24.1.-jadval
Turli xil xomashyolardan olingan SFK tarkibi
Komponentlar
|
SFKdagi komponentlar massa ulushi, %
|
Florida fosforitlaridan olingan
|
Apatit
konsentratidan olingan
|
P2O5umum.
|
68-72
|
70-72
|
P2O5orto.
|
40-55
|
30-40
|
Fe2O3 + Al2O3
|
3,5-4,5
|
1,8-2,5
|
CaO
|
0,2
|
0,2
|
MgO
|
0,6 gacha
|
yo‘q
|
SO3
|
3,5 gacha
|
2,5-3,0
|
F
|
0,3-0,9
|
0,05-0,10
|
Organik qo‘shimchalar
|
0,1-0,3
|
yo‘q
|
24.2-jadval
SFKning ayrim fizik xossalari
Ko‘rsatkichlar
|
Superfosfat kislota
|
Apatit konsentratidan
olingan
|
Florida fosforitlaridan
olingan
|
Zichligi, g/sm3 (20OC)
|
1,95-2,05
|
1,95-2,05
|
Qovushqoqligi, MPa∙s: 20OC da
40OC da 60OC da
|
2100-2500
550-600
150-200
|
10000-15000
2500-3000
600-700
|
Solishtirma issiqlik sig‘imi,
kj/kg∙K (25-100OC)
|
1,637
|
1,616
|
Issiqlik o‘tkazuvchanligi,
Vt/(m∙K) (25-100OC)
|
0,0043
|
0,0044
|
Qaynash harorati, OC
|
300-340
|
300-340
|
Qotish harorati, OC*
|
5-10
|
10-20
|
Rangi
|
Yashildan to‘q
jigarranggacha
|
Qora
|
* SFK qotish harorati deganda kislota oquvchanligi to‘la yo‘qoladigan harorat tushuniladi.
Yuqori darajada qovushqoqligi sababli SFKni saqlash va tashish 50- 60OC haroratda amalga oshiriladi.
Kislotani tashish uchun maxsus sakkiz asosli 120 t sig‘imli temiryo‘l sisternalari ishlatiladi. Sisternalar ichki qismi butilkauchuk bilan himoyalangan uglerodli po‘latdan yoki zanglamaydigan po‘latdan tayyorlanadi. SFK cho‘kishi oldini olish uchun sisternalar penopoliuretandan iborat issiqlik himoyasi bilan muhofazalanadi. Har bir sisterna ichki qismida bug‘ o‘tkazish aylanma quvurlari (zmevik) joylashtiriladi, ular kerak bo‘lganda kislotani qizdirish uchun xizmat qiladi.
Suyuq kompleks o‘g‘itlar ishlab chiqarish bosqichlari
Superfosfat kislota ishlab chiqarish bir necha bosqichda amalga oshiriladi:
tabiiy fosfatlarni sulfat kislotali qayta ishlash yo‘li bilan P2O5 massa ulushi 28-40% bo‘lgan ekstraksion fosfat kislota (EFK) olish;
vakuum-bug‘latgich jihozlarida EFKdagi P2O5 massa ulushi 52-54% gacha bug‘latish, agar lozim bo‘lsa, kislotadan magniy birikmalari, shuningdek erimaydigan qo‘shimchalarni ajratish;
P2O5 massa ulushi 68-72% gacha EFKni keyingi konsentrlash.
Konsentrlash 240-260OC haroratda vakuum-bug‘latgich jihozida ham, 300-350OC haroratda kislotadan yoqilg‘i gazlarini o‘tkazish orqali barbotaj turidagi jihozda ham amalga oshirilishi mumkin. Bunda fosfat kislotadan faqatgina erkin suvgina (erituvchigina) bug‘lanib qolmasdan, kimyoviy bog‘langan suv yo‘qotiladi. Konsentrlash jarayoni bilan bir vaqtda ortofosfat kislotadan bitta yoki bir necha molekula suvning ajralish kimyoviy reaksiyasi – degidratatsiya sodir bo‘ladi va polifosfat kislota hosil qiladi:
2H3PO4 → H4P2O7 + H2O
3H3PO4 → H5P3O10 + 2H2O
SFK olish jarayoni yetarli darajada murakkab va ko‘p energiya talab etadi. SKO‘ ishlab chiqarish umumiy xarajatlarining 85% gacha ulushi SFK xarajatlari hissasiga to‘g‘ri keladi.
Ammiak. SKO‘ ishlab chiqarishda suyuq ammiak ishlatiladi. Ishlatiladigan ammiak sifati quyidagi talablarga javob berishi kerak (B markali):
Massa ulushi, % hisobida:
ammiak ≥ 99,6
namlik .............................................................................................. ≤ 0,4
Miqdori, mg/l hisobida:
moy .................................................................................................... ≤ 8
temir ................................................................................................... ≤ 2
SKO‘ olish jarayoni davomida suyuq ammiak bug‘lanadi va SFK bilan ta’sirlashishga gaz holatdagi ammiak yuboriladi. 1 kg suyuq ammiak bug‘langanda 1300 l gaz holatidagi ammiak NH3 hosil bo‘ladi.
Suyuq ammiakning bug‘lanish issiqligi 1200 kj/kg (15OC haroratda). Ammiakning bu xossasidan suyuq ammiakni bug‘latish uchun olinadigan SKO‘ni qisman sovutishni amalga oshirishdagi texnologik jarayonlarda foydalaniladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |