O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta masus ta’lim vazirligi


Populatsiya genofondining o'zgarishiga olib keladigan jarayonlar



Download 3,97 Mb.
bet194/214
Sana25.06.2021
Hajmi3,97 Mb.
#101523
1   ...   190   191   192   193   194   195   196   197   ...   214
Bog'liq
Biologiya fanidan o'qitish materiallari to'plami(1)

Populatsiya genofondining o'zgarishiga olib keladigan jarayonlar.

Mutatsiyalar irsiy o'zgaruvchanlikning asosiy manbayidir. Bir necha millionlab individlardan tashkil topgan populatsiyalar genofondidagi har bir gen avlodlarda mutatsiyalarga uchrashi mumkin. Bu mutatsiyalar kombinativ o'zgaruvchanlik tufayli nasldan naslga beriladi. Ko'pchilik mutatsiyalar retsessiv bo'lgani uchun geterozigotalar fenotipida namoyon bo'lmaydi, aksincha yashirin saqlanadi. Mutatsiyalar evolutsion jarayonlar uchun material bo'lib xizmat qiladi.

Mutatsiyalar gen, xromosoma, genom va sitoplazmatik xillarga bo'linadi. Mutatsiyalarning ko'pchiligi zararli bo'ladi va tabiiy tanlanish orqali bartaraf etiladi. Ayrim mutatsiyalar organizm uchun shu konkret sharoitda foydali bo'lishi mumkin. Bunday mutatsiyalar organizmlarning ko'payishi orqali kelgusi bo'g'inlariga beriladi va nasldan naslga o'tgan sari populatsiya individlarida to'plana boradi. Mutatsion o'zgaruvchanlik uzoq vaqt davomida tabiiy tanlanish natijasida mustahkamlanib boradi va populatsiya genofondini o'zgartiradi. Bu esa evolutsiya tomon qo'yilgan dastlabki qadamdir. Populatsiya genofondining o'zgargan yoki o'zgarmaganligini qanday bilish mumkin? Odatda, populatsiya genofondidagi u yoki bu gen ta'sirida vujudga kelgan belgini turli xil organizmlarni bir necha bo'g'inlarda sanash orqali ularning har bir bo'g'indan takrorlanish miqdori aniqlanadi. Ularning o'zaro nisbatini taqqoslash yo'li bilan populatsiya genofondining o'zgargan yoki o'zgarmaganligi haqida mulohaza yuritiladi.



Genlar dreyfi - genetik-avtomatik jarayonlar - bir necha avlodlar davomida gen allellarining populatsiyada uchrash ehtimolining tasodifiy o'zgarishi, ya'ni populatsiyalardagi individlar orasida tasodifiy kombinativ o'zgaruvchanlikning yuzaga kelishidir. Kichik populatsiyada ayrim individlar o'zining genotipidan qat'i nazar, tasodifiy sabablarga ko'ra avlod qoldirishi yoki qoldirmasligi mumkin. Ko'payish davrida hosil bo'ladigan gametalarning hammasi ham zigota hosil qilishda ishtirok etmasligi orqali bu hodisaning mexanizmini tushunish mumkin. Bu esa populatsiyada u yoki bu allellarning uchrash chastotasi (takrorlanish tezligi)ni o'zgartiradi. Tasodifiy ravishda genlar chastotalarining o'zgarishi tufayli ayrim allellarning saqlanib qolishi, boshqasining yo'qolishi ro'y beradi. Genlarning tasodifiy dreyfi natijasida, bir xil sharoitda yashayotgan, genetik jihatdan o'xshash bo'lgan populatsiyalar asta-sekin o'zining ayrim allellarini yo'qotib boradi va populatsiyaning genetik strukturasi o'zgaradi. Genlar dreyfi amerikalik genetik S. Rayt tomonidan o'rganilgan. U bir necha oziqli probirkaga A geni bo'yicha geterozigota bo'lgan ikkitadan erkak va urg'ochi drozofilalarni joylashtirib, ularning nasllari ustida kuzatish o'tkazdi. Bir necha bo'g'indan so'ng probirkalardagi drozofilalar tekshirilganda, ba'zi populatsiyada faqat mutant gomozigota borligi, boshqa populatsiya tarkibida u tamoman uchramasligi, uchinchilarida esa dominant hamda retsessiv allel formalar borligi aniqlandi. Demak, genlar dreyfi populatsiya genofondining o'zgarishiga olib keladi. Genlar dreyfi tabiiy ofatlar (o'rmonlarning yonishi, suv toshqini), zararkunandalarning keng tarqalishi va boshqa hodisalar natijasida populatsiya individlari soni keskin kamayib ketganida aniq namoyon bo'ladi.


Download 3,97 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   190   191   192   193   194   195   196   197   ...   214




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish