O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maхsus ta’lim vazirligi


«Katta sakkizlik» tarkibiga kiruvchi mamlakatlarning ko‘rsatkichlari (2007 yil)



Download 2,01 Mb.
bet155/184
Sana30.03.2022
Hajmi2,01 Mb.
#518330
1   ...   151   152   153   154   155   156   157   158   ...   184
Bog'liq
5-Iqtisodiyot-nazariyasi

«Katta sakkizlik» tarkibiga kiruvchi mamlakatlarning ko‘rsatkichlari (2007 yil)



Aholi soni




YaIM

Mln. kishi

Jamiga nisbatan foizda

mlrd. doll.

Jamiga nisbatan foizda

Jahon bo‘yicha

6345,1

100,0

66228,7

100

AQSH

302,5

4,53

13543,3

20,4

YAponiya

127,7

1,91

4346,0

6,6

Gеrmaniya

82,4

1,23

2714,5

4,1

Buyuk Britaniya

60,2

0,9

2270,9

3,4

Frantsiya

64,1

1,01

2117,0

3,2

Rossiya

142,5

2,14

2076,0

3,1

Italiya

59,1

0,89

1888,5

2,9

Kanada

32,9

0,49

1217,1

1,8

«Katta sakkizlik» mamlakatlari birgalikda

871,4

13,1

30006

45,3

Manba: http://ru.wikipedia.org.
Valyuta–moliyaviy sohani xalqaro uyg‗unlashtirishning kuchayishi ko‗p jihatdan XVFning faoliyati bilan bog‗liq. U o‗zining nizomiga muvofiq valyuta kurslari va a‘zo mamlakatlar to‗lov balanslarini tartibga soladi, ko‗p tomonlama to‗lov tizimlari va rivojlanayotgan mamlakatlar tashqi qarzlarini nazorat qiladi, a‘zo mamlakatlarga ularning valyuta-moliya muammolarini hal qilish uchun kredit beradi.
Rivojlanayotgan mamlakatlarda tarkibiy qayta qurishlarni moliyalashtirish bilan XTRB faol shug‗ullanadi. XTRB va u bilan birga jahon banki tarkibiga kiruvchi Xalqaro rivojlanish uyushmasi (XRU), Xalqaro moliyaviy korporatsiya (XMK) har xil investitsion obyektlarni o‗rta va uzoq muddatli kreditlash bilan shug‗ullanadi, loyihalarning moliyaviy-iqtisodiy asoslarini tayyorlaydi, rivojlanayotgan mamlakatlardagi tarkibiy qayta o‗zgartirishga yordam beradi.
Davlatlararo tashkilotlar ichida barcha sanoat jihatdan rivojlangan mamlakatlarni birlashtiruvchi IHRT muhim rol o‗ynaydi. Uning doirasida ichki iqtisodiy tadbirlarning boshqa mamlakatlar milliy iqtisodiyoti samaradorligiga ta‘sirini, ularning to‗lov balansi holatini o‗rganish amalga oshiriladi, milliy iqtisodiyotning jahon xo‗jaligi tamoyillariga tez moslashishini ta‘minlash maqsadida makroiqtisodiy tartibga solish bo‗yicha tavsiyanomalar beriladi. IHRT jahon xo‗jaligi doirasida ko‗p omilli fuktsional aloqalarni o‗rganishni amalga oshiradi, valyuta va byudjet siyosati, narxlar, savdo va boshqa sohalar bo‗yicha ilmiy asoslangan iqtisodiy prognozlar tavsiya etadi.
Sharqiy yevropa mintaqasida tarkibiy qayta qurishga moliyaviy ta‘sir ko‗rsatish va yordam tashkil qilish maqsadida 1991 yil yevropa tiklanish va taraqqiyot banki (ETTB) tuzildi.
Shuni ta‘kidlash lozimki, jahon iqtisodiy munosabatlarini xaqaro tartibga solish tizimida doimiy o‗zgarishlar ro‗y berib turadi.
80-yillarda iqtisodiy, ijtimoiy, siyosiy sabablar taqozo qilgan dunyo siyosiy vaziyatdagi o‗zgarishlar, jahon xo‗jalik aloqalari tizimini ko‗p tomonlama tartibga solish shakllari evolyutsiyasiga olib keldi. Bular ichida sobiq sotsialistik mamlakatlarda vaziyatning o‗zgarishi, tashqi faoliyatida mustaqil subyektlarni tashkil qiluvchi davlatlar sonining keskin ko‗payishi hamda dunyo mamlakatlari ichida ro‗y beradigan o‗zgarishlar muhim o‗rin tutadi.
80-yillarning o‗rtalarida dunyoda AQSH, G‗arbiy yevropa va YAponiyadan iborat ancha qudratli raqobatlashuv markaz vujudga keldiki, bu ham jahon iqtisodiy munosabatlarini tartibga solishga o‗z ta‘sirini ko‗rsatadi.
Jahon xo‗jalik aloqalarini tartibga solishga xalqaro tashkilotlar a‘zolar tarkibidagi o‗zgarishlarning ham ta‘siri bo‗ldi. XVF, XTRB, TSBKga Osiyo, Afrika, Lotin Amerikasidagi ozod bo‗lgan mamlakatlar va keyin qator sobiq sotsialistik mamlakatlar faol kira bordiki, bu ham jahon xo‗jaligi aloqalarini tartibga solishda ma‘lum o‗zgarishlarga olib keladi.
Evropa Ittifoqi (EI) doirasida yagona bozorni bunyod etishga harakat tufayli yagona umumevropa fuqaroligi, iqtisodiy, valyuta va siyosiy ittifoq ta‘sis etiladi. Bu Ittifoqning SHartnomada belgilangan vazifalarini bajarish uchun bir qator yevropa muassasalari tuzildi.
Evropa Ittifoqining ijroiya organi yevropa hamjamiyati Komissiyasi
(EHK)dir. Uning a‘zolarini milliy hukumatlar tayinlaydi, lekin ular o‗z faoliyatlarida mutlaqo mustaqildir.
Ittifoqning qarorlar qabul qilish organi Vazirlar Kengashi hisoblanadi. Uning tarkibida ichki ishlar, moliya, ta‘minot, qishloq xo‗jaligi kabi Vazirlar
Kengashi mavjud bo‗ladi.
Evropa hamjamiyati Komissiyasi faoliyatini nazorat qilish, hamjamiyat byudjeti va qonunlarini ma‘qullash hamda ularga o‗zgartirish kiritish huquqi yevropalament zimmasiga yuklatiladi.
Evropa Ittifoqida 1999 yildan boshlab yagona pul-kredit siyosati o‗tkazila boshlandi. Shu munosabat bilan yagona valyuta – EKYU, 2004 yildan boshlab yevro joriy etildi va yangi muassasa – yevropa Markaziy banki tuzilib, u milliy banklar bilan birga yevropa banklar tizimining asosini tashkil qildi.

Download 2,01 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   151   152   153   154   155   156   157   158   ...   184




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish