O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maхsus



Download 6,33 Mb.
bet28/187
Sana06.04.2022
Hajmi6,33 Mb.
#532812
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   187
Bog'liq
min o\'git majmua lot 2020 y 1.09.

Tayanch so‘zlar:


Ekstraksiya, elektrod, bug‘latish, superfosfor kislotasi, vakuumfiltrlar, vakuumbug‘latgich, qayiqli karusel vakuum-filtr vakuumnasos, siklik (aylanama) sxema, gips soni.


N A Z O R A T SAVO LLARI
1. Nima uchun fosfor kislotasini konsentratsiyasi past bo'ladi?
2. Ftor gazi qanday qilib ushlanadi?
3. Filtrdan chiqqan yuvindi suvdan nim a maqsadda foydalaniladi?
4. Degidrat rejimining afzalligi nimada?
5. Sulfat kislotasi nim a uchun qo'llanadi?
6 . Termik kislotaning afzalligi.
7. Aralashmaga q o ‘shilgan qum ning roli nim adan iborat?
8 . Sublimatsiya jarayoni deb nim aga aytiladi?
9. Polifosfat kislotasi nima?
10. Toshqoln in g xususiyatlari.

Ma’ruza №9. Ekstraksion fosfor kislota olish

REJA:



  1. Fosfat kislota va uning xossalari.

  2. Ekstraksion fosfor kislota olishning fizik-kimyoviy asoslari.

  3. Qayiqli karusel vakuum-filtrida boradigan jarayon






9.1. Fosfat kislota va uning xossalari.


Fizik xossalari. Toza holatdagi ortofosfat (yoki soddaroq aytilganda fosfat) kislota rangsiz prizmatik kristall bo‘lib, 42,35°C da suyuqlanadi va suvda yaxshi eiydi.
Odatda uni quyuq, moysimon suyuqlik holatida olinadi, undan sovitish orqali kristall mahsulot ajratib olinadi. Ko‘p hollarda kristallanish faqatgina kristallantiruvchi qo‘shimcha (zatravka) qo‘shilgandagina amalga oshadi. Buni fosfat kislotaning –121°C gacha qayta sovitish orqali suyuqlikning shishasimon holatga o‘tishga va 13°C gacha sovitish orqali 1,88 g/sm3 zichlikka ega bo‘lgan moysimon suyuqlikka aylanishga moyilligi orqali izohlanadi.
Ozgina miqdordagi suvning ishtiroki kislota suyuqlanish haroratining pasayishiga olib keladi va uning kristallanishi sekinlashadi.
Kristallanish jarayoni 29,32°C da suyuqlanadigan yarimgidratli fosfat kislota — H3PO4·0,5H2O hosil bo‘lishida tezlashadi.
Fosfat kislota har qanday konsentratsiyadagi suvli eritmalarni hosil qiladi. 0,5°C haroratda suvda 78,7% H3PO4 eriydi. Fosfat kislota eritmalarining konsentratsiyasi ortishi bilan uning xossalari keskin o‘zgaradi — ularning zichligi va qovushqoqligi ortadi va issiqlik sig‘imi pasayadi.

Kimyoviy xossalari. Fosfat kislota va uning kristallogidratlari vodorod bog‘lanish orqali bog‘langan tetraedrik tuzilishli PO4 guruhdan tarkib topgan bo‘ladi (3.5-rasm). Bu struktura H3PO4 konsentrlangan eritmasi qiyomsimon holatining tuzilishini ifodalaydi. Tarkibida 50% dan H3PO4 bo‘lgan eritmalarda fosfat anionlari bir-biriga birikishiga nisbatan suv bilan osonlikcha birikadi. Fosfat kislota 350—450°C dan yuqori haroratda kuchsiz oksidlovchi hisoblanadi, shuningdek, kvars bilan ta’sirlashadi. Suyuqlantirilgan holatda u sezilarli darajadagi elektr o‘tkazuvchanligiga ega. Bunda:

2H3PO4  H4PO4 +H2PO4


jarayon sodir bo‘lishi ehtimoldan xoli emas.
Fosfat kislota suvli eritmalarda uch asosli va bosqichli dissotsillanadi:



Ortofosfat kislota fosfat angidrid gidratatsiyasining oxirgi mahsuloti hisoblanadi. Fosfat angidridning suv bilan bosqichli ta’sirlashuvi — gidratlanish darajasi bilan farqlanadigan bir qator fosfat kislotalari hosil bo‘lishi bilan boradi. Fosfat angidridning 5 ta asosiy gidratlari mavjud: ortofosfat kislota — H3PO4 (P2O5 · 3H2O), pirofosfat kislota -H4P2O7 (P2O5 · 2H2O), triðolifosfat kislota –H5P3O10 (3P2O5 · 5H2O), tetrapolifosfat kislota — H6P4O13 (2P2O5 · 3H2O), metafosfat kislota - (HPO3)n (P2O5 · H2O).


Fosfat angidridning gidratlanishini quyidagicha tasavvur etish mumkin: dastlab tetrametafosfat kislota (HPO3)4 yoki H4P4O12 ga, so‘ngra tetrapolifosfat kislotaga aylanadi; keyingi gidratlanish jarayonlarida ortofosfat va triðolifosfat kislotalar aralashmasi hosil bo‘ladi. Triðolifosfat kislotaning gidratlanishi quyidagicha bo‘ladi:
H5P3O10 + H2O = H3PO4 + H4P2O7
Nihoyat pirofosfat kislota suvni biriktirib olib, gidratatsiyaning oxirgi mahsuloti — ortofosfat kislotaga aylanadi. Fosfat kislotalarning bir-biriga aylanishi qaytar jarayondir. Fosfat kislotani 284°C haroratda qizdirilganda qisman pirofosfat kislotaga aylanadi:
2H3PO4 = H4P2O7 + H2O
Haroratni 400°C gacha ko‘tarish orqali qizdirishni davom ettirish natijasida suvning ajralishi hisobiga shishasimon metafosfat kislota hosil bo‘ladi:
0,5nH4P2O7 = (HPO3)n + 0,5nH2O

Gidratatsiya jarayoni siklik metafosfat kislota hosil bo‘lishi bilan tugaydi.


Tarkibida 68,7% gacha P2O5 bo‘lgan eritmada, asosan, suv va ortofosfat kislota bo‘ladi. Pirofosfat kislotaning dastlabki sezilarli miqdorlarini tarkibida 68,8% P2O5, ya’ni mol nisbati H2O:P2O5 = 3,6 ga teng bo‘lgan eritmadan aniqlash mumkin. 100% li suyuq ortofosfat kislota - (H2O:P2O5 = 3) da P2O5 umumiy miqdorining 12,7% pirofosfat kislota shaklida bo‘ladi. Fosfat kislota eritmasida qo‘shimchalar (ayniqsa, kristallogidrat hosil qiluvchi tuzlar)ning bo‘lishi 68,7% (P2O5) dan kichik konsentratsiyali fosfat kislota eritmalarida ham pirofosfat va hatto, polifosfat kislotalarining ham bo‘lishini ta’minlaydi. Shuning uchun yuqori konsentratsiyali kislotalarni ortofosfat holatida saqlash uchun:

2H3PO4  H4P2O7 + H2O


muvozanatni chapga siljitish maqsadida ortiqcha miqdordagi suv (H2O:P2O5>3) talab etiladi. 72,4% P2O5 dan katta konsentratsiyali fosfat kislotali eritmalar tarkibida polianion zarrachalar bo‘ladi. Shuning uchun ularni kondensirlangan fosfat kislotalari, tuzlarini esa polimerli yoki kondensirlangan fosfatlar yoki (olinish usuliga ko‘ra) degidratlangan fosfatlar deyiladi
Hozirgi paytda fosfat kislota bilan bir qatorda orto-, piro-, triðoli-, tetrapoli- va boshqa oktapoli- va nonapolifosfat kislotalarigacha bo‘lgan aralashmadan iborat superfosfat yoki polifosfat kislotalari ishlab chiqariladi. Tarkibida 76% P2O5 (105% H3PO4) bo‘lgan superfosfat kislotada: 49% P2O5 ortofosfat holatida, 42% P2O5 pirofosfat holatida, 8% P2O5 triðolifosfat holatida va 1% esa tetrapolifosfat kislota holatida bo‘ladi. Superfosfat kislotalariga begona qo‘shimchalarning kirishi natijasida fosfat kislotalar kondensirlangan
shakllari miqdorlarining ortishini kuzatish mumkin.
Superfosfat kislotalari suyuq suspenziyali o‘g‘itlar va sintetik yuvuvchi vositalar ishlab chiqarishda muhim amaliy ahamiyatga ega.


Download 6,33 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   187




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish