O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maхsus


Sulfat kislotaning me’yori



Download 6,33 Mb.
bet49/187
Sana06.04.2022
Hajmi6,33 Mb.
#532812
1   ...   45   46   47   48   49   50   51   52   ...   187
Bog'liq
min o\'git majmua lot 2020 y 1.09.

Sulfat kislotaning me’yori.

Fosfatni parchalashga sarflanadigan sulfat kislotaning stexiometrik me’yori 7H2SO4:3P2O5 nisbat orqali aniqlanadi va u 1 qism P2O5 ga 1,61 qism H2SO4 to‘g‘ri keladigan miqdorga teng (bu yerda va keyinchalik ham massa nisbatida bo‘ladi).


Apatit konsentratida 39,4% P2O5 bo‘lsa, 100 qism xomashyoga to‘g‘ri keladigan H2SO4 ning stexiometrik me’yori 39,4x1,61 = 63,4 qismni tashkil qiladi. Parchalanishni tezlashtirish maqsadida va begona qo‘shimchalar borligini hisobga olgan holda kislotaning amaliy me’yori nisbatan yuqori- 68 dan 72 qismgacha olinadi.
Fosforitlardan oddiy superfosfat olishda sulfat kislotaning stexiometrik me’yorini hisoblash – xomashyoning kimyoviy va mineralogik tarkibini hamda reaksion muhit kislotaliligining kamayish darajasi bo‘yicha uning parchalanish jarayonida sodir bo‘ladigan ikkilamchi reaksiyalarni ham e’tiborga olingan holda amalga oshiriladi.
Ajralib chiqadigan kislotalar (H3PO4, HF) ham boshlang‘ich xomashyo komponentlarini parchalaydi. Boshlang‘ich xomashyo tarkibidagi kalsiyning bir qismigina monofosfatga aylanadi, qolgan asosiy qismi esa sulfat kislota sarflanishi hisobiga kalsiy sulfatga aylanadi. Fosfatli anionlarning bir qismi kationli qo‘shimchalar – Mg2+, Fe3+, Al3+ bilan birikadi, natijada monofosfatga aylanadigan kalsiyning ma’lum ulushini kamayishiga, ya’ni hosil bo‘ladigan CaSO4 miqdorining ortishiga olib keladi; bu esa sarflanadigan H2SO4 me’yorini orttirishni talab etadi.
Fosforitda kalsiydan tashqari erimaydigan sulfatlar hosil qiluvchi boshqa elementlar yo‘q bo‘lganda, sulfat kislotaning stexiometrik me’yori (n) quyidagi formula bilan aniqlanadi:
n = 98[l/56 – (m/142 – p/40 – q/160 – r/102)].
bu yerda: l, m, p, q, r – xomashyo tarkibidagi (mos holda) CaO, P2O5, MgO, Fe2O3 va Al2O3 larning massa bo‘yicha % miqdorlari; 56, 142, 40, 160 va 102 – tegishlicha ularning molekulyar massalari.
Sulfat kislotaning aniq (real) me’yori uning hisoblangan me’yoridan birmuncha kichik bo‘ladi, chunki Ca2+ ionining bir qismi F- va SiF62- ionlari bilan ham birikadi. Boshqa qo‘shimchalar esa uning miqdorini oshirishi mumkin. Shuning uchun har bir turdagi xomashyo uchun sulfat kislotaning amaliy me’yori tajriba yo‘li bilan belgilanadi.
Boshlang‘ich sulfat kislotaning konsentratsiyasi qanchalik kata bo‘lsa, mahsulotning namligi ham shunchalik kam bo‘ladi va undagi P2O5 miqdori ortadi. Lekin, sulfat kislota konsentratsiyasining yetarli darajadan yuqori bo‘lishi yuqorida izohlangan holatni keltirib chiqaradi.
Shunday qilib, kislota konsentratsiyasining optimal doirasi bo‘lib, uning chegarasi harorat va aralashtirish sharoitiga bog‘liqdir. Optimal konsentratsiya, harorat va sulfat kislota me’yori fosfat xomashyosining xar bir navi uchun tajriba sharoitidan kelib chiqib aniqlanadi.
Ishlab chiqarish jarayonida reagentlarning uzluksiz aralashtirishda qisman ta’sirlashgan reaksion aralashma – suspenziya (bo‘tqa) kiritiladi, bunda 50-60OC haroratdagi 68-69% li sulfat kislota ishlatiladi. Bu holda suyuq fazada sulfat va fosfat kislotalarning ma’lum nisbati o‘rnatiladi, kalsiy sulfatning kristallanishi yaxshilanadi va qorishuvchi (qotuvchi) massa g‘ovak holatda hosil bo‘ladi.
Suspeziyaning oquvchanligini yo‘qotishi va qotib qolishini oldini olish maqsadida uning aralashtirgichda bo‘lish vaqti qisqa muddatli bo‘ladi, ammo bu vaqtda xomashyoning parchalanish darajasi belgilangan darajaga yetib borishi kerak. Boshlang‘ich sulfat kislota konsentratsiyasi kanchalik katta bo‘lsa, aralashtirgichdan chiqadigan suspeziyadagi apatitning parchalanish darajasi shunchalik yuqori darajada ushlab turiladi va fosfat zarrachalari sirtiga suyuqlik o‘tkazmaydigan kalsiy sulfat qobig‘ining hosil bo‘lmasligi uchun H2SO4:H3PO4 nisbat ham shunchalik kichik darajada bo‘lishi kerak.
Agar boshlang‘ich sulfat kislota konsentratsiyasi 68% li bo‘lsa, optimal sharoit uchun aralashtirgichda suspenziyaning bo‘lish vaqti 5-7 min, uning aralashtirgichdan chiqish harorati 110-1150C bo‘ladi. Fosfat parchalanishining birinchi bosqichida sulfat kislota bilan fosfatning mayda zarrachalari ta’sirlashadi, reaksiya nihoyatda shiddatli kechadi va fosfat kislota hosil bo‘ladi. Ikkinchi bosqichda esa fosfatning yirik zarrachalari bilan fosfat kislota va reaksiyaga kirishmagan sulfat kislota ta’sirlashadi. Bunda suyuq fazadagi eritmaning neytrallanib borishi tufayli reaksiya tezligi birmuncha pasayadi. Kamerada superfosfat massasining suyuq fazasining monokalsiyfosfatga to‘yinib borishi bilan ham parchalanish tezligi yanada pasayadi. Ikkinchi fazada parchalanish tezligining pasayishini suyuq fazanining neytrallanib borishi, yirik fosfat zarrachalarining parchalanishi va fosfat sirtida kalsiy sulfat qobiqlarining hosil bo‘lishi bilan izohlanishi mumkin.

Download 6,33 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   45   46   47   48   49   50   51   52   ...   187




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish