O’quv dasturiga qo’yiladigan talablar
O’quv dasturining nomi
|
Kasbiy faoliyatda horijiy til
|
Ajratilgan soat
|
120
|
Mavzular soni
|
45
|
Dasturning maqsadi
|
Ingliz tili fanining maqsadi o’quvchilarning muloqot uslublarini yaxshilash orqali real hayotiy imkoniyatlarini oshirish, ularda ta’lim va kasbi haqidagi bilimlarini ingliz tilida ifodalash ko’nikmalarini chuqurlashtirish, matnlar bilan ishlash, yozish ko‘nikmalarini rivojlantirishiga qaratadi. Ularni har tomonlama rivojlantirish sog’lom yetuk shaxs qilib tarbiyalash. Asosiy maqsadi o’quvchilarga yangi leksik va grammatik hodisalardan takib topuvchu nutq namunalarini egallashlarida yordam berish orqali ularning og’zaki va yozma nutq malakalarini o’stirish hamda ularni shu fan bo’yicha chuqurroq o’rganishga tayyorlash.
|
O’zlashtirish (o’qitish) natijalari
|
Ingliz tilida o’z fikrini tushuntira oladi;
Kasb faoliyati mobaynida bolalar bilan ingliz tilida suhbatlasha oladi; so’z boyligi oshadi, nutqi ravonlashadi.
|
Bilim
|
-ta’limga oid mavzularni rejalashtirish
-sodda yo’riqnomalarni tusuhuna olishi va ularga amal qilishi
-sodda savollar va gaplarni; she’rlar va hikoyalar, qo’shiqlarni tushuna olishi
-raqamlar, hisob-kitobni bilish va ularni hayotga qo’llash
-ma’lumot so’rash vama’lumot bera olish
-sodda xabarlarni, masalan oddiy xatlar, electron xatlarni tushuna olish
-kundalik hayotga oid mavzular(shaxsiy ma’lumot, oila haqida ma’lumot, bo’sh vaqtni o’tkazish)
-ijtimoiy hayotga oid mavzularni
-ta’limga oid mavzularn irejalashtirish
-gapirish(salomlashish, o’zinitanishtirish, minnatdorchilik bildirish, iltimos qilish, ma’lumot olish va berish, uzrso’rash, tabriklash, taklifqilishvataklifni rad etish)
-yozish(husnixat, orfografiya, chet tillarini barcha tovushlarini aniq talaffuz eta olish)
-shaxsiy qiziqish va kasb-hunarga oid soda dasturlarni
- his tuyg’ularni ifodalash v aularga javob qaytarish
|
Ko’nikma
|
-ishga yoki xar kunlik hayotiga taaluqli mavzudagi so’zlar bilan o’z ma’nosida ishlatilgan nutqni tushuna olishi,
-undagi umumiy ma’no va detallarga e’tibor qaratishi, nutq ravon va tanish shevada bo’lishi
-tilga olinadigan ish, o’qish, dam olish kabi tanish mavzulardagi adabiy tildagi ravon nutqini tushunish
-o’z sohasiga aloqador tanish mavzularda o’ziga ishonch bilan muloqotga kirisha olish
-fikralmashishi, ma’lumotni tekshirishi yoki tasdiqlashi, odatdan tashqari mavzularda so’zlasha olish
-madaniyat, kino, kitoblar haqida; sayohat qilishga o’xshash holatlarda so’z boyligining ko’p qismini ishlata olishi; tanish mavzularda tayyorgarliksiz so’zlashishi, fikr bildira olish
-o’yinlar tashkil qila olish
-o’zi qiziqqan mavzudagi matnlarni bemalol tushuna olishi, o’z kasbi, yoshi,qiziqishini qamrab olgan matnlar bilan ishlay olish
-25-250 so’zdan iborat kasbiga oid matnlar tuza olish
|
Oquv rejaga muvofiq o’zaro bog’liq bo’lgan fan nomi
|
Rus tili, o’zbek tili
|
O’qitish tashkiliy shakli
|
N-Nazariy ta’lim
A-Amaliy ta’lim
NA- Nazariy va amaliy ta’lim birgalikda tashkil etiladi
MX- Maxsus honada o’tkaziladigan mashg’ulot.
|
Dasturga qo’yilgan talab
|
Majburiy
|
O’qitish tili
|
Guruhda belgilangan o’qitish tili asosida
|
Baholash tartibi
|
Joriy baholash tartibiga asoslanib
|
O’quvchilarning bilim va ko’nikmalarini baholash
|
Yozma, og’zaki, savol-javob,test, amaliy, nazariy, mustaqil topshiriq
|
Do'stlaringiz bilan baham: |