O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maхsus


Tabiatda hosil bo‘lishi va tarqalishi



Download 6,33 Mb.
bet20/187
Sana06.04.2022
Hajmi6,33 Mb.
#532812
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   187
Bog'liq
min o\'git majmua lot 2020 y 1.09.

Tabiatda hosil bo‘lishi va tarqalishi. Apatitlar yer qobig‘ida ko‘p tarqalgan, ularning yer qobig‘idagi miqdori fosfatlar umumiy massasining 95% ni tashkil etadi. Apatitlar ichidan ftorapatit eng ko‘p tarqalgandir, gidroksilapatit kam va xlorapatit esa yanada kam uchraydi. Apatit otilib chiqadigan lavalar tarkibiga kiradi, ammo konsentrlangan shaklda nisbatan kam uchraydi. Kalsiy fosfatlari kelib chiqishiga ko‘ra: magmatik va qoldiqli turlarga bo‘linadi. Magmatik yoki sof apatitli jinslar erigan magmaning to‘g‘ridan to‘g‘ri sovushi natijasida yoki magmatik suyuqlanmaning kristallanish jarayonida ayrim tomirlar (pegmatitli tomirlar) ko‘rinishida bo‘ladi, yoxud issiq suv eritmalaridan ajralib chiqish yo‘li bilan (gidrotermal) hosil bo‘ladi, yoxud magmaning to‘g‘ridan to‘g‘ri ohaktoshlar bilan o‘zaro ta’siridan (kontaktli) hosil bo‘ladi.
Apatitli jinslar hosil bo‘lish sharoitiga muvofiq holda donachali yirik kristalli tuzilishga ega bo‘ladi va polidispers emasligi va mikroyoriqlarning yo‘qligi bilan tavsiflanadi. Ularning donachalari bilan birgalikda yoki ularga yo‘ldosh bo‘lgan boshqa turdagi magmatik nefelin (Na,K)AlSiO4∙nSiO2 piroksenlar (masalan, egirin NaFe(SiO3)2), titanomagnetit Fe3O4∙FeTiO3∙TiO2, ilmenit FeTiO3, sfen CaTiSiO5, dala shpati, slyuda, evdialit va boshqa minerallar ham bo‘ladi. Gidroksilapatit tabiatda keng tarqalgan bo‘lsada, ammo yirik to‘planish hosil qilmaydi. U inson va hayvon suyagi (tishi) ning (oz miqdorda kalsit va organic moddalar aralashgan) asosiy massasini tashkil qiladi. Fosforit konini bir necha ming yillar davomida hosil bo‘lishi natijasida uning tarkibida turli hayvonlar suyaklari va qoldiqlari mavjudligi aniqlangan. Suyakning parchalanishi natijasida organik moddalar yo‘qoladi va atrof-muhitdan ftorni yutishi natijasida frankolit yoki kurskit, shuningdek ftorapatit hosil bo‘ladi.
Qoldiqli kalsiy fosfatlarga fosforitlar kiradi. Ular fosfatli jinslarning yemirilishi, daryolarning dengizga oqizib olib chiqishi, boshqa jinslar bilan ta’sirlashishi natijasida va tarqoq cho‘kindilar holatida ham, yirik to‘planish hosil qilish bilan ham hosil bo‘ladi. Barcha cho‘kindili kalsiy fosfatlarining ma’lum miqdori – chig‘anoq va suyaklarning yer qobig‘ining ko‘p joylarida geologik va kimyoviy jarayonlar ta’siri natijasida to‘plangan (organik kelib chiqqan) fosfor hissasiga to‘g‘ri keladi.
Hosil bo‘lish sharoitiga bog‘liq holatda va cho‘kindili kalsiy fosfatlarining tuzilishiga ko‘ra fosforitli to‘planish uchta asosiy: organogen, donador toshsimon va qatlamli turlarga bo‘linadi. Organogen (chig‘anoqli) to‘planish fosfatli chig‘anoq va suyaklardan, qatlamli va donador toshsimon fosforitlar esa organizmlarning bevosita ishtirokida kimyoviy yo‘l bilan hosil bo‘ladi. Donador toshsimon fosforitlarga fosfatli jinslarning murakkab ikkilamchi o‘zgarishi natijasida hosil bo‘ladigan ikkilamchi (cho‘kindili) fosforitlar ham kiradi.
Fosforitli rudalar tarkibida, asosiy fosfatli moddalardan tashqari, ko‘p miqdordagi boshqa minerallar: glaukonit (P2O+PO)P2O3∙4SiO2∙2H2O (bu yerda: P2O – Na2O va K2O, RO – MgO, CaO va FeO, P2O3 – Fe2O3 va Al2O3), limonit 2Fe(OH)6∙Fe2O3, kalsit CaCO3, dolomit CaCO3∙MgCO3, kaolin H2Al2Si2O8·H2O, pirit FeS2, dala shpatlari, kvars, granit va boshqalar, shuningdek, oz miqdordagi organik moddalar ham bo‘ladi.




    1. Download 6,33 Mb.

      Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   187




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish