Tayanch suzlar
Fiziologik kislotali, murakkab-aralash, noorganik, organik, organomineral, bacterial, qattiq, suyuq, suspenziyali, assimilyatsiyalanadigan, natriy, kaliy,kalsiy, nitrat, ammoniyli, azotli, karbamid.
Nazorat savollari va topshiriqlar.
Fosfor, azot va kaliy elemetlar o’simliklarni rivojlanisida qanday ta’sir etadi.
Asosiy ozuqa moddalariga misollar keltiring
O‘g‘itlar klassifikatsiyasini korsating
Organik o‘g‘itlar haqida ma’lumot bering
Fosforli o‘g‘itlar haqida ma’lumot bering
Kompleks o‘g‘itlar qanday guruhlanadi.
Bilvosita foydalaniladigan o‘g‘itlar nima
Ma’ruza №4. Mineral o‘g‘itlarning assortimenti va asosiy tarkibi.
REJA:
Davlat standartlari (DAST) yoki texnik shartlar (TSH)
Mineral o‘g‘itlarning fizik-kimyoviy va mexanik xossalari
O’git donachalarniig mustaxkamligi
4.1. Davlat standartlari (DAST) yoki texnik shartlar (TSH)
Mineral o‘g‘itlar assortimenti barcha turdagi o‘g‘itlar: azotli, fosforli, kaliyli, mikroo‘g‘itlar, kompleks o‘g‘itlar, ohakli va boshqa materiallarni qamrab oladi.
O‘g‘itlarning muhim sifat ko‘rsatkichi ulardagi o‘simliklar uchun zarur bo‘lgan – ta’sir etuvchi moddalar miqdori hisoblanadi. Asosiy ta’sir etuvchi moddalar azot, fosfor va kaliy birikmalari hisoblanadi. Hozirgi paytda o‘g‘itdagi ularning miqdori elementar azot (N), fosfor(V)-oksid – fosfat angidrid (P2O5) va kaliy oksid (K2O) hisobida o‘lchanadi.
Davlat standartlari (DAST) yoki texnik shartlar (TSH) asosida mineral o‘g‘itlardagi bir yoki bir necha ta’sir etuvchi moddalarning minimal miqdori belgilab berilgan. Shu bilan bir qatorda ushbu standartlarda o‘g‘itdagi namlik va o‘g‘itlar tarkibidagi o‘simliklarga zararli, shuningdek fizik-kimyoviy va mexanik xossalari ko‘rsatkichlariga salbiy ta’sir etuvchi qo‘shimchalar miqdori chegaralanadi. Namlikning ortishi o‘g‘itning yopishqoqligini oshiradi va birbutun massa holatida qotib qoladi. Bundan tashqari, namlik o‘g‘it tarkibidagi ozuqa moddalar miqdorini kamaytiruvchi ballast hisoblanadi. 4.1-jadvalda mineral o‘g‘itlar asosiy turlarining assortimeti keltirilgan.
Azotli o‘g‘itlar qattiq va suyuq holatda ishlab chiqariladi. Qattiq azotli o‘g‘itlar orasida eng konsentrlangan o‘g‘it – tarkibida 45-46% N tutgan karbamid, undan keyin tarkibida 33,6-34,6 % N tutgan ammiakli selitra hisoblanadi. Kam konsentratsiyali o‘g‘it – tarkibida 20-21% N tutgan ammoniy sulfat nisbatan ko‘p miqdorda ishlab chiqariladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |