuvi jarayonida quyidagi ma’lumotlar bilan almashinuv amalga
oshadi:
Do'stlaringiz bilan baham: