11.5. Silvinitdan kaliy xlorid ishlab chiqarish prinsipial sxemasi.
Eritish va kristallantirish usulida silvinitdan kaliy xlorid ishlab chiqarishning prinsipial sxemasi 9.4 — rasmda tasvirlangan. Ishlab chiqarish korxonalarida tarkibida: 24-33% KC1, 61-71% NaC1, 0,2-0,3% MgSl 1,3-1,7% CaSO4 va 1,4-3,2% erimaydigan qoldiq bo‘lgan Verxnekamsk ruda koni xom ashyosi ishlatiladi.
11.4 — rasm. Silvinitdan kaliy xlorid ishlab chiqarishning prinsipial sxemasi.
O‘lchami 5 mm dan yirik bo‘lmagan silvinit donachalari tuz tegirmonidan bunkerga tushadi. Undan avtomatik tarozi va lentali transportyor yordamida o‘zunligi 21,8 m, diametri 2,76 m bo‘lgan shnekli erituvchi (1) ga tushadi. SHnekning aylanish chastotasi 0,13-0,17 C ga teng. SHnekli erituvchida kerakli darajagacha maydalangan silvinit NaC1 bilan to‘yingan 107-112°S li eritma bilan ishlanadi. Bu jarayonda erimay qolgan NaC1 ni filtr (2) da filtrlash yo‘li bilan kaliy xlorid eritmasidan ajratiladi.
Eritmadagi KC1 gummirlangan po‘latdan yasalgan bir necha bosqichli vakuum -kristallizatsion apparatlar (3) da kristallizatsiyalanadi. Bu apparatlarning birinchisi vertikal, qolganlari esa gorizontal joylashgan bo‘lib, ular mexanikaviy aralashtirgichlar bilan jikozlangan. Vakuum darajasi apparatlarda sekin-asta birinchisida 360 mm, keyingisida esa 740 mm simob ustiga qadar ortib boradi. Bu apparatlarda suv bug‘lanadi, eritma soviy boshlaydi, KC1 esa cho‘kmaga tusha boshlaydi. CHo‘kmaga tushgan kaliy xlorid kristallari sentrifuga (4) yordamida ajratib olinib, barabanli kuritgich (5) da issiq gaz yordamida 1-1,5 % namlikka qadar quritiladi. Quritishda «qaynovchi qatlamli» quritgichlar ham ishlatiladi. «Qaynovchi qatlamli» quritgichlar anchagina samarador xisoblanadi, chunki ularda yoqilg‘i 20-30% gacha tejaladi va changsiz mahsulot olinadi.
Sentrifugadan chiqqan eritma esa trubkali isitgichlar (6) da 107-112°C xaroratga kadar kizdirilib, yana apparat (1) ga — yangi solingan silvinitni ishqorlashga beriladi. Bu usul bilan silvinit tarkibidagi kaliy xloridning 90% qismi ajratib olinadi. Filtr (2) da qolgan cho‘kmaning 91% qismi NaC1 dan va 1,7% qismi esa KC1 dan iborat bo‘lib, bu ishlab chiqarish chiqindisi xisoblanadi; ba’zida u tuz eritmalari, sodali mahsulotlar va shu kabilar olishda ishlatiladi.
1 tonna kaliy xlorid (95% KC1) olish uchun 5 t atrofida silvinit (22% KC1), 1,6 Mj bug‘, 90 Mj elektroenergiya, 9 m3 suv, 15 kg shartli yoqilg‘i (barabanli quritgichda), 180 g birlamchi aminlar, 12 g poliakrilamid sarf bo‘ladi.
1 tonna mahsulot bilan birgalikda, tarkibida: 91-95% NaCl, 1,2-3,5% KCl, 0,2% gacha MgCl2 0,6-2% CaS04 va 4% gacha erimaydigan qoldiq; bo‘lgan 2,5-3,5 tonna chiqindi (galit), 0,5 t tuproq va tuzli quyqum hosil bo‘ladi.
Galit chiqindisi bilan 5% gacha KC1 yo‘qotilishi mumkin. Ayniqsa xom ashyo tarkibidagi +5 mm li fraksiya ko‘paysa, quyqum bilan yana 3% atrofida KC1 yo‘qotiladi. KC1 ning umumiy yo‘qotilishi 8-10% ga etib, mahsulot unumi 90-92% ni tashkil etadi. Agar KC1 kristallanganidan so‘ng, mayda kristallarni eritish uchun tuproqli quyqum yuvilgan suv ishlatilsa, natijada sirkulyasiyadagi suv miqdori oshadi va uning yuvilishi yaxshilanadi. Bunda mahsulot unumi 95-96% ga etadi. Bunday usul 10% dan ortiq tuproqli quyqumi bo‘lgan silvinit uchun x;am yaroklidir. Quyultirilgan quyqumda 75% gacha erimaydigan birikmalar bo‘ladi. Bunda tindirilgan oqava suv yuvilgan rudani eritish uchun yuboriladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |