О‘zbеkistоn rеspublikаsi оliy vа o‘rtа mахsustа’lim vаzirligi nizоmiy nоmidаgi tоshkеnt dаvlаt pеdаgоgikа univеrsitеti


Ijtimoiy himoyag‘oyasining adolat va demokratiya bilan bog‘liqligi



Download 4,43 Mb.
bet235/282
Sana21.02.2022
Hajmi4,43 Mb.
#7037
1   ...   231   232   233   234   235   236   237   238   ...   282
Ijtimoiy himoyag‘oyasining adolat va demokratiya bilan bog‘liqligi
«Ijtimoiy himoya», «ijtimoiyadolat» tushunchalariningshakllanib borishi insoniyatning demokratik tafakkuri bilan bog‘liqdir. Hususan, Abu Nasr Forobiyning «Fozil odamlar shahri» asarida ifodalangan fozil jamiyat g‘oyasi bugungi kundagi demokratik jamiyat konsepsiyasiga hamohangdir.
Forobiyning fozil jamiyat konsepsiyasiga ko‘ra, baht-saodatga intiluvchi jamiyatda qonun ustuvor bo‘lib, butun ijtimoiy hayot ana shu ustuvor tamoyil asosida tuziladi. SHu ma’noda fozil jamiyatda avvalo erkinlik mavjud bo‘ladi. Unda adolat, erkinlik va tenglik tushunchalari kun tartibida bo‘lib, bu me’yorlar fozil jamiyatning asosi bo‘ladi.SHu bilan birga, Forobiy fikricha, jamiyat davlat bilan kuchlidir. U etuklashgan sayin o‘z a’zolarini himoyaga ola boradi. SHuni ham alohida aytish kerakki, agar o‘tmish mutafakkirlari ijtimoiy kafolatlanish uchun inson faolligi masalasini ilgari surgan bo‘lsalar, Forobiy qarashlarida insonni ijtimoiy kafolatlashda jamiyatning roli alohida uqtirila boshlandi. Demak, jamiyat ham himoya vositasi bo‘lishga mas’ul, degan g‘oya ilgari surilgan.
o‘zbekistonda kuchli ijtimoiy himoya muammolari siyosat darajasiga ko‘tarildi. Buning uchun esa dastavval qonunlar tizimi yaratildi, keskin tabaqalanishdan holi bo‘lgan mulkdorlar sinfi shakllantirila boshlandi, shu asosda iqtisodiy taraqqiyot inson manfaatlariga yo‘naltirilayapti. Bir so‘z bilan aytganda,«davlatning ijtimoiy tizimi bilan xalq ehtiyojlari o‘rtasidagi jarlik» bartaraf etildi. SHu bilan birga bugungi kunda mamlakatimizda insonning jamiyatdagi o‘rnini anglashi, o‘zini-o‘zi tarbiyalay olishi va o‘zini-o‘zi taraqqiy ettira olishiga mas’uliyatining kuchayib borishi ijtimoiy himoya tizimini amaliy jihatdan mustahkamlashga ko‘maklashishi zarur.
Demokratik jamiyatning mohiyati shundaki, adolat va haqiqatg‘oyasi ijtimoiy hayotning barcha sohalarini qamrab oladi. Jamiyatda mulkiy jarayonlarning ob’ektiv o‘zgarishi yuz berayotgan bir paytda jamiyatning keskin tabaqalanishiga, ya’ni oshib-toshib ketgan boylaru kambag‘al-qashshoqlarga bo‘linib ketishiga yo‘l qo‘yilmaydi. SHu ma’noda ijtimoiy himoya muhofazaga muhtojlarni davlat himoyasiga olishdir. SHu bilan birga, ijtimoiy himoya insonning jamiyatdagi munosib o‘rnini belgilovchi va faolligining yuksalishini ta’minlovchi asosiy ko‘rsatkichdan biriga aylanadi.
XXI asr boshlarida demokratik tamoyillarning ustuvor kelishi ko‘zga tashlanadi. Ijtimoiy himoya tizimi ham hozirgi zamon davlatchiligining o‘ziga xos demokratlashuvidagi asosiy omillardan biri bo‘lib hizmat qilmoqda. Jamiyatning kam ta’minlangan tabaqalarini ijtimoiy himoya qilish tamoyili hozirgi zamon taraqqiyot konsepsiyasida yangicha yo‘nalishdir. Ma’lumki, hatto barqaror demokratik taraqqiyotga erishgan bugungi Yyevropa mamlakatlari ham o‘z vaqtida bunday amaliyotni chetlab o‘tgan edilar. O‘zbekistonda esa ushbu tamoyilni amalga oshirish uchun hukumat dasturlari ishlab chiqildi va amalga oshirildi. Bu islohotlarni yanada kengaytirish uchun zarur edi. hozirda, aytish mumkinki, o‘zbekiston ijtimoiy siyosatida ana shu aniq natijaga erishildi. Bu real yo‘nalishga ega bo‘lgan amaliy bosqichdir. Ijtimoiy islohotlar konsepsiyasi jamiyatda barqarorlik va xavfsizlik tizimining mustahkamlanishiga qaratildi. Natijada o‘zbekiston ijtimoiy siyosatida barqaror o‘zgarishlarga erishildi. Jahon ekspertlarining xulosalariga ko‘ra, aynan ushbu konsepsiya O‘zbekistonning ijtimoiy taraqqiyot bosqichiga kirishiga asos bo‘ldi. Hususan, yaqinda BMTning YUNISEF tashkiloti tomonidan turli davlatlarning ijtimoiy rivojlanishi bo‘yicha e’lon qilgan qiyosiy tadqiqot natijalari ham fikrimizni tasdiqlaydi.
o‘zbekistonda yuritilayotgan ijtimoiy siyosatdagi o‘zgarish jamiyat tabaqalarining manfaatlarini himoya qilishda amaliy ahamiyat kasb etishi zarur. Aynan ushbu ijtimoiy talab bajarilsagina, O‘zbekistonda amalga oshirilayotgan kuchli ijtimoiy siyosatning asoslaridan biri - ijtimoiy totuvlik saqlanadi.
Ijtimoiy totuvlik ustuvor bo‘lgan jamiyatdagina kuchli ijtimoiy siyosat yuritish uchun imkoniyat yaratiladi. Ammo ijtimoiy totuvlik o‘z-o‘zidan kelib chiqmaydi. Zero, har qanday jamiyatda turli ijtimoiy tafovutlarning bo‘lishi tabiiy holdir. Mutaxassislar fikricha, bu ijtimoiy tafovutlar quyidagi guruhlar o‘rtasida ma’lum ma’noda ijtimoiy farqlarning mavjudligida o‘z ifodasini topadi:
-boylar va kambag‘allar orasida;
-ko‘p millatli davlatlarda aholining etnik guruhlari orasida;
-aholining diniy guruhlari orasida;
-markaz va mintaqalar orasida;
-erkaklar va ayollar orasida;
-turli avlodlarga mansub odamlar orasida.
Bu tafovutlar O‘zbekiston jamiyatida ham ko‘zga tashlanadi. SHu sababli imkon qadar aytib o‘tilgan tafovutlar ko‘rinishini kamaytirish borasida chora-tadbirlar amalga oshirilib borilishi ijtimoiy siyosatning maqsadlaridan biridir.

O‘zbekistondaijtimoiy himoya tizimining xususiyatlari
O‘zbekistonda islohotlar boshlangan dastlabki yillardayoq, kuchli ijtimoiy himoya tizimini yaratishdan maqsad, nsonga munosib turmush va faoliyat sharoitlarini vujudga keltirishdan iborat, deb belgilangan edi. Mamlakat prezidenti I.A.Karimov «O‘zbekistonning o‘z yangilanish va taraqqiyot yo‘liga asos bo‘lgan eng muhim qoidalardan biri bozor iqtisodiyotiga o‘tishning barcha bosqichlarida oldindan kuchli ijtimoiy siyosatni o‘tkazishdir»1
Albatta, ijtimoiy himoya tizimining rivoji mamlakat iqtisodiyotining ahvoliga to‘g‘ridan-to‘g‘ri bog‘liqdir. Avvalo, nodavlat sektorining muayyan darajada taraqqiy etishi, mahalliy tovar ishlab chiqaruvchilar mavqeining mustahkamlanishi iqtisodiy rivojlanish uchun tayanch va asosiy manba bo‘lib hizmat qiladi. Bu esa o‘z navbatida ijtimoiy siyosatning real amalga oshishi uchun zamin yaratadi, ijtimoiy himoya tizimining yanada takomillashib, zamon talabiga mos bo‘lib borishiga olib keladi. Bu hol O‘zbekiston ijtimoiy siyosatining tadrijiy shakllanishida muhim ahamiyat kasb etadi.Gap shundaki, ijtimoiy himoyaning davlat siyosatidagi o‘rni g‘oyat muhimdir. Buning bir qancha sabablari bor.
Birinchidan, O‘zbekiston agrar mamlakat bo‘lib, uning ko‘pgina xududlarida ishlab chiqarishning tehnologiyalashuvi endigina oyoqqa turmoqda;
Ikkinchidan, mamlakat axolisining 65% qishloqda yashaydi. Agrar sohaning yaxshi rivojlanmaganligi aholining bu qismi orasida himoyaga muhtoj oilalarning ko‘pligiga sabab bo‘ladi. Bu esa o‘z navbatida ularni ijtimoiy himoyalash vazifasini qo‘yadi.
Uchinchidan, mamlakat axolisi orasida yoshlar katta salmoqqa ega, bu esa yoshlarni ijtimoiy himoya tizimi orqali muhofaza qilishni talab etadi.
Ijtimoiy adolatning mohiyati har bir shaxs o‘z qobiliyati va imkoniyatlarini namoyon qila olishi uchun to‘liq imkoniyatlar yaratish, bunda ularning farovon turmush kechirishlariga erishish jarayonida to‘liq namoyon bo‘ladi. Kishilarning jamiyatdan olayotgan ulushlari (ish haqi, daromadlari, mukofotlari, unvonu mansablari) ularning jamiyat rivojiga qo‘shayotgan hissalariga (mehnati, qobiliyati, zakovati, alohida hizmatlari, sarmoyasi va h.k.) mos kelishi shu ma’noda inson rivoji imkoniyatlariga bog‘liq.
Albatta, inson faqat non bilan tirik emas. Inson taraqqiyotini hayot darajasigina emas, hayot sifati ham belgilaydi. Hayot sifati esa inson yashaydigan, mehnat qiladigan va bo‘sh vaqtini o‘tkazadigan sohalarda shakllanadi. Ijtimoiy infrastruktura inson hayotida kuchli ta’sirga ega. Sog‘liqni saqlash shunday sohalardan biridir. Mustaqillikning dastlabki davridan boshlab prezidentimiz tashabbusi bilan «Sog‘lom avlod uchun» umumxalq harakati boshlangan edi. Sog‘lom va barkamol avlod uchun kurash mamlakatimizda davlat siyosati darajasiga ko‘tarildi va o‘zining natijalarini bera boshladi.
2003 yilda Kadrlar tayyorlash Milliy dasturining bajarilishi, akademik litsey va kasb-hunar kollejlar moddiy texnika bazasini mablag‘ bilan ta’minlash va rivojlantirish Dasturi doirasida 133,9 mlrd. so‘m mablag‘ sarflanib, 5,2 ming o‘quvchiga mo‘ljallangan o‘nlab akademik litseylar, o‘quvchilarga mo‘ljallangan yotoqhonalar, 86,6 ming o‘quvchiga mo‘ljallangan 114 kasb-hunar kollejlari qurildi. Bugungi kunda ularda yoshlar ta’lim va tarbiya olishmoqda.
Insonning jamiyatga foyda keltirishi ko‘p jihatdan uning hayoti qanday ta’minlanganligiga bog‘liq. Dastavval, har bir oila o‘z turar joyiga ega bo‘lishi kerak. Aholini toza ichimlik suvi bilan ta’minlash, qishloq joylarni gazlashtirish kabi murakkab muammolarning hal qilib borilishi ham insonga munosib hayotni ta’minlashga qaratilgandir.
Narhlarni erkinlashtirish, savdo tizimi va maishiy hizmat sohasining bir maromda hususiylashtirib borilishi ham inson manfaatlariga zid kelmaydigan tarzda amalga oshirilishi lozim. Iste’mol mollarining ko‘pini o‘zimizda etishtirishni ta’minlash uchun mahalliy ishbilarmonlarga har tomonlama yordam ko‘rsatish, yangi ish o‘rinlarini tashkil etish, qishloq joylarda savdo shahobchalari va maishiy hizmat muassalarini ko‘plab barpo etish ana shu maqsadlarga olib boradigan yo‘ldir. O‘zbekistonda hususiylashtirish jarayonlarining borishi va ho‘jalik yurituvchi sub’ektlarining mulkchilik shakllari bo‘yicha tarkibi, iste’mol mollarini ishlab chiqarish sohasidagi o‘zgarishlarlar ana shunday yo‘nalishga ega.
hozirgi zamonda aholini ijtimoiy himoya qilishning qator modellari mavjud. Ulardan biri Skandinaviya mamlakatlarida (Finlyandiya, SHvetsiya) qo‘llanilayotgan sotsial-demokratik model bo‘lib, bunday modelga ko‘ra davlat ijtimoiy himoyaning barcha mas’uliyatini o‘z zimmasiga oladi.

Download 4,43 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   231   232   233   234   235   236   237   238   ...   282




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish