O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maхsus


Donadorlangan va ammoniylangan superfosfatlar



Download 2,59 Mb.
bet25/170
Sana19.02.2022
Hajmi2,59 Mb.
#458775
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   170
Bog'liq
min o\'git maj lot 19-20 й

Donadorlangan va ammoniylangan superfosfatlar.

Hozirgi vaqtda donadorlangan shakldagi superfosfat ham ishlab chiqarilmoqda. Quritilgan donador superfosfat yopishqoq emasligi, qotib qolmasligi, tarkibidagi P2O5 ning ko‘pligi, namlikning ozligi va boshqa xossalari bo‘yicha kukunsimon superfosfatdan farqlanadi. Uni xattoki urug‘ bilan birgalikda ekish mumkin, buning natijasida o‘g‘it tuproqda bir tekisda taqsimlanadi va samaradorligi yaxshilanadi. Donachalarning tuproq eritmasida sekin erishi tufayli, undagi suvda eruvchan P2O5 ning juda oz miqdorigina tuproqdagi temir va aluminiy oksidlari bilan ta’sirlashib, qiyin eriydigan birikmalarga aylanadi. Natijada o‘g‘itdan samarali foydalanish imkoniyati yaratiladi, ya’ni o‘g‘itning foydali ta’sir koeffitsienti (FTK) ortadi.


Donadorlangan superfosfat ishlab chiqarish sxemasi 3.13-rasmda tasvirlangan. Superfosfat va neytrallovchi qo‘shimcha ostiga me’yorlashtirgich o‘rnatilgan bunkerlar 1 va 2 dan lentali ta’minlagich 3 orqali o‘qli tegirmon 4 ga tushadi, u yerda maylalanadi va aralashtiriladi.
So‘ngra aralashma elevator 5 ga tushadi, u yerga, shuningdek, donadorlangan superfosfatni elashdan qaytarilgan mayda fraksiya – retur muntazam ravishda kelib tushadi. Elevatorda uzatilgan aralashma transportyor 6 orqali donadorlagig‘ 7 ga kelib tushadi. Bu aylanuvchi barabanda namlangan kukunsimon material donadorlanadi. Materialni 16% gacha namlash uchun kerak bo‘ladigan suv sachratgich forsunka orqali donadorlagich ichiga purkab turiladi. Superfosfat diametri 1,4 m, uzunligi 7,5 m va 0,125 c-1 (7,5 ayl/min) chastotada aylanuvchi barabandan 7 minut vaqt mobaynida o‘tadi. Hosil bo‘lgan nam donador mahsulot diametri 2,2 m, uzunligi 14 m va 0,125 c-1 (7,5 ayl/min) chastotada aylanuvchi quritish barabani 8 ga tushadi, u yerda 3-5% namlikkacha quritiladi. Suvda yaxshi eriydigan monokalsiyfosfatning yomon eriydigan kalsiy di- va metafosfatlarga aylanishini oldini olish maqsadida quritish jarayonida maqsulotning haroratini 95OC dan oshirmaslik kerak. Shuning uchun superfosfat va qizdiruvchi gaz bir xil yo‘nalishda beriladi, ya’ni qaynoq gaz oqimi ko‘proq nam mahsulot bilan to‘qnashadi, natijada maqsulotning qizib ketish xavfi kamaytiriladi.
Quritishda ftor birikmalari (2HF + SiF4 ning taxminan ekvivalent aralashmasi tarzida) uchib chiqadi. Superfosfat quritilishdan oldin qanchalik chuqur neytrallangan bo‘lsa, ftorli birikmalarning ajralishi ham shunchalik kamayadi, chunki superfosfat suyuq fazasidagi erkin fosfat kislotasining kamayishi natijasida SiF4 ning parsial bosimi ham kamayadi. Odatda superfosfatda qolgan ftorning 10-17% i quritishda ajraladi; ftorning ajralish darajasi haroratning ko‘tarilishi va quritish davomiyligining uzayishi bilan ortadi. Donadorlangan sperfosfatdagi ftorning ulushi boshlang‘ich superfosfatdagiga qaraganda 0,1-0,15% ga kamayadi. Quritgichdan chiqadigan gazlar siklonli changtutgich orqali o‘tib, absorberlarda tozalanadi va atmosferaga chiqariladi.



3.4-rasm. Donadorlangan superfosfat ishlab chiqarish sxemasi:


1-superfosfat uchun bunker; 2-neytrallovchi qo‘shimcha uchun bunker; 3-lentali ta’minlagich; 4-valli tegirmon; 5,10-elevatorlar; 6-donadorlagichga uzatish transportyori; 7-donadorlagich; 8-quritish barabani; 9-retur transportyori; 11-elak; 12-tayyor mahsulot transportyori; 13-tegirmon; 14,17-transportyorlar; 15-tayyor mahsulot uchun bunkerlar; 16-tikuv mashiNaCl

Absorberda hosil bo‘ladigan eritma superfosfat changi bilan ifloslangan bo‘ladi. Uni tozalash qiyinchilik tug‘diradi. Shuning uchun eritma zararsizlantirishga (bo‘r bilan neytrallashga) yuboriladi yoki uni granulyatorda superfosfatni namlashga qaytariladi.


Quritilgan mahsulot elevator 10 orqali elak 11 ga kelib tushadi, u yerda fraksiyalarga ajratiladi. 4 mm dan yirik bo‘laklar tegirmon 13 ga va maydalangandan so‘ng, transportyor 14 da yana elakka qaytariladi. 2- 4 mm o‘lchamli fraksiya transportyor 12 yordamida tayyor mahsulot bunkerlari 15 ga, mayda fraksiya esa (umumiy miqdorning 20-30% i) retur transportyori 9 yordamida superfosfatning donadorlashdan oldingi massasiga qo‘shish uchun yuboriladi. Donadorlangan superfosfat tayyor mahsulot bunkerlaridan vagonlarga to‘kish orqali yuklanadi yoki qoplarga joylanib, trasportyorlar yordamida va tikuv mashiNaCl 16 da qoplarning og‘zi mahkamlanadi. Qoplangan superfosfat transportyor 17 orqali vagonlarga yuklanadi.
1 tonna donadorlangan superfosfat ishlab chiqarish uchun 1,015-1,025 t oddiy superfosfat sarflanadi.
Fosforitlardan donadorlangan superfosfat olish uning ammoniylashtirish jarayoni bilan birgalikda amalga oshiriladi. Bu esa ishlab chiqarish jarayonidan superfosfatni namlash va quritish Bosqichlarini chiqarib tashlaydi, shuningdek neytrallash uchun ishlatiladigan ohak sarfini qisqartiradi.
Fosforitlardan olingan superfosfatni ammiak bilan pH = 4 4,5 gacha neytrallash o‘zlashadigan P2O5 ni kamaytirmaydi. Suvda eriydigan P2O5miqdori esa 12-18% ga kamayadi va o‘zlashadigan P2O5 ning 73-82% ini tashkil etadi. Ammoniylashtirishda ajraladigan issiqlik hisobiga mahsulot namligi 4-5% ga kamayadi. Fosforitlardan olingan superfosfatni ammiakli selitra yoki karbamidning ammiakatlari bilan ammoniylashtirish orqali, tarkibida 20-21% ozuqa elementlari, shu jumladan 5-6% azot tutgan yaxshi fizik va agrokimyoviy xossali donadorlangan murakkab o‘g‘itlar olish mumkin.
Etiltirilgan superfosfatni gaz holatdagi ammiak bilan ammoniylashtirish, aylanuvchi gorizontal barabanlar – ammoniylagich- donadorlagichlarda amalga oshiriladi. So‘ngra mahsulot omborga kelib tushadi, u yerda ammoniylangan donador superfosfat 3-4 sutka mobaynida aralashtirib turgan holda 28-320C gacha sovutiladi. Sovutilgan mahsulot qoplanadi. Ammiakdan foydalanish darajasi 93-96% ni tashkil qiladi. Tarkibida 5-8 g/m3 NH3 bo‘lgan ammoniylashtirgichdan chiquvchi gaz suvli absorberga yuboriladi. Hosil bo‘lgan ammiakli suv (2-2,5% NH3) superfosfat ishlab chikarishda ishlatiladigan sulfat kislotani suyultirishda foydalaniladi.
1 t ammoniylangan donador superfosfat olish uchun 1,02 t nordon superfosfat va 190 kg ammiak sarflanadi. Tayyor mahsulot tarkibida (% hisobida): P2O5umum. = 16-16,8; P2O5 o‘zl. = 15-15,5; P2O5 s.e. = 11,5-12; N = 1,5-2,5; P2O5 erkin < 0,5 va 3% namlik bo‘ladi.



Download 2,59 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   170




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish