Energetik almashinuv - dissimilatsiya. ATF barcha hujayralarning universal energiya zaxirasi bo'lib hisoblanadi. ATF hujayrada fosforlanish reaksiyasi natijasida hosil bo'ladi.
ADF + H2PO4 + 40 kJ = ATF + ^O
ATFning sintezi uchun kerak bo'ladigan energiya hujayrada organik moddalarning parchalanishidan hosil bo'ladi. Bu energiya ATFning kimyoviy bog'larida saqlanadi.
Energetik almashinuv bosqichlari. Hujayrada kechadigan energetik almashinuv jarayoni hujayraning nafas olishi deb ham ataladi. Nafas olish jarayonida kisloroddan foydalanadigan organizmlar aerob organizmlar, nafas olish jarayoni kislorodsiz muhitda kechadigan organizmlar anaerob organizmlar deyiladi. Aerob organizmlarda energetik almashinuv 3 bosqichda o'tadi :
Do'stlaringiz bilan baham: |