14.1.-rasm. 25, 80 va 1300C haroratdagi MgO – P2O5 – H2O sistemasida eruvchanlik izotermasi: ikkita qattiq fazali muvozanatdagi eritmaning tarkibi nuqtalar bilan belgilangan.
Ikkinchi bosqich reaksiyaning tugallanishi arafasida ham monomagniyfosfatning eruvchanligi katta bo‘lganligi uchun suyuq faza uning bilan to‘yinmagan holatida qoladi, ammo u to‘la eritmada bo‘ladi va fosfat kislotaning neytrallanish darajasi kutilganidan ko‘ra nihoyatda katta bo‘ladi. Monomagniyfosfat fosfat kislota bilan bufer aralashma hosil qiladi, Mg2+ va H2PO4- ionlariga dissotsilanadi, bu esa fosfat kislotaning H+ va H2PO4 ionlariga dissotsilanishini susaytiradi. Shu sababga ko‘ra xomashyoning parchalanishini ikkinchi bosqich jarayonidayoq keskin pasaytiradi, uning uchinchi bosqichdagi tezligi esa butunlay kamayadi.
14.2. Superfosfat ishlab chiqarish sexida boradigan jarayonlar
Superfosfat sexiga: fosfatli xomashyo ombori va sulfat kislota saqlagich; fosfatni sulfat kislotali parchalash amalga oshiriladigan xizmat bo‘linmasi (xuddi shu yerda ajraladigan ftorli gazlarni yuttirish ham amalga oshiriladi); superfosfat ombori, u yerda mahsulotni bir qancha muddat yetiltiriladi va pishitilgan mahsulot hosil qilinadi. Uzluksiz usulda superfosfat ishlab chiqarish sxemasi 3.10- rasmda tasvirlangan.
14.2-rasm. Superfosfat ishlab chiqarish sxemasi:
1-apatit konsentrati uchun transportyor; 2-bunker; 3-shnekli ta’minlagich; 4-cho‘michli elevator; 5,9-shneklar; 6-ortiqcha apatit konsentrati uchun qaytuvchi shnek; 7-me’yorlashtirgich bunkeri; 8-me’yorlashtirgich; 10-aralashtirgich; 11-o‘lchovli me’yorlashtirgichni tekshirish uchun nazorat tarozisi; 12-nazorat tarozisi uchun bunker; 13-sulfat kislota uchun rezervuar; 14-markazdan qochma kislotali nasos; 15-kislota uchun bak; 16-kislota aralashtirgich; 17-suv uchun bak; 18-minorali sulfat kislotani suyultirishda ajraladigan azot oksidlari uchun gaz ajratgich; 19-kislota uchun konsentratomer; 20-tirqishli kislota sarflagich; 21-superfosfat kamerasi; 22-frezer; 23-kamerali superfosfat transportyori; 24-superfosfatni omborga tashlagich.
Zavodga keltirilgan apatit konsentrati (yoki fosforit uni) temir yo‘l vagonlaridan tushiriladi va turli xil tashish moslamalari elektromexanik kuraklar, lentali tashish moslamalari, shneklar, elevatorlar va boshqa pnevmatik moslamalar vositasida xomashyo ombori (silos) ga, undan esa sarflovchi bunkerga va so‘ngra me’yorlashtirish bunkeriga uzatiladi. Siloslardagi materiallarning bir-biriga kirishib yopishib qolishini oldini olish maqsadida siloslar tagiga o‘rnatilgan yoriqli plitkalar orqali qisilgan havo berib turilgan holda aeratsiya Yuzaga keltiriladi. Fosfatning me’yoriy berilishi o‘lchovli me’yorlashtirgich yordamida amalga oshiriladi. Elektromagnit
tebratgichli va shnekli ta’minlagichli ikki bosqichli me’yorlashtirgichlardan foydalanish kam inersiyaga va yuqori aniqlikka ega bo‘lganligi uchun birmuncha afzaldir. Fosforit uni yuqori oquvchan xossaga egadir, shuning uchun uni me’yorlashtirish 40-45 sekunddagi kukun miqdorini o‘lchovchi elektron to‘g‘rilagich o‘rnatilgan miqdoriy tarozilarda amalga oshirish afzaldir.
Sulfat kislota uluksiz ravishda suv bilan suyultiriladi; suyultirishni kislota zichligi bo‘yicha konsentratomer orqali nazorat qilinadi. So‘ngra sarflagich orqali apatit konsentrati bilan aralashtirishga oqib tushadi. Apatitni kislota bilan aralashtirish uchun uzluksiz ishlaydigan uch yoki to‘rt kamerali vertikal aralashtirgichlar qo‘llaniladi (3.11-rasm). Suspenziya (bo‘tqa) hajmi shiber (ishchi organi tekis shakldor plastinka) orqali tartibga solinadiki, bunda uning aralashtirilishi 5-7 min (Fosforitlar bilan ishlanganda esa – 2-3 min) davom ettirilishi ta’minlanadi. Suspenziya aralashtirgichdan superfosfat kamerasiga oqib tushadi (3.12- rasm). U po‘lat g‘ilofli va ichki qismi futirovka qilingan vertikal temir-betonli silindrik korpus 1 dan iborat. Kamera 16 rolikli tirgakka tayantirilgan, ular vositasida kamera ostidagi mustahkam salniklar orqali o‘tuvchi qo‘zg‘almaydigan cho‘yan quvur 2 atrofida aylanadi. Aylantirish reduktor 4 orqali elektromotor 3 yordamida amalga oshiriladi; 1-2 soat mobaynida kamera bir marta aylanadi (aylanish yo‘nalishi tasvirda strelka bilan ko‘rsatilgan). Kameraning temir-betonli qopqog‘i 5 qo‘zg‘almasdir, kamera va qopqoq orasida rezinali zichlashtirgich bor. Qopqoqqa vertikal holatda markaziy quvurga tegib turuvchi qo‘zg‘almas cho‘yanli to‘siq 6 mahkamlangan va u yuklash zoNaClni chiqarish zoNaCldan ajratib turadi. Shu to‘siq atrofida, chiqarish zoNaCl tomonida frezer 7 joylashgan. Bu tik o‘qda aylanuvchi po‘lat moslama («karusel») ga xromli cho‘yandan tayyorlangan pichoqli qanotlar mahkamlangan. Frezer kamera qopqog‘iga osilgan holatda bo‘lib, kamera aylanishiga qarama-qarshi yo‘nalishda 0,13-0,17 s-1 (8-10 ayl/min) chastotada aylanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |