O‘zbeкiston respubliкasi oliy va o‘rta mahsus ta’lim vazirligi


O‘zbekistonda iqtisodiy faoliyat turlari bo‘yicha bandlar



Download 13,75 Mb.
Pdf ko'rish
bet279/321
Sana15.01.2022
Hajmi13,75 Mb.
#368231
1   ...   275   276   277   278   279   280   281   282   ...   321
Bog'liq
iqtisodiyot nazariyasi

 

O‘zbekistonda iqtisodiy faoliyat turlari bo‘yicha bandlar  

(2016-yil.) 

28.1-jadval 

Iqtisodiyot tarmoqlari 

Ming kishi   Foizda  

Iqtisodiyotda jami bandlar soni  

13298,4 

100,0 


Shu jumladan tarmoqlarda: 

Qishloq o‘rmon va baliq xo‘jaligi  

3646,7 

27,4 


Sanoat  

1802,4 


13,6 

Qurilish  

1263,6 

9,5 


Savdo  

1452,4 


10,9 

Tashish va saqlash 

638,2 

4,8 


Yashash va ovqatlanish bo‘yicha xizmatlar 

308,0 


2,3 

Axborot va aloqa  

63,6 

0,5 


Moliyaviy va sug‘urta faoliyati  

66,5 


0,5 

Ta’lim  


1105,6 

8,3 


Sog‘liqni  saqlash  va  ijtimoiy  xizmatlar 

ko‘rsatish 

601,6 

4,5 


                                                           

143


 Karimov I.A. 2014-yil yuqori o‘sish sur’atlari bilan rivojlanish, barcha mavjud imkoniyatlarni safarbar 

etish, o‘zini oqlagan islohotlar strategiyasini izchil davom ettirish yili bo‘ladi. T.: O‘zbekiston, 2014-yil, 

16-bet. 

   



594 

San’at, ko‘ngil ochish va dam olish  

65,1 

0,5 


Boshqa faoliyat turlari  

2284,7 


17,2 

Respublikada  bandlikning  tarmoq  tarkibidagi  keskin  kamayishi 

qishloq  xo‘jaligi  sohasi  ulushiga  tegishli  bo‘lgan.  Agrar  sohaning 

YaIMdagi  ulushi  2016-yilda  2000-yilga  taqqoslanganda  12,5  (30,1 

dan 17,6) foizga qisqargani holda, bandlikdagi ulushining kamayishi 

6,8 foizni tashkil qilgan.  

Respublikada 

bandlikning 

tarmoq tarkibidagi ro‘y beradigan 

istiqboldagi  muhim  o‘zgarishlar 

sifatida  quyidagilarni  qayd  qilish 

mumkin. 


Iqtisodiyotning,  sanoat  tar-

mog‘ining  mavjud  quvvatlarini 

yangilash  va  modernizatsiyalash, 

ishlab  chiqarishni  diversifikatsiyalash  hamda  kooperatsiyalash 

asosida  mahalliylashtirish  dasturlarini  amalga  oshirish  natijasida 

bandlikdagi ancha muhim miqdor va sifat o‘zgarishlar uning alohida 

tarmoqlariga tegishli bo‘ladi. Jumladan, sanoatning qazib oluvchi va 

undiruvchi  tarmoqlarida,  band  bo‘lganlar  salmog‘i  nisbatan  kama-

yib, uni qayta ishlovchi tarmoqlaridagi ulushi shunga mos ravishda 

ortib  boradi.  Bu  avvalo,  yoqilg‘i,  metallurgiya,  kimyo  va  qurilish 

materiallari sanoatiga tegishli. 

Qishloq  xo‘jaligini  innovatsion  rivojlanish  yo‘liga  o‘tkazishda 

band  bo‘lganlar  mutlaq  va  nisbiy  ulushining  kamayishi  tarmoq 

mahsulotining  YaIMdagi  salmog‘i  qisqarishiga  mutanosib  ravishda 

bo‘lishiga 

erishib 


borishga 

qaratilishi 

zarur. 

Tarmoqning 

bandlikdagi  ulushi  2007-yildan  boshlab  nisbatan  barqaror  (26,0-

27,0%) saqlanib qolgan holda, uning YaIMdagi salmog‘i bu davrda 

6,0% (23,2 % dan 17,2 %)ga yoki ¼ hissaga qisqargan.  

Samarali  bandlikni  ta’minlash  talabi  hisobga  olinganda  iqtiso-

diyotning  transport  va  aloqa  tarmog‘i  boshqa  tarmoq  va  sohalarga 

qiyosan  ancha  yuqori  mavqega  ega  ekanligini  kuzatish  mumkin. 

Mazkur tarmoqning YaIM va bandlikdagi ulushi 2000-yilda deyarli 

bir  xil  darajani  (mos  ravishda  7,7  va  7,5%)  tashkil  qilgani  holda, 

2016-yilda  bu  ikki  ko‘rsatkich  o‘rtasidagi  farq  birinchisi  foydasiga 

2,2 barobarga yaqin ortgan. Mazkur tarmoqda keyingi yillarda qaror 




595 

topgan ijobiy tamoyillarni saqlab qolish nafaqat sohada, balki butun 

milliy  iqtisodiyotda  samarali  bandlikni  ta’minlashga  ijobiy  ta’sir 

ko‘rsatadi.  

Samarali bandlikka erishib borish talabi nuqtayi nazaridan iqti-

sodiyotning  qurilish  hamda  savdo  tarmoqlarida  va  umumiy  ovqat-

lanish  sohalarida  ishchi  kuchidan  foydalanilmayotgan  katta 

potensial  imkoniyatlar  mavjud-

ligini  ko‘rsatadi.  Xususan,  quri-

lish  tarmog‘ining  bandlikdagi 

ulushi 2000-2016-yilda ¼ hissaga 

ortgani  holda,  uning  YaIM  dagi 

hissasi deyarli o‘zgarmay qolgan. 

Savdo  va  umumiy  ovqatlanish 

sohalarining  YaIM  dagi  ulushi 

kamayib  borgan  sharoitda,  unda 

band  bo‘lganlar  salmog‘i  1/3 

barobarga  ortgan.  Demak,  iqti-

sodiyotning  mazkur  tarmoqlarida  ham  samarali  bandlikka  erishib 

borish istiqboldagi vazifalardan hisoblanib,  davlatning bu sohalarni 

innovatsion  rivojlantirishga  qaratilgan  chora-tadbirlari  ko‘proq 

mehnat 


unumdorligi 

va 


iqtisodiy 

faoliyat 

samaradarligini 

rag‘batlantirish maqsadlariga yo‘naltirilishi zarur.  

Respublika  iqtisodiyotida  bandlarning  hududiy  kesimidagi 

tahlili  shuni  ko‘rsatadiki,  uning  ulushi  ayrim  viloyatlar  bo‘yicha 

2,7% (Sirdaryo viloyati)dan 11,4% (Farg‘ona viloyati)gacha bo‘lgan 

darajani tashkil qilgan, ya’ni bandlikning eng past va yuqori ko‘rsat-

kichi o‘rtasidagi farq 4,2 barobardan ko‘proqqa teng bo‘lgan (2016 

y.).  Sirdaryo  va  Farg‘ona  viloyatlarining  YaIMdagi  ulushi  (mos 

ravishda  1,8  va  6,7%)dagi  farqlar  ko‘lami  ham  3,7  barobardan 

ko‘proqni tashkil qilgan.  

Respublika  viloyatlari  bo‘yicha  band  bo‘lganlarning  ulushidagi 

nisbatan  ancha  katta  farqlarni  ular  iqtisodiyotining  rivojlanganlik 

darajasi,  ixtisoslashuv  yo‘nalishi,  tarmoq  tuzilishi  va  unda  sanoat 

hamda  qayta  ishlovchi  sohalarning  ulushi  kabi  omillar  belgilab 

beradi.  

Respublikada  bandlikning  hududiy  tarkibini  takomillashtirishni 

quyidagi yo‘nalishlarda amalga oshirish maqsadga muvofiq: 



596 

  YaIMdagi  ulushi  bandlikdagi  salmog‘idan  yuqori  bo‘lgan 



hududiy  subyektlarda  bu  ijobiy  tamoyilni  saqlab  qolish  va  rivoj-

lantirishga qaratilgan chora-tadbirlarni amalga oshirish; 

  Band  bo‘lganlardagi  ulushi  YaIM  dagi  xuddi  shunday  ko‘r-



satkichdan  birmuncha  yuqori  bo‘lgan  hududiy  subyektlarda  ishlab 

chiqarishning  samaradorligini  va  mehnat  unumdorligini  oshirib  bo-

rishga qaratilgan tashkiliy-iqtisodiy tadbirlarni amalga oshirish.  

 Band bo‘lganlardagi ulushi nisbatan yuqori bo‘lgan subyekt-



larda mehnat sig‘imli ishlab chiqarish turlarini ustuvor rivojlantirish, 

o‘zini  mustaqil  ish  bilan  ta’minlashning  progressiv  shakllarini  va 

ishchi  kuchining  ichki  migratsiyasini  rag‘batlantirish  alohida  aha-

miyatga  ega  hisoblanadi.  Bandlikdagi  ulushi  past  darajaga  ega  hu-

dudlarda  ishlab  chiqarishning  texnik  va  texnologik  asoslarini  mus-

tahkamlash,  ikkilamchi  va  qo‘shimcha  ish  bilan  ta’minlash  imko-

niyatlarini kengaytirish muhim o‘rin tutadi.  

Hozirgi  kunda  mamlakatda  aholini  ish  bilan  bandligini  ta’min-

lash  bo‘yicha  amalga  oshirilayotgan  tarkibiy  o‘zgarishlar  quyidagi-

larni qamrab oladi: 

Aholining  ish  bilan  bandligi  tarkibiy  tuzilmasini  takomillash-

tirish  hamda  ishsiz  aholini  yangi,  mehnat  bozorida  raqobatbardosh 

kasb-hunarlarga o‘rgatish; 

Ishlab  chiqarishni  modernizatsiyalash,  texnik  va  texnologik 

jihatdan qayta jihozlash, ayniqsa tarkibiy o‘zgartirish va diversifika-

tsiyalashga e’tiborni kuchaytirish;  

Ish bilan bandlikka ko‘maklashuvchi markazlar faoliyatini tako-

millashtirish,  bunda  eng  avvalo,  ushbu  markazlar  tuzilmasini  maq-

bullashtirish.  

  


Download 13,75 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   275   276   277   278   279   280   281   282   ...   321




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish