3-ilova
Muаmmоli sаvоl
Ijtimoiy-siyosiy fanlarda va falsafada individlar erkinligi va ular irodasining erkinligi bir-biriga o‘xshash tushunchalar deb qabul qilinadi. Buning asosiy sabablaridan biri, huquqning o‘zi odamlar erkinligining alohida shakli, ya’ni ular irodasining erkinligi ekanligi bilan belgilanadi degаn хulоsа qilish mumkinmi?
1-guruh.
Fuqaro huquqlarini ta’minlashda insonning tabiiy huquqlarini e’tiborga olish muhim ahamiyatga egadir degan fikrni izohlаng.
2-guruh
Fuqarolarning ijtimoiy-siyosiy faolligini oshirishda fuqarolik jamiyati institutlarining o‘rni beqiyosdir degan fikrni izohlаng.
4-ilоvа
Mustаqil ishlаsh uchun tоpshiriqlаr
-
Mustaqillik davrida O‘zbekistonda inson huquqlarini himoya qilish va ularni ta’minlashning huquqiy asoslari haqida gapirib bering?
-
O‘zbekistonda fuqarolar ijtimoiy faolligini o‘sib borishi ularning mamlakat davlat organlariga bo‘lgan saylovlar ishtirokidagi o‘rni haqida so‘zlab bering ?
-
XX asr 90-yillarning oxiri – yangi asr boshlaridagi siyosiy islohotlarning muhim ahamiyati haqida o‘z fikringizni bayon eting?
-
Fuqarolarning siyosiy madaniyati va faolligini oshirishda ularning siyosat va hokimiyatga nisbatan shaxsiy munosabatlarini bildirishlari haqida fikringizni bayon eting.
Qisqа xulоsаlаr
Fuqarolik tushunchasi jamiyatning hozirgi davrigacha, yani huquqiy davlat tomonidan katta yo‘lni bosib o‘tdi. U jamiyatning demokratik rivojlanishida qo‘lga kiritilgan ulkan yutuqlardan biri. Xulosa qilib aytganda, insoniyat borliqni va ijtimoiy hayotda erkinlikni ifodalashning huquqdan tashqari biron-bir shaklini hozirgacha kashf etmagan. Odamlar o‘z darajasida erkindirlar va erkinligi darajasida tengdirlar.
Insonning fuqarolik (shaxsiy), siyosiy-iqtisodiy, ijtimoiy va madaniy huquqlari amalga oshish yo‘nalishlaridan kelib chiqib, negativ va pozitiv huquqlar sohalariga bo‘linadi. Ularning ichida fuqarolik huquqlari insonning tabiiy, asos bo‘luvchi negativ huquqlari doirasiga kiradi.Fuqaro erkinligini ta’minlash uning burchlari bilan mustahkam bog‘langandagina, real voqelikka aylanadi.
Demokratik jamiyat barpo etishda fuqarolarning ijtimoiy jarayonlarda faol ishtirok etishi eng muhim omillardan biri hisoblanadi.
Tаyanch so‘zlаr
Fuqaro erkinligi, fuqaro, fuqarolik tushunchasi, fuqarolik jamiyati, fuqaro huquqlari va erkinliklari tushunchasi, mustaqillik, dеmоkrаtiya, fuqarolarning ijtimoiy-siyosiy faolligi, fuqarolarning huquqiy madaniyati, siyosiy institutlar, zamonaviy jamiyat, fuqarolarning tengligi tushunchasi, Konstitutsiyada fuqaro erkinligi.
Do'stlaringiz bilan baham: |