O‘zbeкiston respubliкasi oliy va o‘rta mahsus ta’lim vazirligi


 Iqtisodiy bilimlarning vujudga kelishi va iqtisodiy fanlarning



Download 13,75 Mb.
Pdf ko'rish
bet6/321
Sana15.01.2022
Hajmi13,75 Mb.
#368231
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   321
Bog'liq
iqtisodiyot nazariyasi

4. Iqtisodiy bilimlarning vujudga kelishi va iqtisodiy fanlarning 

shakllanishi 

 

Iqtisodiyot  sir-asrorlarini  bilishga  qiziqish  juda  qadim  zamon-

larda ham mavjud bo‘lgan.  

Iqtisodiyotga  oid  bilimlar  antik  dunyoning  ko‘zga  ko‘ringan 

olimlari 

Кsenofont,  Platon,  Aristotel  shu-

ningdek,  qadimgi  Misr,  Xitoy,  Hin-

diston  va  Markaziy  Osiyo  muta-

fakkirlari  qarashlarida  ham  uchraydi. 

Ilk  iqtisodiy  bilimlarning  ildizlarini 

qadimgi  dunyo  avvalo,  jahon  sivili-

zatsiyasi  beshigi  Кo‘hna  Sharq  mamlakatlari  mutafakkirlari 

qarashlaridan  o‘z  o‘rniga  ega  bo‘lgan.  Qadimgi  Hindistonning 

«Manu  qonunlari»da  (bizning  eramizgacha  IV-III  asr)  ijtimoiy 

mehnat  taqsimoti,  hukmronlik  va  qaramlik  munosabatlari  mavjud 

bo‘lishi  qayd  qilingan.  Qadimgi  Xitoy  mutafakkirlari  xususan 

Кonfutsiy  (bizning  eramizgacha  551-479  y.y.)  asarlarida  aqliy  va 

jismoniy  mehnatning  farqlari  ko‘rsatiladi,  bunda  birinchisi  jamiyat 

“yuqori” qatlamlari, ikkinchisi asosiy qismi qullardan iborat bo‘lgan 

«oddiy kishilar» ga tegishli bo‘lishi qo‘rsatilgan.  

Iqtisodiy  qarashlarning  yanada  rivojlanishiga  qadimgi  Gretsiya 

mutafakkirlari  munosib  hissa  qo‘shgan,  Кsenofont  (e.o  430-354 

y.y.,),  Platon  (e.o  427-347  y.y.),  Aristotel  (e.o  384-322  y.y.) 

qarashlarini  hozirgi  zamon  iqtisodiy  fanining  boshlang‘ich  nazariy 

nuqtasi  sifatida  tavsiflash  mumkin.  Bu  ularning  xo‘jalik  ne’matlari 

asosi hisoblangan naflilik to‘g‘risidagi, ne’matlarni to‘g‘ri ayribosh-

lash,  ekvivalentlar  ayriboshlanishi  va  boshqa  shu  kabi  qarashlariga 

tegishli.  




22 

Qadimgi  Rim  mutafakkirlari  (S.Кatona,  Varrona,  Кalumella) 

iqtisodiy  qarashlarida  qulchilikning  mavjud  bo‘lishi  asoslanadi, 

tabiatan  barcha  kishilar  tengligi  qayd  qilinadi,  adolatli  narx 

prinsiplari,  mehnat  mahsulotlarini  ijtimoiy  baholash,  mulkchilik 

tushunchasi  boylik  va  boshqa  shu  kabilarga  o‘z  fikrlarini  bayon 

qilinadi.  

Aristotel  birinchilardan  bo‘lib  tovarning  xususiyatini  ko‘rsatib, 

ayriboshlash  nisbatini  asoslaydi,  pulning  kelib  chiqishi  va  vazi-

falariga o‘zining qarashlarini bayon etadi. 

Qadimgi  dunyo  olimlari  iqtisodiyotning  ko‘pgina  qonun-

qoidalarini,  tushunchalarini  yoritib  bergan  bo‘lsa  ham,  u  davrda 

iqtisodiy fan ilmiy bilimning alohida sohasi sifatida shakllanmagan.  

Iqtisodiyot nazariyasi fani ko‘pgina mamlakatlarda milliy bozor 

shakllangan  va  jahon  bozori  vujudga  kelayotgan  davrlarda  dastlab 

«siyosiy iqtisod» nomi bilan shakllana boshladi.  

Siyosiy  iqtisod  yunoncha  so‘zdan  olingan  bo‘lib  «politiko»–

ijtimoiy,  «oykos»-uy  xo‘jaligi,  «nomos»–qonun,  ya’ni  uy  yoki 

ijtimoiy  xo‘jalik  qonunlari  degan  ma’noni  bildiradi.  Bu  «iqtisod» 

tushunchasiga  yaqin  bo‘lib  u  hozirgi  davrda  turlicha  mazmunda 

ishlatiladi,  ya’ni  har  xil  darajadagi  xo‘jaliklarni,  ilmiy  bilishning 

aniq  sohasini  va  yaxlit  iqtisodiy  munosabatlarni  anglatadi.  Fransuz 

iqtisodchisi  Antuan  de  Monkreten  birinchi  marta  «Siyosiy  iqtisod 

traktati»  (1615  y.)  nomli  asarida,  bu  fanni  mamlakat  miqyosida 

iqtisodiyotni boshqarish fani sifatida asosladi.  

Iqtisodiy  fan  shakllanishi  jarayonida  bir  qancha  g‘oyaviy 

oqimlar,  maktablar  vujudga  kelgan.  Ular  jamiyat  boyligining 

manbai  nima,  u  qayerda  va  qanday  qilib  ko‘payadi,  degan 

savollarga  javob  topishga  urinishgan.  Bunday  iqtisodiy  oqimlardan 

dastlabkisi  «merkantilizm»,  (italyancha  mercante  -  savdogar)  deb 

atalgan. Bu oqim tarafdorlari odamlarning, jamiyatning boyligi (pul, 

oltin)  savdoda,  asosan  tashqi  savdoda  paydo  bo‘ladi,  ko‘payadi, 

faqat  savdoda  band  bo‘lgan  mehnat  unumli  mehnat,  boshqalari  esa 

unumsizdir, deb tushuntiradi.  

Boshlang‘ich  merkantalizm  (XIV  asr  oxiri  XVI  asr  o‘rtalari) 

monetar  tizim  deb  nomlanib,  uning  asosiy  sharti  pul  (oltin, 

kumush)ni  mamlakatda  ushlab  qolish  hisoblangan.  Vaqt  o‘tishi 

bilan  merkantalistlar  bu  tadbir  o‘z-o‘zicha  mamlakatning  boyligini 




23 

oshirmasligini  tushunishgan.  Кeyingi  merkantalizm  (XVII-XVIII 

asr  boshlari)  tashqi  savdo  rivojlanishi  va  umuman  iqtisodiy 

rivojlanishga pulni tashqariga chiqarishni taqiqlash to‘siq bo‘lishini 

anglashgan.  Bu  holda  asosiy  talab  tashqi  savdoda  pulning  ijobiy 

qoldig‘i  mavjud  bo‘lishi  hisoblangan,  pul  oqimini  tartibga  solishga 

esa iqtisodiy usullar yordamida erishilishi lozimligi ta’kidlangan.  

Кeyingi  merkantalizmning  Angliyadagi  asosiy  vakili  Tomas 

Mann  (1571-1641)  hisoblanib,  shu  oqim  nuqtayi  nazarida 

davlatning  ichki  va  tashqi  siyosatini  asoslaydi.  Merkantalizm  kon-

sepsiyasi  asosan  proteksionizm  iqtisodiy  siyosatiga  tayanadi,  ya’ni 

ular  davlatning  iqtisodiyotni  boshqarishda  qatnashishi,  eksportning 

importdan  ortiq  bo‘lishi  va  boylikni  ko‘paytirishni  ta’minlashi 

zarurligi masalalariga e’tibor qaratadi. Bu  obyektiv vujudga kelgan 

nazariya va siyosat kapitalning dastlabki jamg‘arilishi va shu orqali 

iqtisodiy o‘sishga ijobiy ta’sir ko‘rsatgan. 

«Fiziokratlar»  merkantilistlardan  farqli  o‘laroq,  boylik  qishloq 

xo‘jaligida  yaratiladi  va  ko‘payadi,  degan  g‘oyani  olg‘a  surdi. 

«Fiziokratiya»  yunoncha  so‘zdan  olingan  bo‘lib,  ma’nosi  «tabiat 

hukmronligi»  degan  ma’noni  anglatadi.  Bu  maktab  dastlab  XVIII 

asr o‘rtalarida vujudga kelib, keyin Italiya, Angliya va Germaniyada 

keng  yoyilgan.  Fransiyada  fiziokratlar  g‘oyasining  asoschisi 

Fransua  Кene  (1694-1774)  qishloq  xo‘jaligi  ishlab  chiqarishning 

yagona tarmog‘i hisoblanadi, unda tabiiy yo‘l bilan qo‘shimcha «sof 

mahsulot»  vujudga  kelib,  xalqning  boyligini  ko‘paytirib  boradi 

degan  qarashni  ilgari  suradi.  Uning  fikricha,  qishloq  xo‘jaligida 

doimiy takror hosil qilinadigan boylik barcha sohalar o‘sishi uchun 

asos  bo‘lib  xizmat  qiladi,  savdoning  gullab-yashnashi  va  aholi 

farovonligiga  olib  keladi,  sanoatni  rivojlantiradi  hamda  millatning 

kamolotini  ta’minlaydi.  Fiziokratlar  iqtisodiy  qonunlar  ham  tabiat 

qonunlari  kabi  tabiiy,  ular  o‘ylab  topilmaydi,  balki  ularni  bilish  va 

talabiga bo‘ysunish zarur deb hisoblaydi. 

F.Кene birinchi bo‘lib, ijtimoiy takror ishlab chiqarish modeli – 

mashhur  “iqtisodiy  jadvalni”  yaratadi.  F.Кene  dehqonchilikda 

barcha  sinflar  uchun  oziq-ovqat  mahsulotlari,  sanoat  uchun 

xomashyo,  kelgusi  yil  hosili  uchun  urug‘lik  ishlab  chiqarilishi 

natijasida  milliy  iqtisodiyotda  sinflar  o‘rtasida  tovar  va  pul  oqimi 



24 

harakatda  bo‘ladi  deb  ko‘rsatadi.  Olingan  sof  daromadni  ular  yer 

mulkdoriga renta shaklida beradi. 

Fiziokratlar  butun  sof  daromad  mulkdorlar  sinfiga  tegishli 

bo‘lishi  sababli,  mazkur  daromadga  soliq  kiritib,  uni  yer  mulkdor-

laridan undirib olish zarur deb hisoblaydi.  

Uilyam  Petti  (1623-1686)  g‘oyalari  merkantilizmdan  klassik 

fan-siyosiy  iqtisodga  o‘tish  uchun  ko‘prik  bo‘ldi.  U  birinchi  bo‘lib 

boylikning manbai mehnat va yer deb e’lon qildi.  

«Mehnat  boylikning  otasi  bo‘lsa,  yer  uning  onasidir»  degan 

mashhur  qarash  U.Pettiga  tegishli.  XVII-XVIII  asrda  Angliyada 

iqtisod  fanining  klassik  maktabi  namoyondalari  bo‘lmish  A.Smit,     

D.  Rikardolar  tomonidan  boylik  faqatgina  qishloq  xo‘jaligidagina 

emas, balki butun moddiy ishlab chiqarish tarmoqlarida yaratilishini 

isbotlab berdi hamda ular boylikning umumiy shakli tovar va pulda 

mujassamlashgan  qiymat  deb  hisoblaydi.  Qiymatning  o‘zini  tovar 

ishlab  chiqaruvchilar  mehnati  vujudga  keltiradi.  Shundan  kelib 

chiqib,  ular  boylikning  onasi  yer,  otasi  mehnat,  degan  qat’iy  ilmiy 

xulosaga  keldi.  A.Smit  (1723-1790)  iqtisodiy  fanning  predmeti 

jamiyatning  iqtisodiy  rivojlanishi  va  aholi  turmush  farovonligini 

o‘stirishni  o‘rganish  deb  hisoblaydi.  U  o‘zining  «Xalqlar 

boyligining tabiati va sabablari to‘g‘risida tadqiqot» (1776 y.) nomli 

asarida  klassik  maktab  rivojlanishining  yuz  yillik  davrini 

umumlashtirib tovar ishlab chiqarish va ayriboshlashga alohida soha 

sifatida  qarashlarini  asosladi,  ular  obyektiv  qonunlar  asosida 

rivojlanishi va davlat tomonidan tartibga solishga muhtoj emasligini 

ko‘rsatadi.              A.  Smit  moddiy  ishlab  chiqarishda  nima  yaratilsa 

jamiyatning  boyligi  deb  hisoblaydi.  U  boylikning  o‘sish  shart-

sharoitlari  mehnat  taqsimoti  va  uning  unumdorligi  ortishidir  deb 

ta’kidlaydi.  

 A.Smit  fikricha,  qiymatning  manbai  mehnat,  jamiyat 

rivojlanishi  mehnat  bilan  birga  kapital  va  yer  ham  qiymat  manbai 

bo‘lib  boradi,  Shu  sababli,  tovar  narxi  ish  haqi,  foyda  va  rentadan 

qaror  topadi.  U  ijtimoiy  boylik  ortib  borishi  bilan  jamiyatning 

barcha sinflari daromadi o‘sib boradi, pul qiymat o‘lchovi vazifasini 

bajaradi degan xulosaga keladi.  

A.  Smit  tushunishicha,  qachonki  shaxsiy  manfaat  ijtimoiy 

manfaatdan ustun tursa bozor qonunlari iqtisodiyotga samarali ta’sir 




25 

ko‘rsatadi.  Inson  o‘z  manfaatini,  shaxsiy  iqtisodiy  faolligi 

natijalarini  faqat  boshqalar  bilan  o‘zaro  ayriboshlash  yo‘li  bilan 

ro‘yobga  chiqaradi.  Shunday  qilib,  kishilar  o‘z  manfaatini  ko‘zlab, 

bir-birlari  uchun  mahsulot  ishlab  chiqaradi,  bozor  esa  ularning 

o‘zaro  manfaatlarini  hisobga  olishga  majbur  qiladi,  ya’ni  bunda 

kishilar beixtiyor jamiyat uchun ishlaydi. 

A.  Smitning  «ko‘rinmas  qo‘l»  qoidasida  bozor  kuchlari  (erkin 

narxlar,  talab  va  taklif,  raqobat)  va  obyektiv  iqtisodiy  qonunlar 

stixiyali ta’siri nazarda tutiladi. U davlatning jamiyatdagi yangi sinfi – 

kapitalist  –  tadbirkorlarning  xo‘jalik  ishlariga  aralashmasligini 

yoqlab  chiqadi  va  tabiiy  erkinlik  g‘oyasini  ilgari  suradi.  Tabiiy 

erkinlik  siyosati  uning  nazariyasida  quyidagilarni  ko‘zda  tutadi: 

ishchi  kuchining  erkin  harakati,  yer  bilan  erkin  savdo,  sanoat  va 

savdo  faoliyat  qilishini  davlat  tomonidan  tartibga  solishni  bekor 

qilish. 


A.Smitning alohida nazariy qarashlari izdoshi D.Rikardo (1772-

1823) hisoblanadi. Uning nazariy qarashlarining xarakterli belgisi – 

qiymat qonuni yaxlit iqtisodiy nazariya fani shakllanadigan asos deb 

tan  olinishidir.  D.Rikardo  mazkur  fanning  asosiy  vazifasi 

daromadlar taqsimlanishini boshqaradigan qonunlarni ochishda deb 

biladi. U ishlab chiqarish sohasini qiymat va daromadlar manbai deb 

hisoblaydi  hamda  foyda  normasining  pasayish  tamoyilini  ko‘rsatib 

beradi, Differensial renta mexanizmini yoritadi.  

 D.Rikardo  kapitalizmga  ishlab  chiqarishning  mutlaq  ratsional 

tizimi,  foyda  normasiga  esa  –  kapitalizm  jo‘shqinligining  rag‘bat-

lantuvchisi  sifatida  qaraydi.  Uning  g‘oyalari  Angliya  utopik 

sotsializm nazariyasiga asos bo‘ldi. 

Iqtisodyot  nazariyasi  fanining  rivojlanishiga  Sismondi  (1773-

1842)  ham  muhim  hissa  qo‘shdi.  U  kapitalistik  jamiyat  iqtisodiy 

mexanizmini  tanqid  qilib,  siyosiy  iqtisod  inson  baxti  yo‘lida 

ijtimoiy  mexanizmni  takomillashtirishga  qaratilagan  fan  bo‘lmog‘i 

lozim  deb  ko‘rsatadi.  Кapitalizmning  iqtisodiy  tuzumini  tanqid 

qilish  bilan  bir  qatorda  undan  ko‘ra  progressiv  bo‘lgan  jamiyat 

qurish  g‘oyasi  Sen-Simon  (1760-1825),  Sharl  Fure  (1772-1837), 

Robert  Ouen  (1771-1858)  kabi  sotsial  utopistlar  tomonidan  ilgari 

surilgan  edi.  Ular  xususiy  mulkni  qattiq  tanqid  qilib,  uni  tugatish 

tarafdori  edilar.  Ulardan  keyin  marksizm  deb  nomlangan  nazariy 




26 

yo‘nalish  jamiyat  taraqqiyotiga  tabiiy-tarixiy  jarayon  deb  qarab, 

ijtimoiy-iqtisodiy  formatsiyalar,  ularning  iqtisodiy  tizimi,  tarkibiy 

qismlari,  vujudga  kelishi,  rivojlanishi  va  boshqasi  bilan  o‘rin 

almashish  sabablari  to‘g‘risidagi  ta’limotni  hamda  qo‘shimcha 

qiymat  nazariyasini  yaratdilar.  Mazkur  ta’limot  asoschilari 

o‘zlarining nazariy konsepsiyasini uslubiy jihatdan bir vaqtda uchta 

ilmiy  manbaga  tayanib  yaratadi:  A.Smit  –  D.Rikardoning  Angliya 

klassik siyosiy iqtisodi, Gegel – Feyrbaxning nemis klassik falsafasi 

va fransuz utopik sotsializmi. 

Ular  ta’limotida  asosiy  o‘rinni  bazis  va  ustqurma  konsepsiyasi 

egallaydi  –  unga  ko‘ra  ijtimoiy  borliq  (hayot)  kishilar  ongini 

belgilaydi. Mazkur nazariyada kapitalizm tizim sifatida daromadlar 

taqsimotida  bozor  prinsiplari  buzilishiga  olib  kelishi,  to‘liq 

bandlikni ta’minlay olmasligi, kolonial ekspluatatsiya va urushlarga 

tortishi  qayd  qilinadi.  Ular  A.Smit  va  D.Rikardo  asos  solgan 

qiymatning mehnat nazariyasini yangidan qayta ishlab,  qo‘shimcha 

qiymat  ishlab  chiqarishga  proletariatni  ekspluatatsiya  qilish  orqali 

erishilishini  va  uning  kapitalistlar  tomonidan  o‘zlashtirilishi  ular 

boyligining ko‘paytirishning doimiy manbaini tashkil qilishini qayd 

etadi. 

Кapitalning  jamg‘arilish  jarayoni  sinfiy  kurashning 

keskinlashishi  va  kapitalizmning  barbod  bo‘lishi  bilan  tugashini 

qayd qiladi.  

К.Marksning kapital to‘g‘risidagi ta’limoti bir xil baho olmadi. 

Sobiq  sotsialistik  mamlakatlarda  marksistik  g‘oyani  ro‘yobga 

chiqarishga qaratilgan harakat muvaffaqiyatsizlikka mahkum bo‘ldi. 

Bu  uning  chuqur  inqiroziga  olib  keldi.  Hozirgi  kunda  Marksizm 

tanqidchilari  kapitalizm  barbod  bo‘lganligi  va  uning  bashoratlari 

tasdiqlanmaganligini  qayd  qilishadi.  Bu  g‘oyaning  tarafdorlari  u 

tadqiq  qilgan  kapitalizm  1930-yillardagi  buyuk  depressiya  davrida 

barbod bo‘lganligini ko‘rsatadi.  

Markaziy Osiyoda iqtisodiy qarashlarning rivojlanishi Abu Nasr 

Forobiy  (870-950),  Abu  Ali  ibn  Sino  (980-1037),  Abu  Rayhon 

Beruniy (973-1048), Yusuf Xos Hojib, Alisher Navoiy (1441-1501) 

va  boshqa  shu  kabi  dunyoga  mashhur  mutafakkirlar  nomi  bilan 

bog‘liq.  Ularning  asarlaridagi  iqtisodiy  g‘oyalar  hali  falsafiy 

bilimlardan  to‘liq  ajralmagan  bo‘lsada,  ancha  qiziqish  uyg‘otadi. 

Jumladan,  Abu  Nasr  Forobiy  qarashlarida  insonlarning  ehtiyojlari 



27 

to‘g‘risidagi 

g‘oyalar 

markaziy 

o‘rinni 

egallaydi. Uning fikricha, kishilarning moddiy 

ehtiyojlari 

jamiyatning 

shakllanishida 

birlamchi sabablardan hisoblanadi.  

 Ibn Sino nafaqat oila doirasida, balki sha-

har va davlat darajasida daromad va harajatlar 

muvozanati  haqida  fikr  yuritadi.  Uning 

qarashicha,  daromad  va  xarajatlar  muvoza-

natligiga  tabiiy  ofatlar  va  urushlar  ro‘y  berganida  zaxiradan  mab-

lag‘larni ta’lim uchun ajratishni hisobga olib erishish zarur. 

Iqtisodiy  bilimlar  sohasida  XI  asrning  buyuk  mutafakkiri  va 

shoiri Yusuf Xos Hojib muhim o‘rin tutadi. U jamiyat rivojlanishida 

mehnatning  rolini  ko‘rsatib,  moddiy  boyliklarning  xarakteri  va 

xususiyatlarini qayd qiladi, mehnat taqsimoti masalasi muhimligiga 

e’tibor qaratadi hamda pulning vazifalariga aniq ta’rif beradi.  

Buyuk  shoir,  mutafakkir,  qomuschi  olim  va  davlat  arbobi 

A.Navoiy  jamiyatning  ijtimoiy-iqtisodiy  tuzilishi  haqida  o‘z  fikr-

larini  bayon  qiladi,  boylikni  yaratishda  mehnatning  rolini  ko‘rsatib 

beradi.  U  «boylik»  agar  u  butun  xalq  tomonidan  foydalanilsa, 

ne’matga  aylanadi  deb  hisoblaydi.  Uning  fikricha,  davlat 

boyishining  manbai  soliqlar  hisoblanadi,  Shu  sababli,  adolatli  soliq 

tizimini o‘rnatish g‘oyasini ilgari suradi. Navoiy o‘zining asarlarida 

davlat moliyasiga alohida e’tibor qaratadi.  

 


Download 13,75 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   321




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish