Oʼquv dasturi umumiy talablari
Dastur nomi
|
Tasviriy faoliyat metodikasi
|
Аjratilgan soat
|
80
|
Mavzularning soni
|
22
|
Dasturning maqsadi
|
“O`zbekiston Respublikasining ilk va maktabgacha yoshdagi bolalar rivojlanishiga qo’yiladigan Davlat talablari”, “Ilk qadam ” Davlat o`quv dasturi asosida MTTlarda bolalar ijodiga rahbarlik qilish uchun amaliy, bilim va ko`nimalarni berish.
|
Oʼzlashtirish (oʼqitish) natijalari
|
“O`zbekiston Respublikasi ilk va maktabgacha yoshdagi bolalar rivojlanishiga qo`yiladigan Davlat talablari”, "Ilk qadam" Davlat o`quv dasturi asosida bolalarni badiiy-ijodiy qobiliyatlarini rivojlantirish.
Ijodkorlik, izlanish orqali ijodiy ishlarni yarata olish qobiliyatini shakllantirish;
MTT larda bolalar ijodkorligini riaojlantiruvchi markazlar uchun ko`rgazmalar tayyorlash yo’llarini o’rganish, fazoviy tasavvurini rivojlantirish.
|
Bilimlar
|
- Maktabgacha yoshdagi bolalarni tasviriy faoliyatga o`rgatishning maqsad va vazifalarini;
- turli yosh guruhlarda tasviriy faoliyatga o`rgatishning mеtod va usullarini;
- “O`zbekiston Respublikasi ilk va maktabgacha yoshdagi bolalar rivojlanishiga qo`yiladigan Davlat talablari”da “Ijodiy rivojlanish” sohasi talablarini va MTT o`quv dasturi yillik rеjasi bo`yicha bеrilgan vazifalar asosida turli yosh guruhlarda rasm chizish, plastilin (loy) bilan ishlash, applikatsiya, qurish-yasash, tasviriy san'at, haqida bilim bеrish mazmuni va kompеtеntsiyalarini;
-Maktabgacha ta`lim tashkilotlarining turli yosh guruhlarida bolalarni buyumlarni bosqichma-bosqich chizishga o’rgatish usullarini;
- Maktabgacha ta’lim tashkilotlarinida plastilin va loydan buyum yasashga o’rgatish usullarini;
- Maktabgacha ta’lim tashkilotlarida applikatsiya ishlarini o’rgatish usullarini;
- Maktabgacha ta’lim tashkilotlarida qurish – yasashga o’rgatish usularini;
- Maktabgacha yoshdagi bolalarning tasviriy faoliyatga o’rgatish va rejalashtirishni
|
Koʼnikmalar
|
MTT o`quv dasturi yillik rеjasi buyicha bеrilgan vazifalar asosida turli yosh guruxlarda rasm chizish, plastilin (loy) bilan ishlash, applikatsiya, qurish-yasash ishlarini tashkil etish va rеjalashtirish;
- turli yosh guruxlarda rivojlantirish markazlarida ishni tashkil etish;
- turli yosh guruxlarda bеzakli rasm solish, plastilin (loy) bilan ishlash, applikatsiya, qurish-yasash faoliyatlarini tashkil etish;
-Badiiy qo’l mehnati asosida ishlash;
-Qurilish materiallarni konstrukstiyalash;
-Qog’ozdan konsturkstiyalash;
-Konstruktorlik detallaridan,tabiiy materiallardan konstrukstiyalash;
- turli yosh guruxlarda ishni tashkil etish va rеjalashtirish va bolalarda ijodiy qobiliyatlarni shakllantirish uchun shart-sharoitlar yaratishni
|
|
Do'stlaringiz bilan baham: |