Superfosfat ishlab chiqarish. Superfosfat sexiga: fosfatli xomashyo ombori va sulfat kislota saqlagich; fosfatni sulfat kislotali parchalash amalga oshiriladigan xizmat bo‘linmasi (xuddi shu yerda ajraladigan ftorli gazlarni yuttirish ham amalga oshiriladi); superfosfat ombori, u yerda mahsulotni bir qancha muddat yetiltiriladi va pishitilgan mahsulot hosil qilinadi. Uzluksiz usulda superfosfat ishlab chiqarish sxemasi 3.10- rasmda tasvirlangan.
3.1-rasm. Superfosfat ishlab chiqarish sxemasi:
1-apatit konsentrati uchun transportyor; 2-bunker; 3-shnekli ta’minlagich; 4-cho‘michli elevator; 5,9-shneklar; 6-ortiqcha apatit konsentrati uchun qaytuvchi shnek; 7-me’yorlashtirgich bunkeri; 8-me’yorlashtirgich; 10-aralashtirgich; 11-o‘lchovli me’yorlashtirgichni tekshirish uchun nazorat tarozisi; 12-nazorat tarozisi uchun bunker; 13-sulfat kislota uchun rezervuar; 14-markazdan qochma kislotali nasos; 15-kislota uchun bak; 16-kislota aralashtirgich; 17-suv uchun bak; 18-minorali sulfat kislotani suyultirishda ajraladigan azot oksidlari uchun gaz ajratgich; 19-kislota uchun konsentratomer; 20-tirqishli kislota sarflagich; 21-superfosfat kamerasi; 22-frezer; 23-kamerali superfosfat transportyori; 24-superfosfatni omborga tashlagich.
Zavodga keltirilgan apatit konsentrati (yoki fosforit uni) temir yo‘l vagonlaridan tushiriladi va turli xil tashish moslamalari elektromexanik kuraklar, lentali tashish moslamalari, shneklar, elevatorlar va boshqa pnevmatik moslamalar vositasida xomashyo ombori (silos) ga, undan esa sarflovchi bunkerga va so‘ngra me’yorlashtirish bunkeriga uzatiladi. Siloslardagi materiallarning bir-biriga kirishib yopishib qolishini oldini olish maqsadida siloslar tagiga o‘rnatilgan yoriqli plitkalar orqali qisilgan havo berib turilgan holda aeratsiya Yuzaga keltiriladi. Fosfatning me’yoriy berilishi o‘lchovli me’yorlashtirgich yordamida amalga oshiriladi. Elektromagnit tebratgichli va shnekli ta’minlagichli ikki bosqichli me’yorlashtirgichlardan foydalanish kam inersiyaga va yuqori aniqlikka ega bo‘lganligi uchun birmuncha afzaldir. Fosforit uni yuqori oquvchan xossaga egadir, shuning uchun uni me’yorlashtirish 40-45 sekunddagi kukun miqdorini o‘lchovchi elektron to‘g‘rilagich o‘rnatilgan miqdoriy tarozilarda amalga oshirish afzaldir.
Sulfat kislota uluksiz ravishda suv bilan suyultiriladi; suyultirishni kislota zichligi bo‘yicha konsentratomer orqali nazorat qilinadi. So‘ngra sarflagich orqali apatit konsentrati bilan aralashtirishga oqib tushadi. Apatitni kislota bilan aralashtirish uchun uzluksiz ishlaydigan uch yoki to‘rt kamerali vertikal aralashtirgichlar qo‘llaniladi (3.11-rasm). Suspenziya (bo‘tqa) hajmi shiber (ishchi organi tekis shakldor plastinka) orqali tartibga solinadiki, bunda uning aralashtirilishi 5-7 min (Fosforitlar bilan ishlanganda esa – 2-3 min) davom ettirilishi ta’minlanadi. Suspenziya aralashtirgichdan superfosfat kamerasiga oqib tushadi (3.12- rasm). U po‘lat g‘ilofli va ichki qismi futirovka qilingan vertikal temir-betonli silindrik korpus 1 dan iborat. Kamera 16 rolikli tirgakka tayantirilgan, ular vositasida kamera ostidagi mustahkam salniklar orqali o‘tuvchi qo‘zg‘almaydigan cho‘yan quvur 2 atrofida aylanadi. Aylantirish reduktor 4 orqali elektromotor 3 yordamida amalga oshiriladi; 1-2 soat mobaynida kamera bir marta aylanadi (aylanish yo‘nalishi tasvirda strelka bilan ko‘rsatilgan). Kameraning temir-betonli qopqog‘i 5 qo‘zg‘almasdir, kamera va qopqoq orasida rezinali zichlashtirgich bor. Qopqoqqa vertikal holatda markaziy quvurga tegib turuvchi qo‘zg‘almas cho‘yanli to‘siq 6 mahkamlangan va u yuklash zoNaClni chiqarish zoNaCldan ajratib turadi. Shu to‘siq atrofida, chiqarish zoNaCl tomonida frezer 7 joylashgan. Bu tik o‘qda aylanuvchi po‘lat moslama («karusel») ga xromli cho‘yandan tayyorlangan pichoqli qanotlar mahkamlangan. Frezer kamera qopqog‘iga osilgan holatda bo‘lib, kamera aylanishiga qarama-qarshi yo‘nalishda 0,13-0,17 s-1 (8-10 ayl/min) chastotada aylanadi.
3.2-rasm. To‘rt kamerali aralashtirgich:
1-kameralar; 2-aralashtirgichlar; 3-suspeziya yig‘gich quti; 4-kirish tuynugi; 5-qopqoq; 6-cho‘yanli shiber; 7-shiberni ko‘tarish va tushirish uchun mexanik chig‘ir trosi.
3.3-rasm. Uzluksiz ishlaydigan superfosfat kamerasi:
1-kameraning silindrik korpusi; 2-markaziy quvur; 3-elektromotor; 4-reduktor; 5-kamera qopqog‘i; 6-to‘siq; 7-frezer; 8-suspeziya tushish joyi; 9-ekssentrik.
Suspenziya aralashtirgichdan qopqoqdagi teshik 8 dan o‘tuvchi quvur orqali uzluksiz ravishda kameraga oqib tushadi. Kameraning aylanish jarayonida superfosfat massasi frezerga tomon yo‘nalishida qattiqlashib boradi va tayyor mahsulot frezerda qirib olinadi. Frezerning bir marta aylanishi natijasida 5-25 mm qalinlikdagi superfosfat qatlami qirib olinadi. Qirilgan superfosfat markaziy quvurga undagi yirik tirqish orqali tushadi va undan esa mahsulotni omborga uzatuvchi transporterga tushadi. Qo‘zg‘olmas markaziy quvur bo‘yicha superfosfat massasining ishlqalanishi hisobiga Yuzaga keladigan aylanish qarshiligini kamaytirish maqsadida kameraning yuklash zoNaClda markaziy quvurning tashqi devoriga yog‘ochli ekssentrik 9 joylashtirilgan. Uning vazifasi – yetiltirish jarayonida superfosfat massasining kengayishi uchun erkin hajm hosil qilishdir. Superfosfat massasining zichligi, dastlabki qotish jarayonida 1500 kg/m3 ga teng va vaqt o‘tishi bilan kamayib, kameradan chiqarish paytida 1100 kg/m3 ga teng bo‘ladi. Tarkibida karbonat tutgan fosforitlarni qayta ishlashda superfosfat massasi g‘ovak bo‘lganligi uchun uning kamera devoriga bosimi kam bo‘ladi, uning zichligi 800-900 kg/m3 ni tashkil etadi. Reaksiyada ajraladigan gazlar kamera qopqog‘idagi teshikdan vetilyatsiya quvuriga va undan esa absorbsion sistemaga so‘riladi.
Omborga uzatilgan superfosfat tashlab qo‘yilgan holatda ma’lum darajada sovutiladi. Bu maqsadda uncha katta bo‘lmagan (uzunligi 0,7-1m, diametri 0,6-0,8 m) tez aylanuvchi (aylanish chastotasi 17-24 s-1 yoki 1000-1450 ayl/min) gorizontal baraban qo‘llaniladi. Odatda ombor aralashtirgichlar va transportyor mexanizmlar bilan jihozlangan bo‘ladi.
Ular yordamida maqsulot sovutiladi, vaqti-vaqti bilan aralashtirib turiladi, uning yetilishi tezlashtiriladi, ombordan chiqarilishi ta’minlanadi. Shularga qaramay, superfosfat omborda 2-3 hafta turib qoladi. Superfosfat ishlab chiqaruvchi yirik zavodlarda (1000-3000 t/sutka) katta hajmdagi omborlar talab etiladi. Buning natijasida ombordan chiqadigan katta hajmdagi havo tarkibidagi ftorli gazlarni tozalash kabi muhim ekologik muammolar kelib chiqadi. Shu maqsadda superfosfat ishlab chiqarishning omborli yetiltirish jarayonisiz amalga oshirish masalasi Yuzaga keladi. Omborli yetiltirish jarayonisiz oddiy superfosfat olishning xuddi qo‘shaloq superfosfat ishlab chiqarishdagi kabi kamera- oqimli va oqimli usullari mavjuddir (bu usullarga keyinroq to‘xtalamiz). 1 t kukunsimon superfosfat ishlab chiqarish uchun 0,53-0,55 t apatit konsentrati va 0,37-0,38 t sulfat kislota (100% li) talab etiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |