O'zbekiston respublikasi oliy va orta mahsus ta’lim vazirligi



Download 6,93 Mb.
bet80/259
Sana31.03.2022
Hajmi6,93 Mb.
#522283
1   ...   76   77   78   79   80   81   82   83   ...   259
Bog'liq
nodira oppaa

Xitridiomitsetlar (chitridiomycetes) - bular asosan suv zamburug‘lari bo‘lib, bu sinfning ayrim va xillari tuproqda ham uchrashi mumkin. Mitseliysi kam rivojlangan. Asosan jinssiz zoosporalar yordamida ko‘payadi. Jinsiy ko‘payishda ba’zilari oospora, boshqalari zigospora bilan ko‘payadi. Ularning barchasi

293


mikroskopik mayda bo‘lib, sodda hayvonlarni eslatadi.


Xitridiomitsetlar suv o‘tlari va yuqori o‘simliklarda parazitlik qilib yashaydi. Iqtisodiy ahamiyatga ega bo‘lgan paraziti Sinchytrium endobioticum - kartoshkaning osma kasalligini chasiruvchi zamburu- shular jumlasidandir. Kartoshkaning zararlangan tuganaklari ko‘zchalari atrofida qoramtir o‘smalar va shishlar hosil bo‘ladi. Kartoshka to‘qimalarining buzilishidan ular atrof-muhitga tushadi. Yoz davomida bu jarayon bir necha marta qaytariladi. Kuzda zamburug‘ning tinch holatdagi shakllari paydo bo‘ladi va ular tuproqda yaxshi saqlanadi. Bahorda qulay sharoitni kelishi bilan ular o‘sib chiqadi va nihollarni shikastlaydi. Asosiy kurash chorasi kartoshkaning chidamli navlarini yaratishdir.

  1. Oomitsetlar (Oomycetes) - zamburug‘ning bu sinfiga ikki xivchinli zoosporalar yordamida jinsli va jinssiz ko‘payadigan suvda va tuproqda yashaydigan shakllari kiradi. Bir hujayrali ko‘p yadroli, mitseliysi yaxshi rivojlangandir. Ular obligat parazitlar bo‘lib, butun rivojlanish sikli yuqori o‘simliklar tanasida o‘tadi. Shunga qaramay, ular zoosporalar hosil qilish xususiyatini saqlab qolgan. Jinsiy ko‘payishi maxsus erkak va urug‘chi hujayralar qo‘shilishi natijasida amalga oshadi. Va oosporalar hosil bo‘ladi. Oosporalar uzoq vaqt tinim davrini o‘tgach o‘sa boshlaydi. Bu jarayon sporangiy hosil bo‘lishi bilan yakunlanadi. Oomitsetlar madaniy o‘simliklarga katta zarar keltiradigan, ayrim hollarda ularni hosildorligini to‘la nobud bo‘lishiga sabab bo‘ladigan o‘simlik kasalliklarini keltirib chiqaruvchi Phytophtora infestans (kartoshkaning fitoftorod kasalligini qo‘zg‘atuvchi) va Plastopara viticola (uzumning soxta un shudring kasalligini qo‘zg‘atuvchisi) kabi zamburug‘lar kiradi.

  2. Zigomitsetlar (zygomycetes). - yaxshi rivojlangan bir hujayrali, jinsiy va jinssiz yo‘l bilan ko‘payadigan, taraqqiy etgan tuproq zamburug‘laridir. Ular zoosporalar hosil qilmaydilar. Jinsiy ko‘payish sporangiylarda hosil bo‘ladigan sporangiospora yordamida amalga oshadi. Gurkirab o‘sayotgan mitseliydan vertikal hxolda sporangiy tanachasi o‘sib chiqadi va unda yuzlab va minglab sporangiosporalar yetiladigan sporangiy hosil bo‘ladi. Ayrim zamburug‘larda sporangiy tanachasi shoxlagan bo‘lib, sporangiylar mayda bo‘ladi. Bunday sporangiylarda bitta yoki bir necha spora hosil bo‘ladi. Zigomitsetlarning jinsiy ko‘payishini Rhizopus zamburug‘lari misolida ko‘rish mumkin. Bu zamburug‘ turini sporangiosporalari ko‘p yadrolidir.

Qulay sharoitda ular ko‘p shoxlagan havo mitseliylari hosil qilib o‘sadi. Havodagi gifalar substrat bilan to‘qnashganda substrat ichiga singuvchi rizoidlar hosil bo‘ladi. Bevosita ana shu ustun bitta yoki bir necha spora tanachala ri hosil qiladi. Jinsiy ko‘payish davrida gifalar orasida ko‘prik hosil bo‘ladi va u asta-sekin litsenit gifalardan ajraladi, bunda avval protoplast, so‘ngra esa yadro qo‘shiladi. Natijada zigospora hosil bo‘ladi. Biroz tinish davri o‘tgach zigosporada murg‘ak
294


sporangi hosil bo‘ladi. Sikl yana qaytariladi.


Zoosporalar - harakatchan bo‘lib faol harakatlanadilar. Sporangiosporalar esa hamma vaqt harakatsizdirlar. Yuqori rivojlangan zamburug‘larda sporalar ekzogen holda, ya’ni erkin gifalar oxirida hosil bo‘ladi. Fikomitsetlarning mitseliylari ko‘ndalang bo‘linmagan bo‘lib, mitseliylar chegaralangandir. Qolgan zamburug‘larda mitseliylar ma’lum masofada qat’iy ko‘ndalang chegaralangan yoki bo‘lingandir.
Ushbu ikkita asosiy belgilar yordamida fikomitsetlarni yuqori zamburug‘lardan ajratish mumkin. Bo‘linmadan mitseliylarda sitoplazma gifa bo‘ylab joylashadi, ammo ko‘ndalang bo‘lingan mitseliylarda ham to‘siqlar sitoplazmani alohida hujayralarga bo‘lib qo‘ymaydi, chunki har bir to‘siq o‘rtasida markaziy spora bo‘lib, undan sitoplazma va yadrolar bemalol o‘tishi mumkin. Tanasi bo‘lingan zamburug‘larda ham bo‘linmaganlari sitoplazmaning ana shunday uzluksizligi mavjuddir.



  1. rasm. Achitqi zambumgi. a - alohida hujayrazi; b - kurraklanizhi; v - qyrahb hlgurmazan hiyayralw zanjin; g

  • azkozporalar xaltada)


  1. Download 6,93 Mb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   76   77   78   79   80   81   82   83   ...   259




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish