Hayotning biogeosenoz (ekosistema) darajasi. Hayotning biogeosenoz darajasining elementar birligi har xil turlarga mansub populatsiyalardir.Bir-biri va atrof-muhit bilan o‘zaro dinamik munosabatda bo‘lgan,ma’lum maydonda tarqalgan o‘simlik, hayvon, zamburug‘, bakteriya turlarining yig‘indisi biogeosenoz yoki ekosistema deyiladi. Hayotning bu darajasi ekosistemalar strukturasi, biotik munosabatlar, oziq zanjiri, trofik darajalar kabi xususiyatlar bilan tavsifl anadi. Bu xususiyatlar moddalar va energiyaning davriy aylanishi, ekosistemalarning o‘z-o‘zini boshqarishi,tirik organizmlarning muhit omillari bilan dinamik muvozanati, mavsumiy o‘zgarishlar kabi jarayonlarda aks etadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |