O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta masus ta’lim vazirligi



Download 3,97 Mb.
bet193/214
Sana25.06.2021
Hajmi3,97 Mb.
#101523
1   ...   189   190   191   192   193   194   195   196   ...   214
Bog'liq
Biologiya fanidan o'qitish materiallari to'plami(1)

Tayanch so'zlar: tur, tur mezoni, morfologik mezon, fiziologik mezon, biokim­yoviy mezon, geografik mezon, genetik mezon, ekologik mezon, etologik mezon.

POPULATSIYA - TURNING TUZILISH VA EVOLUTSIYANING BOSHLANG'ICH BIRLIGI

Siz avvalgi mavzuda tur tushunchasi bilan tanishdingiz. Haqiqatan ham, tur bir-biriga o'xshaydigan, bir-biri bilan chatisha oladigan organizmlar yig'indisidan iborat murakkab bo'lgan tuzilmadir. U mazkur tur tarqalgan, nisbatan kichik, alohida arealda yashaydigan populatsiyalarga - kichik tabiiy guruhlarga bo'linib ketadi. Bir populatsiya ikkinchi populatsiyadan nisbatan alohidalashgan bo'ladi.

Populatsiya - tur areali ma'lum hududni egallagan, bir-biri bilan erkin chatisha oladigan yoki boshqa populatsiyalardan nisbatan alohidalashgan, bir turga kiruvchi organizmlar guruhi. Populatsiya doirasida organizmlar oila, gala, poda bo'lib yashaydilar. Lekin ular turg'un holatda bo'lmay, tashqi muhit ta'sirlari ostida tarqalib ketishi yoki bir-biri bilan qo'shilib ketishi mumkin. Turning arealda egallagan joyiga qarab unda populatsiyalar soni har xil bo'ladi. Keng arealda va sharoiti xilma-xil joylardagi turlarda populatsiyalar soni ko'p, tor arealda tarqalgan turlarda populatsiyalar soni kam bo'ladi. Har xil turga kiruvchi populatsiyalar bir-biridan, avvalo, egallagan areali hajmi bilan farq qiladi. Areal hajmi hayvonlarning harakatlanish tezligi, o'simliklarning esa chetdan changlanish masofasiga bog'liq. Tok shilliqqurtining harakatlanish radiusi bir necha o'n metr bo'lsa, shimol tulkisining harakatlanish radiusi bir necha yuz kilometrga cho'ziladi.

Populatsiyadagi individlar soni ham turlicha bo'ladi. Ayrim hasharotlarning populatsiyalari yuz minglab, hatto millionlab individlardan iborat bo'lsa, ayrim populatsiyalarda individlar soni juda oz bo'ladi. Masalan, Uzoq Sharqda tarqalgan yo'lbars populatsiyasi 300-400 ta individdan iborat. Populatsiyani tashkil etuvchi individlar o'rtasida murakkab o'zaro munosabatlar mavjud. Individlar oziq resurslari, yashash joyi uchun o'zaro raqobatda bo'lishlari yoki aksincha dushmandan birgalikda himoyalanishlari mumkin. Ayrim jismoniy zaif, kasal individlarning o'limi populatsiya tarkibiy sifatini yaxshilaydi, populatsiyaning o'zgaruvchan muhit sharoitida yashovchanligini oshiradi.

Jinsiy ko'payish tufayli populatsiya doirasida to'xtovsiz genlar alma­shinuvi sodir bo'ladi. Populatsiyalar o'rtasida mavjud alohidalanishlar tufayli har xil populatsiyalarga mansub organizmlarning o'zaro chatishish ehtimoli kamayadi. Shuning uchun ham har bir populatsiya o'ziga xos genlar to'plami - genofondi bilan tavsiflanadi. Shunday qilib, hayot populatsiya darajasining mavjudligi tur tarkibining xilma-xilligi bilan bir qatorda turning turg'unligini ham ta'minlaydi. Populatsiya darajasida sodir bo'ladigan o'zgarishlar evolutsiyaning tezligi va yo'nalishini belgilaydi. Yangi turlarning paydo bo'lish jarayoni populatsiya genofondining o'zgarishidan boshlanadi.


Download 3,97 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   189   190   191   192   193   194   195   196   ...   214




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish