О‘zbеkistоn rеspublikаsi оliy vа o‘rtа mахsustа’lim vаzirligi nizоmiy nоmidаgi tоshkеnt dаvlаt pеdаgоgikа univеrsitеti


-chizma. Demokratik jamiyatning asosi bo‘lgan erkin bozor iqtisodiyotining tub belgilari



Download 4,43 Mb.
bet229/282
Sana21.02.2022
Hajmi4,43 Mb.
#7037
1   ...   225   226   227   228   229   230   231   232   ...   282
1-chizma.
Demokratik jamiyatning asosi bo‘lgan erkin bozor iqtisodiyotining tub belgilari

Erkin bozor iqtisodiyotining tub belgilari


Tadbirkorlik va tanlov erkinligi


Shaxsiy manfaat, naf,foyda omiliga intilish


Raqo-bat


Xususiy mulk


Erkin narx tizimi


Davlatningiqtisodiyotga aralashuviningcheklanganligi


O‘zbekistonda shakllanayotgan hususiy mulk ikki turdan iborat bo‘ladi: birinchisi, yakka tartibda faoliyat yurituvchi tadbirkorlarning, dehqon va fermerlarning hususiy mulki, ikkinchisi, ularning shirkat ho‘jaliklaridagi paylari, aksiyadorlik jamiyatlaridagi aksiyalari, uyushmalardagi ulushlaridan iborat korporativ hususiy mulk. YAkka va korporativ (ulushli) hususiy mulk egalari mulkdor hisoblanib, ularning mulkka bo‘lgan huquqlari daxlsizligi davlat tomonidan himoyalandi. O‘zbekiston Respublikasining «Fuqarolik kodeksida» «mulk huquqi shaxsning o‘ziga qarashli mol-mulkka o‘z xohishi bilan va o‘z manfaatlarini ko‘zlab egalik qilishi, undan foydalanish va uni tasarruf etish, shuningdek o‘zining mulk huquqini, kim tomonidan bo‘lmasin, har qanday buzishni bartaraf etishni talab qilishi huquqidan iboratdir. Mulk huquqi muddatsizdir»1. O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasida esa mulkdor huquqining daxlsizligi bilan birga, uning mas’uliyati ham belgilab berilgan. Hususan, unda «mulkdor mulkiga o‘z xohishiga ko‘ra egalik qiladi, undan foydalanadi va uni tasarruf etadi. Mulkdan foydalanish ekologik muhitga zarar etkazmasligi fuqarolar, yuridik shaxslar va davlatning huquqlarini hamda qonun bilan qo‘riqlanadigan manfaatlarini buzmasligi shart»2, deb ta’kidlangan. Hususiy mulk miqyoslarining kengayib borishiga olib keladi.
Tadbirkorlik erkinligi ayrim shaxslar va ularning uyushmalari, guruhlarining foyda, daromad olish maqsadida ma’lum sohada ho‘jalik, iqtisodiy faoliyat yuritish erkinligini bildiradi. Bu shuningdek, u yoki bu tarmoqqa tadbirkorlarning o‘z xohishlariga ko‘ra kirishini va undan chiqishini ham anglatadi.
Tanlash erkinligi iste’molchilar huquqlari va manfaatlarining ustunligini, ularning o‘z xohishi, istaklari, didi, daromadiga mos tovar va hizmatlarni tanlash erkinligiga ega ekanliklarini ifodalaydi. Buning uchun birinchidan, tovar, hizmatlar hamda resurs bozorlari ham qimmat, ham arzon, bir-birlarining o‘rnini bosuvchi va to‘ldiruvchi tovarlar bilan to‘lgan bo‘lishi, ikkinchidan, davlat iste’molchilarni ularning hayoti va salomatligiga ziyon va zarar etkazuvchi tovarlardan himoya qiladi. SHu maqsadlarda O‘zbekiston Respublikasining «Iste’molchilarning huquqlarini himoya qilish to‘g‘risida»gi qonuni amalga oshirilmoqda. Unga binoan iste’molchilar tovar (ish, hizmat) va ularni ishlab chiqaruvchi (bajaruvchi)lar haqida to‘g‘ri va to‘liq ma’lumot olish, tovarlarni erkin tanlash huquqiga egadirlar. Tovar, ish, hizmat iste’molchining hayoti, sog‘lig‘i va mol-mulki uchun havfli nuqsonga ega bo‘lgani hamda ishlab chiqaruvchi yoki sotuvchining g‘ayriqonuniy harakati tufayli etkazilgan moddiy ziyon, ma’naviy zararning to‘liq hajmda qoplanishi ta’minlanadi.
Tovarning nuqsonlari bo‘yicha iste’molchining talablari u kassa yoki tovar chekini, kafolat muddati belgilangan tovarlar bo‘yicha esa tegishlicha rasmiylashtirilgan texnik pasport yoki uning o‘rnini bosuvchi boshqa hujjatni taqdim etgan taqdirda ko‘riladi. Bunday tovarlar boshqa nuqsonsiz tovarlarga almashtirilib beriladi yoki zararning o‘rni pul bilan qoplanadi. Iste’molchi huquqlarining himoya qilinishi, uning tanlash erkinligini ta’minlanishi demokratik iqtisodiy tamoyilining ro‘yobga chiqarilishini anglatadi. SHuning uchun Vazirlar Mahkamasining 2002 yilda qabul qilingan muhim qarorlariga muvofiq respublikaga iste’mol tovarlarini noqonuniy yo‘l bilan olib kelinishi va sotilishining oldini olish chora-tadbirlarining ko‘rilishi muhim ahamiyat kasb etadi.
Kishilar naf, foyda va daromad olish uchun intilib, o‘zlarida bor bo‘lgan qobiliyatlari va imkoniyatlarini ishga soladilar. Raqobat iqtisodiyot sub’ektlarining shaxsiy manfaatlarini ro‘yobga chiqarishning chegarasini belgilaydi. SHuningdek, raqobat ishlab chiqaruvchi va sotuvchilarning iste’molchi, haridorlar manfaati, didi, xohishini inobatga olishga bir-biridan arzonroq va sifatliroq tovarlar ishlab chiqarish maqsadida yangi texnika va tehnologiyadan foydalanishga undaydi.
Raqobat va erkin narh tizimiga asoslangan bozor iqtisodiyotida hukumat va davlatning roli cheklangan bo‘ladi. Davlat bozor mexanizmining amal qilishiga ko‘maklashadi. Buning uchun davlat iqtisodiyot sub’ektlari faoliyatining qonuniy bazasini yaratib, ularning faoliyat, “o‘yin” qoidalarini belgilaydi. Aholining turmush darajasi barqaror o‘sib borishini, kam ta’minlangan aholi qatlamlarini ijtimoiy himoyalash, boy-kambag‘allar o‘rtasidagi farqlarning keskinlashib ketishiga yo‘l qo‘ymaslik maqsadida aholi daromadlarini soliqlar, transfert to‘lovlari vositasida qayta taqsimlaydi, makroiqtisodiy barqarorlikni va iqtisodiy o‘sishni ta’minlash maqsadida soliq, byudjet va pul-kredit vositalari orqali iqtisodiyotni tartibga soladi. Davlat bozor mexanizmi to‘la-to‘kis bajara olmagan vazifalarni o‘z zimmasiga olib, raqobat muhitini saqlaydi, iqtisodiyot sub’ektlarining erkin faoliyatini ta’minlaydi hamda jamiyat uchun kerak bo‘lgan mahsulotlarni ishlab chiqarishni o‘z zimmasiga oladi. Demak, O‘zbekistonda amalga oshirilayotgan iqtisodiy islohotlar insonga munosib turmush sharoitlarini yaratishga, kishining erkin tadbirkorlik va mehnat qilish, tanlash erkinligini hamda mulkdor bo‘lishdek muhim demokratik huquqlarini ta’minlashga, iqtisodiy hayotni demokratlashtirishga qaratilgandir.
Islom Karimovning «O‘zbekistonning o‘z istiqlol va taraqqiyot yo‘li», «O‘zbekiston kelajagi buyuk davlat», «O‘zbekiston bozor munosabatlariga o‘tishning o‘ziga xos yo‘li», «O‘zbekiston iqtisodiy islohotlarni chuqurlashtirish yo‘lida», «O‘zbekiston XXI asr bo‘sag‘asida, havfsizlikka tahdid, barqarorlik shartlari va taraqqiyot kafolatlari», «O‘zbekiston XXI asrga intilmoqda», «Ozod va obod Vatan, erkin va farovon hayot pirovard maqsadimiz» va boshqa asarlarida mamlakatni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish, bozor iqtisodiyotiga o‘tishining nazariy asoslari, konsepsiyasi ishlab chiqilgan.
Ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish konsepsiyasi uch tarkibiy qismdan iborat:
- ijtimoiy yo‘naltirilgan bozor iqtisodiyoti milliy andozasi mohiyatining ta’rifi;
- bozor munosabatlarini shakllantirishning muhim tamoyillari;
- iqtisodiy islohotlarni amalga oshirishning, tanglikdan chiqib olishning, barqarorlikni va muhim ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishni ta’minlashning aniq yo‘nalishlari.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti I.A.Karimov ijtimoiy-iqtisodiy islohotlardan ko‘zlangan «pirovard maqsadimiz ijtimoiy yo‘naltirilgan barqaror bozor iqtisodiyotiga, ochiq tashqi siyosatga ega bo‘lgan kuchli demokratik huquqiy davlatni va fuqarolik jamiyatini barpo etishdan iboratdir1», - deb belgilab bergan.
Respublikamizda amalga oshirilayotgan iqtisodiy islohotlar iqtisodiyotni davlat tasarrufidan chiqarish, unda demokratiya tamoyillari bo‘lgan iqtisodiy faoliyat, tadbirkorlik va tanlash erkinligini, erkin iqtisodiyot tamoyillarini joriy etish orqali iqtisodiy hayotni erkinlashtirishga yo‘naltirilgandir.
Iqtisodiyotni davlat tasarrufidan chiqarish va uni demokratlashtirish, erkin ijtimoiy yo‘naltirilgan bozor iqtisodiyoti asoslarini yaratish jarayonlari bosqichma-bosqich amalga oshirilmoqda.
O‘zbekistonda amalga oshirilayotgan iqtisodiy islohotlarning birinchi bosqichida (1991-1994 yy.) ma’muriy-buyruqbozlik tizimining og‘ir oqibatlarini yangisi, tanglikka barham berish va iqtisodiyotni barqarorlashtirish hamda respublikaning o‘ziga xos sharoitlari va xususiyatlarini hisobga olgan holda bozor munosabatlarining negizlarini shakllantirish vazifalarini hal qilishga kirishildi. Buning uchun quyidagilar amalga oshirildi:
1) islohotlarning qonuniy-huquqiy bazasini shakllantirish va rivojlantirish. Bu davrda mulkni davlat tasarrufidan chiqarish va hususiylashtirish, tadbirkorlik to‘g‘risidagi va boshqa ko‘plab bozor munosabatlarini shakllantirishga yo‘naltirilgan qonunlar qabul qilingan;
2) kichik miqyosdagi hususiylashtirishni amalga oshirish hisobiga ko‘p ukladli iqtisodiyot negizlarini yaratish;
3) ishlab chiqarishning pasayib borishiga barham berish, moliyaviy ahvolning barqarorlashuvini ta’minlash.
Bu davrda (1992-1994 yillarda) asosan savdo, aholiga maishiy hizmat ko‘rsatish, mahalliy sanoat korhonalarini, uy-joylarni davlat tasarrufidan chiqarish va hususiylashtirish jarayonlari amalga oshirildi. Buning natijasida 69 mingdan ortiq ob’ektlar davlat tasarrufidan chiqarildi, ulardan 18,4 mingtasi hususiy mulkka aylantirildi. 3569 ta aksiyadorlik jamiyatlari tuzildi. Kichik va o‘rta tadbirkorlik sub’ektlarining soni 80 mingga etdi (qarang: 1-jadval).

Download 4,43 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   225   226   227   228   229   230   231   232   ...   282




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish