O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maхsus


Qo'shsuperfosfatning ishlab chiqarishni fizik-kimyoviy asoslari



Download 2,59 Mb.
bet39/170
Sana19.02.2022
Hajmi2,59 Mb.
#458775
1   ...   35   36   37   38   39   40   41   42   ...   170
Bog'liq
min o\'git maj lot 19-20 й

7.2. Qo'shsuperfosfatning ishlab chiqarishni fizik-kimyoviy asoslari
Tabiiy fosfatlar tarkibidagi minerallarning fosfat kislotasi bilan parchalanishi quyidagi asosiy reaksiyalar bo‘yicha sodir bo‘ladi:
Ca5(PO4)3F + 7H3PO4 + 5H2O = 5Ca(H2PO4)2*H2O + HF
CaMg(CO3)2 + 4H3PO4 = Ca(H2PO4)2*H2O + Mg(H2PO4)2*H2O + 2CO2
R2O3 + 2H3PO4 + H2O = 2[RPO4*2H2O].

Ma’lum xom ashyo uchun fosfat kislotaning stexiometrik me’yori — ko‘rsatilgan reaksiyalarni va boshlang‘ich ekstraksion fosfor kislota eritmasidagi neytrallovchi (CaO, MgO, R2O3) va kislotali (H2SO4) qo‘shimchalarning bo‘lishini e’tiborga olgan xolda xisoblanadi. Qo‘shaloq superfosfat olishni ikki asosiy bosqichga ajratish mumkin. Birinchi bosqichda fosfat va fosfor kislotaning uzluksiz aralashtirilishidan xarakatchan suspeziyada ta’sirlashuv jarayoni sodir bo‘ladi, undagi suyuq faza tarkibida fosfor kislota, mokokalsiyfosfat va boshqa eruvchan reaksiya maxsulotlari bo‘ladi. Ularning suyuq fazadagi konsentratsiyasi jarayonning xaroratiga, fosfor kislotaning konsentratsiyasi va sarflanish me’yoriga bog‘liqdir. Boshlang‘ich paytda tez, ammo fosfor kislotaning neytrallanishi xisobiga muntazam sekinlashadigan parchalanishning bu bosqichi suyuq fazaning kalsiy fosfatlari bilan to‘yinishi natijasida to‘xtaydi. Ishlab chiqarish sharoitida uning davomiyligi bir necha sekunddan (kamera-oqimli usulda) 3-10 minutgacha (kamerali jarayonda) va xattoki 1-1,5 soatgacha (oqimli usulda) chuzilishi mumkin.


Fosfat parchalanishining ikkinchi bosqichi monokalsiyfosfatning kristallanishi bilan bir vaqtda sodir bo‘ladi, buning natijasida reaksion massa suyuq va qattiq fazalarining tarkibi doimo o‘zgarib turadi. Fosfat zarrachalari sirtini qisman qamrab oladigan kristallarning ajralishi, fosfat zarrachalari sirtiga N+ ionlarining kirishini qiyinlashtiradi va parchalanish jarayonini keskin pasaytiradi. Suspenziyaning suyuq fazasi monokalsiyfosfat va dikalsiyfosfat bilan to‘yingan takdirda, parchalanish reaksiyasi tuxtaydi. Tarkibida fosfor kislota tutgan va reaksiya maxsulotlari bilan to‘yinmagan eritmalarda fosfatlarning erish tezligi — fosfat zarrachalari sirtidan ajralib chiqadigan nisbatan kam harakatchan kalsiy ionlarining suyuq fazada diffuziyalanishi bilan belgilanadi. Bunday muloxaza uchun CaO — P2O5, — H2O sistemasidagi eruvchanlik va apatitning erish egri chiziklariga mos ma’lumotlar asos bo‘ladi (5.1 — rasm). Oz darajadagi neytrallanish, ya’ni jarayonning birinchi bosqichida apatitning maksimum erish tezligi eruvchanlik diagrammasidagi V nuqtaga tutashgan xolatiga to‘g‘ri keladi. V nuqtada, fosfat zarrachalari sirtida xosil bo‘ladigan to‘yingan eritmada Ca+ ionlarining konsentratsiyasi eng katta qiymatli, shunday ekan, eritmada bu ionlar diffuziyasining xaraktalantiruvchi kuchi xam katta bo‘ladi. SHuning uchun jarayonning birinchi bosqichida yuqori parchalanish darajasiga erishish uchun shunday boshlang‘ich konsentratsiyali fosfor kislota qo‘llanilishi maqsadga muvofiqki, qaysiki u Ca(H2PO4)2*H2O va CaHPO4 lar bilan muvozanatdagi nuqtaga mos keluvchi tarkibga yaqin bo‘lgan to‘yingan eritma xosil bo‘lishiga olib kelishi kerak. Masalan, 75°C da suyuq faza to‘yinish paytida apatitning maksimal parchalanishi uchun — fosfat kislotadagi P2O5 ning boshlang‘ich miqdori 33,6% ga ega bo‘lishi lozim. Xattoki bu xolda xam kislota me’yori stexiometriya bo‘yicha 110% bo‘lishiga karamay, apatitning parchalanish darajasi — 36,5% ga teng bo‘ladi. Ma’lumki, tayyor maxsulotdagi fosfatning yuqori darajadagi parchalanish darajasiga erishish, jarayonning ikkinchi bosqichini amalga oshirish sharoiti orqali aniqlanadi. SHunga muvofiq xolda, 30-75°S xarorat oralig‘ida tarkibida 46-47% P2O5 tutgan monokalsiyfosfat bilan muvozanatdagi eritmalarda apatitning parchalanish tezligi eng yuqori darajaga erishishi aniqlandi.
Qo‘shaloq superfosfat olishning ishlab chiqarish tartibi (rejimi) ko‘rsatib o‘tilgan sharoitlarni xisobga olgan xolda tanlanadi. Masalan, kamerali usul bilan apatit konsentratidan qo‘shaloq superfosfat olishda fosfat kislotaning optimal konsentratsiyasi shunday tanlanadiki, bunda parchalanish koeffitsenti -60% ga etgan paytda kamerali superfosfat suyuq fazasining tarkibida 46-47% P2O5, bo‘lishi kerak. Bu shartga boshlang‘ich tarkibi 55% P2O5, li bo‘lgan kislota javob beradi. Birinchi bosqich oxirida 75-100°S da undagi xom ashyoning maksimal (muvozanatli) parchalanish darajasini 10% ga ko‘tarish mumkin emas va parchalanish tezligi xam nisbatan kam bo‘ladi. Qachonki, ikkinchi bosqichda apatitning parchalanish koeffitsenti -60% ga etsa, suyuq fazaning tarkibi maksimal parchalanish tezligiga muvofiq keladi, superfosfat suspenziyasi kota boshlaydi va reaksiya keskin pasayadi. Bundan keyingi parchalanishi, omborda, kamerali superfosfatning uzoq vaqt (15-30 sutka) yotishida sodir bo‘ladi. Bu vaqtda etiltirishning optimal xarorati 40-60°S ni tashkil etadi, uning pasayishi yoki ortishi apatitning keyingi parchalanishini sekinlashtiradi. Dolomitli Qoratog‘, Qizilqum va Kingisepp fosforitlarini kamerali jarayonda 45-50% P2O5, to‘tgan kislota bilan parchalanadi. Ular apatit konsentratiga nisbatan tez va to‘la parchalanadi, chunki ularning strukturasi zich emas va karbonatlarning parchalanishi natijasida xosil bo‘ladigan SO2 xisobiga parchalanmagan fosfatlar sirtidagi quyqali qobiqning buzilishi ta’minlanadi.





Aralashtirgich

Kamera

Ombor

davomiyligi

3-6 min

1-1,5 soat

7,8 l




70-80

90-1000 S

50-60

Xarorat parchalanish darajasi

36,5


> 70 %








7.1-rasm. Qisman neytrallangan EFK da apatitni eruvchanlik izoxronalari (z-neytrallanish darajasi).
Kamerasiz usullarda fosforitlar 50-100°C xaroratdagi 28-40% P2O5, tutgan fosfat kislota bilan qayta ishlanadi, bu ko‘p darajada jarayonning birichi bosqichi uchun optimal sharoitga muvofiq keladi. Ammo fosfat kislotaning bunday kichik boshlang‘ich konsentratsiyasi parchalanishning ikkinchi bosqichi uchun noqulay bo‘lib, u Ca(H2PO4)2*H2O + CaHPO4 bilan yoki CaHPO4 bilan muvozanatdagi eritmalarda amalda sodir bo‘lmaydi. Jarayon reaksion massaniig quritilishida yakunlanadi. Undan suvning yo‘qotilishi sistemaning monokalsiyfosfat ilan muvozanatdagi doirasiga o‘tish va apatitning keyingi parchalanishini ta’minlash imkonini beradi. Quritish jarayonida reaksion massadagi monokalsiyfosfat kristallanadi va suyuq fazaning neytrallanish darajasi kamayadi, uning aktivligi esa ortadi. SHuning uchun birinchi bosqichda parchalanish darajasi kichik bo‘lsada, jarayon oxirida xom ashyoning yuqori parchalanish darajasiga erishiladi.

Download 2,59 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   35   36   37   38   39   40   41   42   ...   170




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish