О‘zbеkistоn rеspublikаsi оliy vа o‘rtа mахsustа’lim vаzirligi nizоmiy nоmidаgi tоshkеnt dаvlаt pеdаgоgikа univеrsitеti


-MAVZU. DEMOKRATIK BOZOR ISLOHOTLARI VA IQTISODIYOTNILIBERALLASHTIRISH



Download 4,43 Mb.
bet228/282
Sana21.02.2022
Hajmi4,43 Mb.
#7037
1   ...   224   225   226   227   228   229   230   231   ...   282
9-MAVZU. DEMOKRATIK BOZOR ISLOHOTLARI VA IQTISODIYOTNILIBERALLASHTIRISH

Iqtisodiyot va demokratiya jamiyatning o‘zarobog‘liqligi

Iqtisodiyot jamiyat hayotining muhim sohalaridan biri bo‘lib, inson rivojlanishi manbaini tashkil qiladi. Unda insonlar o‘zlarining moddiy va ma’naviy ehtiyojlarini qondirish maqsadida turli ne’mat va vositalarni ishlab chiqaradilar va o‘zaro iqtisodiy munosabatlarga kirishadilar.
Iqtisodiy hayot kishilarning ijtimoiy, madaniy, siyosiy hayot sohalarining moddiy asosini tashkil etadi va ularning rivojlanishiga ta’sir ko‘rsatadi. Ayni paytda, jamiyatning ijtimoiy-siyosiy va davlat tizimi iqtisodiyotga jiddiy ta’sir etadi.
Sobiq totalitar, ma’muriy-buyruqbozlik tizimi sharoitida siyosat iqtisodiyotdan ustun bo‘lib, uning rivojlanish yo‘nalishlarini belgilab berardi. Bu tuzumning iqtisodiy negizini davlat va kolhoz-kooperativ mulkchilik shakllaridan iborat umumxalq mulki tashkil etardi. Davlat asosiy ishlab chiqarish fondlarining 90 foizdan ortig‘iga ega bo‘lib, iqtisodiyotda yakka hokimlikni o‘rnatgan edi. Buning oqibatida davlat iqtisodiyotni, iqtisodiy hayotni bir markazdan ma’muriy-buyruqbozlik asosida boshqarib borar edi.
Jamiyat a’zolari ijtimoiy mulkka egalik qilish huquqidan mahrum edilar. Tadbirkorlik, biznes bilan shug‘ullanish qonun bilan man etilgan edi. Bunday faoliyat bilan shug‘ullanganlar chayqovchi, yot unsur sifatida jinoiy javobgarlikka tortilar edilar.
Kishilarning mulkdan, uning natijalarini tasarruf etishdan begonalashganligi tufayli, mehnat motivatsiyasi sust. Pirovard natijada sobiq ittifoq chuqur tanazzulga uchradi.
Ma’lumki, shaxsning mulkdor bo‘lish, erkin kasb tanlash, adolatli mehnat sharoitlarida ishlash, o‘zi istagan iqtisodiy faoliyat turi bilan erkin shug‘ullanish hamda shunga muvofiq cheklanmagan daromad olish va yaxshi yashash imkoniyatlariga ega bo‘lish kabi huquqlarini amalga oshirishni faqat ijtimoiy yo‘naltirilgan bozor iqtisodiyotigina ta’minlashga qodirdir.
Mustaqillikka erishgan O‘zbekiston ijtimoiy yo‘naltirilgan bozor iqtisodiyotiga asoslangan demokratik huquqiy davlatni va fuqarolik jamiyatini barpo etish maqsadida tub islohotlarni amalga oshirmoqda.
SHuning uchun ham O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasida «bozor munosabatlarini rivojlantirishga qaratilgan O‘zbekiston iqtisodiyotining negizini xilma-xil shakllardagi mulk tashkil etadi. Davlat iste’molchilarning huquqi ustunligini hisobga olib, iqtisodiy faoliyat, tadbirkorlik va mehnat qilish erkinligini, barcha mulk shakllarining teng huquqligini va huquqiy jihatdan bab-baravar muhofaza etilishini kafolatlaydi»1 deb belgilab qo‘yilgan.
Amaldagi islohotlarning asosiy maqsadi haqida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti I.A.Karimov: «Barcha islohotlarning iqtisodiy, demokratik, siyosiy islohotlarning asl maqsadi insonga munosib turmush va faoliyat sharoitlarini vujudga keltirishdan iborat»1, - deb ta’kidlagan.
Erkin ijtimoiy yo‘naltirilgan bozor iqtisodiyotining eng muhim belgisi iqtisodiy plyuralizm bo‘lib, demokratiyaning umuminsoniy tamoyili hisoblanadi. Iqtisodiy plyuralizm tushunchasi mulk shakllari va ho‘jalik yuritish usullarining xilma-xil bo‘lishida o‘z ifodasini topadi. SHu boisdan ham ijtimoiy yo‘naltirilgan bozor iqtisodiyoti o‘z mohiyatiga ko‘ra ko‘p ukladli poliiqtisodiyot bo‘lib, unda turli mulk shakllari va ho‘jalik ukladlarining teng huquqliligi, muvozanatda bo‘lishi hamda iqtisodiy faoliyat, tadbirkorlik va mehnat qilish erkinligi ta’minlanadi.
Demokratik jamiyatga monand demokratik iqtisodiy tamoyillar erkin bozor iqtisodiyotining quyidagi tub belgilarida o‘z ifodasini topadi. 1) hususiy mulk; 2) tadbirkorlik va tanlov erkinligi; 3) shaxsiy manfaatning inson hatti-harakatining bosh motivi ekanligi; 4) raqobat; 5) erkin narh tizimi; 6) davlatning iqtisodiyotga aralashuvining cheklanganligi (qarang: 1-chizma).

Download 4,43 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   224   225   226   227   228   229   230   231   ...   282




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish