MINERAL O’G’ITLAR TEXNOLOGIYASI
FANIDAN
LABORATORIYA IASHG‘ULOTLAR UCHUN KO‘RSATMA
Olmaliq – 2019
Uslubiy ko‘rsatma O’zbekiston Respublikasi Oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligida №____ raqam bilan ro’yxatga olingan va 201 yil “__” ___________ da _______ - sonli buyruq bilan tasdiqlangan namunaviy dasturi asosida tuzilgan.
Tuzuvchilar: TDTU, Olmaliq filiali
dotsent. Mamatqulov N. N.
Uslubiy ko‘rsatma Toshkent davlat texnika universiteti Olmaliq filialining “Kimyoviy texnologiya” kafedrasi majlisida (2019 yil “__” ____________ -son bayonnoma) muhokama etildi va fakultet kengashiga tavsiya etildi.
Kafedra mudiri ______________ Mamatqulov N.N.
Kotiba: _____________ Ergasheva M..
Uslubiy ko‘rsatma Toshkent davlat texnika universitetiOlmaliq filialining Energetika va mashinasozlik fakulteti kengashida ko’rib chiqildi (2018 yil «___»_______ ___- sonli bayonnoma) va filialning uslubiy kengashiga muhokama uchun tavsiya etildi.
Fakultet kengashi raisi _____________ dots. Sattarov O.E.
Kotib (a): ______________ Hoshimxonova M.A.
SO‘Z BOSHI
O‘zbekistonning mustaqil taraqqiyot strategiyasini, o‘zbek xalqining buyuk davlat barpo etish borasidagi maqsad-muddaolarini, milliy istiqlol mafkurasining mohiyatini talabalar ongiga singdirishda, ta’lim-tarbiya, targ‘ibot va tashviqotning samarali usul va vositalaridan oqilona foydalanishni taqazo etadi.
Qo‘yilgan vazifalardan kelib chiqqan holda ishlab chiqarish sanoatlariga malakali kadrlar tayyorlaydigan kasb-hunar kollejlari uchun yuqori malakali muhandis-pedagoglar etishtirib chiqarish jarayonida ta’lim mazmunini milliy istiqlol g‘oyalari bilan to‘ldirib borish lozim bo‘ladi.
Zamonaviy texnika va texnologiyalarni ishlatish yoki yosh avlodga milliy istiqlol g‘oyasini etkazish uchun jahon standartlari darajasidagi fan va texnika hamda ilg‘or tajriba va texnologiyalarning eng so‘nggi yutuqlaridan boxabar bo‘lgan, raqobatbardosh, o‘z sohasining ham ilmiy, ham amaliy bilgan bakalavr mutaxassislarni tayyorlashda ta’lim yo‘nalishlari fanlarini chuqur o‘rganish muhim ahamiyatga egadir.
Talabalarning fanni o‘rganishidan olgan nazariy bilimlari, ularning amaliy va laboratoriya ishlarini mustaqil bajarishi orqali yanada chuqurlashtiriladi.
Talabalarni bilimlari sistematik ravishda joriy, oraliq va yakuniy reyting nazoratlarida, tajriba va amaliy ishlarni bajarishlarida nazorat qilinadi. Reyting nazorati bosqichlari uchun savollar to‘plamini tayyorlash va talabalarga etkazish orqali o‘quv jarayoni samaradorligini oshirishga erishish mumkin.
SHundan kelib chiqib, tuzilgan ushbu uslubiy ko‘rsatmada talabalarning nazariy olgan bilimlarini laboratoriya mashg‘ulotlarida chuqurlashtirishga alohida e’tibor beriladi. CHunki aynan shu mashg‘ulotlarda talabalarning mustaqil fikrlash qobiliyatlari rivojlanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |