Gorizantal (kasbiy)
11.1.3-rasm. Karyera tasnifi
Real karyera — lavozimda amalga oshirilgan, erishilgan o‘sishdir. Bunda xodimning muayyan davr ichida faoliyatning tegishli turida aniq bir korxona yoki tashkilotdagi lavozimda o‘sishi tushuniladi.
Salohiyatli karyera — lavozimda rejalashtirilgan, yoki ehtimol tutilgan o‘sishdir. Xodim mehnat faoliyati va hayotiy yo‘li davomida o‘z rejalari, ehtiyojlari, qobiliyatlari, maqsadlarini ko‘zlab lavozimda o‘sishni orzu qilishi, xohlashi salohiyatli karyera hisoblanadi. Ana shunday istak xodim faoliyatini tashkil etishiga sezilarli darajada ta’sir ko‘rsatadi. Bu umidlar to‘la yoki qisman ro‘yobga chiqishi, umuman amalga oshmay qolishi mumkin.
Desant karyera deyilganda rahbarlik lavozimini kutilmagan holda egallash tushuniladi. Ushbu lavozimni egallash zarurati va bu karyeraning davomiyligi turli sabablarga: korxona rahbariyatini
mustahkamlash, rahbariyatga amaliy yordam ko‘rsatish zaruriyati va hokazolarga bog‘liqdir.
Jadal karyera. Tashkiliy tizim pillapoyalari bo‘yicha o‘ta tezkor, ayni vaqtda izchil ko‘tarilish lavozimda o‘sishning ushbu turiga mansubdir. Bu odatda iqtidorli, iste’dodli, yuksak salohiyatlarga ega xodimlarga xos. Ular qoidaga ko‘ra bir lavozimda uzog‘i bilan 1—3 yil davomida bo‘ladilar.
Normal karyera. Bu xodimning uning kasb tajribasi va malakasi oshishiga qarab lavozimda bosqichma-bosqich ko‘tarilishidir. Bu karyeraning davomiyligi xodim faol mehnat faoliyati davomiyligiga tengdir. O‘rtacha bu xodim 40 yoshgacha bo‘lgan davr uchun xarakterlidir. Normal karyerada xodim bir lavozimda o‘rtacha 3—5 yil davomida bo‘ladi.
Sust karyera bir lavozimda uzoqroq muddatda ushlanib qolish xususiyati bilan farqlanadi. Odatda bu davr normal karyeraga qaraganda o‘rtacha 1,5—2 barobar ko‘p, ya’ni 5—10 yilga teng demakdir. Lavozimda bu darajada sust o‘sish sabablari ko‘p jihatdan uning kasbiy va shaxsiy sifatlari, hamkasblari, mehnat jamoasi, rahbariyat bilan munosabatlari bilan izohlanadi. Sust karyeraga kompaniya yoki firmada personalni rivojlantirish to‘g‘ri rejalashtiril-maganligi, ya’ni lavozimda o‘sish imkoniyatlari cheklanganligi ham sabab bo‘lishi mumkin. Bo‘sh lavozim mavjud emasligi sababli xodim mehnat faoliyati turini o‘zgartirishni xohlamasa uzoq vaqt bir xizmat vazifasida ushlanib qolishi mumkin.
Tipik karyera deyilganda xodimning kasbiy mahorat cho‘qqisiga erishishi, malakasi umume’tirof etilishi, korxona tashkiliy tuzilmasida eng yuqori lavozim darajasiga ko‘tarilishi bosqichma-bosqich, ushbu kasbiy va shaxsiy sifatlar muttasil takomillashib borishi uyg‘un holda ro‘y berishi tushuniladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |