O‘zbeкiston respubliкasi oliy va o‘rta mahsus ta’lim vazirligi



Download 13,75 Mb.
Pdf ko'rish
bet253/321
Sana15.01.2022
Hajmi13,75 Mb.
#368231
1   ...   249   250   251   252   253   254   255   256   ...   321
Bog'liq
iqtisodiyot nazariyasi

25.3-chizma. 

 

O‘zbekistonda  bank  tizimi  Markaziy  banki  va  aksiyadorlik-



tijorat  banklardan  iborat  ikki  bo‘g‘indan  tashkil  topgan.  Bu  tizim 

tarkiban  O‘zbekiston  Respublikasi  Markaziy  banki  va  uning  muas-

sasalari,  Tashqi  iqtisodiy  faoliyat  milliy  banki,  Xalq  banki  hamda 

aksiya,  pay  asosida  tashkil  qilingan,  shuningdek  chet  el  kapitali 

ishtirokidagi tijorat banklari, ularning vakolatxonalaridan iboratdir. 

Markaziy  bank  mamlakat  pul-kredit  tizimini  markazlashgan 

tartibda boshqaradi va davlatning yagona monetar siyosatini amalga 

oshiradi. 

Markaziy  bank  davlat  banki  hisoblanadi.  Buning  mazmuni 

shundan  iboratki,  birinchidan,  ko‘pchilik  mamlakatlarda  davlat 

banki  yagona  markaziy  bankdan  iborat  bo‘lib,  u  o‘tkazadigan 

siyosat tartiblari yuqori davlat organlari tomonidan o‘rnatiladi. 

KREDIT 

TIZIMI 


BANK TIZIMI 

MARKAZIY 

BANK 

TIJORAT 


BANKLARI 

MAXSUS MOLIYA-

KREDIT  (

nobank

)                              

TIZIMI 

MAXSUS KREDIT 

MOLIY 

MUASSASALARI 



POCHTA 

JAMG


ARMA 


TIZIMI 


521 

Ikkinchidan,  Markaziy  bank  u  “banklar  banki”  deb  ham  yuri-

tiladi,  tijorat  banklari  va  jamg‘arma  muassasalaridan  mablag‘larni 

qabul qilib, ularga kredit beradi.  

Uchinchidan, Markaziy bank faqat foyda olishga intilib faoliyat 

qilmaydi,  davlatning  va  ijtimoiy  siyosatini  amalga  oshirishga 

ko‘maklashadi. 

Markaziy bank bir qator vazifalarni bajaradi. 

Birinchidan,  boshqa  bank  muassasalarining  majburiy  ehtiyot-

larini  saqlaydi.  Bu  ehtiyotlar  pul  taklifini  boshqarish  uchun  hal 

qiluvchi  ahamiyatga  ega  bo‘ladi.  Markaziy  bank  mamlakatning 

rasmiy  oltin  oltin-valuta  ehtiyotlarini  saqlash 

vazifasini ham bajaradi. 

Ikkinchidan,  cheklarni  qayd  qilish  me-

xanizmini  ta’minlaydi  va  banklararo  hisob-

kitoblarni  amalga  oshiradi,  ularga  kreditlar 

beradi. 

Uchinchidan,  davlatning  monetar  siyo-

satini amalga oshiradi. 

To‘rtinchidan,  barcha  banklar  faoliyatini 

uyg‘unlashtiradi  va  ular  ustidan  nazoratni 

amalga oshiradi. 

Beshinchidan,  xalqaro  valuta  bozorlarida 

milliy valutalarni ayriboshlaydi. 

Oltinchidan,  pul  taklifi  ustidan  nazorat 

qilish  mas’uliyatini  oladi,  muomalaga  milliy 

valutani chiqaradi. 

Markaziy  bank  davlat  pul-krediti  siyosatini    amalga  oshiradi. 

Bunda u: 

a) pul muomalasini tartibga soladi; 

b) kredit hajmi, foiz stavkalari darajasini belgilaydi. 

Markaziy  bankning  pul-kredit  siyosatini  amalga  oshirishda 

quyidagi usullardan foydalaniladi. 

Ochiq bozordagi operatsiyalar; 

Zaxira (ehtiyot) me’yorini o‘zgartirish; 

Hisob stavkalarini o‘zgartirish. 




522 

Ularning  har  birining  o‘zgarishi  pul  massasining  o‘zgarishiga 

olib keladi, ya’ni mazkur usullar pul taklifi ustidan nazoratning eng 

moslashuvchan qurolidir.  

Agar  Markaziy  bankka  muomaladagi  pul  massasini  ko‘pay-

tirishi zarur bo‘lsa, u qimmatli qog‘ozlar bozorida davlatning qisqa 

muddatli  obligatsiyalarini  sotib  olishni  boshlaydi.  Tijorat  banklari 

aktivlaridagi  davlat  qimmatli  qog‘ozlarini  o‘zlari  uchun  maqbul 

sharoit asosida sotishga tushadilar. 

Ma’lum 


vaqt 

o‘tgach, 

obligatsiyalar  sotishdan  olingan 

pullar  tijorat  banklariga  cheklar 

yoki  depozitlar  shaklida  kelib 

tushadi.  Bu  mablag‘lardan  bir 

qismi 

ehtiyotga 



qo‘yilib, 

qolganlari bank krediti sifatida foydalaniladi. 

Agar  Markaziy  bank  inflatsiya  sharoitida  pul  massasini 

ko‘paytirishning  oldini  olishga  harakat  qilsa,  u  davlat  qarz 

majburiyatlarini  sotishni  boshlaydi.  Tijorat  banklari  o‘zlariga 

foydali tarzda davlatning qisqa muddatli obligatsiyalarini sotib oladi 

va ma’lum vaqt o‘tgach, to‘lov uchun taqdim etadi. 

Markaziy  bankning  qimmatli  qog‘ozlar  bozoriga  doimo  ta’sir 

ko‘rsatishi  tufayli  davlat  obligatsiyalarining  to‘lov  muddatlari  har 

xil bo‘lishidan qat’i nazar, tezda pul massasini o‘zgartirish mumkin 

bo‘ladi. 

Ehtiyot normalari pasayganda banklarning ssuda berish mumkin 

bo‘lgan ortiqcha mablag‘lari ko‘payadi. Aksincha bu norma yuqori 

bo‘lsa muomaladagi pul taklifi kamayishiga ta’sir ko‘rsatadi.  

Hisob  stavkasi  orqali  Markaziy  bank  kredit  resurslari  hajmiga 

ta’sir  ko‘rsatadi.  Hisob  stavkasi  kamayishi  bilan  tijorat  banklari 

tomonidan  Markaziy  bank  kreditga  talab  o‘sadi,  aks  holda  talab 

kamayadi.  Hisob  stavkasini  pasaytirish  bilan  iqtisodiy  faollik 

kuchayadi.  Sababi  pul  taklifi  o‘sib,  qarz  olish  imkoniyati  ortadi. 

Agarda  mamlakatda  pul  massasini  kamaytirish  zarur  bo‘lsa,  Mar-

kaziy bank hisob stavkasini oshiradi, natijada kredit qimmatlashadi, 

iqtisodiy faollik susayadi.  

Markaziy  bank  iqtisodiy  vaziyatga  qarab  “arzon”  yoki  “qim-

mat” pul siyosatini yuritadi. 




523 

Agar  iqtisodiyotda  foydalanilmayotgan  ishlab  chiqarish  quv-

vatlari,  ishsizlik  mavjud  bo‘lsa,  Markaziy  bank  “arzon”  pul 

siyosatini yuritadi va kredit olishni osonlashtiradi.  

Buning uchun davlat ochiq bozorda davlat qimmatli qog‘ozlarni 

banklar  va  aholidan 

sotib  oladi,  ehtiyot 

normasini 

kamaytiradi va hisob 

stavkasi  pasaytiradi. 

Natijada  pul  taklifi 

ko‘payadi, foiz stav-

kasi  pasayadi.  Bu 

investitsiyalarning 

o‘sishi  va  iqtisodiy 

faollikning 

kuchayishiga 

olib 


keladi. 

Agarda  mamlakatda  inflatsiya 

yuz berayotgan bo‘lsa, “qimmat” pul 

siyosati  yuritilishiga  to‘g‘ri  keladi. 

Bu  siyosat  kreditni  “qimmat”  qilib, 

uni  olishni  qiyinlashtiradi.  Markaziy 

bank  pul  taklifini  qisqartirish  uchun 

ochiq  bozorda  qimmatli  qog‘ozlarini 

sotadi,  ehtiyot  normasini  oshiradi  va 

hisob stavkasini ko‘taradi. 

Pul  taklifi  qisqarishi  natijasida  foiz  stavkasi  ko‘tariladi.  Bu  o‘z 

navbatida  investitsiyalarning  qisqarishiga,  inflatsiyani  cheklashga 

olib  keladi.  Shunday  qilib,  Markaziy  bank  mamlakat  kredit-moliya 

tizimiga  bevosita  ta’sir  qilib,  butun  iqtisodiyotga  o‘z  ta’sirini 

ko‘rsatadi. 

Hozirgi  davrda  Markaziy  bankning  “...pul-kredit  siyosatini 

yanada  takomillashtirish,  milliy  valutaning  va  ichki  bozordagi 

narxlarning  barqarorligini  ta’minlash;  erkin  konvertatsiyani  ta’-

minlovchi valutaga oid munosabatlarni tartibga solish, milliy valuta 



524 

kursini  shakllantirishda  zamonaviy  bozor  mexanizmlarini  joriy 

etish”

127


ga qaratiladi.  

Bank tizimida tashqi iqtisodiy faoliyat Milliy banki o‘z o‘rniga 

ega.  U  birinchidan  eksport  tovarlari  ishlab  chiqarishni  tashkil  etish 

va  rivojlantirish  uchun  chet  el  valutasida  kreditlar  beradi.  Davlat 

zayomlari  va  kreditlaridan  samarali  foydalanishga  qaratilgan 

xizmatlar  ko‘rsatadi.  Ikkinchidan,  xalqaro  valuta-kredit  bozorlari 

operatsiyalarida 

ishtirok 

etadi. 

Uchinchidan, 

hukumatlararo 

bitimlarning to‘lov shartlarini ishlab chiqishda qatnashadi va boshqa 

shu kabi vazifalarni bajaradi. 

Tijorat  banklari  tizimi  rivojiga  ikki  tamoyil  xos:  bir  tomondan, 

universallashuv,  ikkinchi  tomondan,  ixtisoslashuv.  Tijorat  banklari 

odatda  universal  tavsifga  ega  bo‘lib,  o‘zlarining  xo‘jalik  mavqeiga 

ko‘ra  aksionerlik  tipidagi  korporatsiyalar  hisoblanadi.  Ular 

Markaziy  bankdan  maxsus  litsenziya  olib,  unga  muvofiq  quyidagi 

vazifalarni amalga oshiradi: 

Hisob-kitob operatsiyalarini amalga oshirish; 

Кredit operatsiyalarini bajarish; 

Qimmatli qog‘ozlar bilan operatsiyalar o‘tkazish; 

Turli xizmatlar ko‘rsatish; 

Banklararo operatsiyalar o‘tkazish; 

Valuta operatsiyalarini bajarish; 

Biznes yuzasidan maslahat berish va h.k. 

Tijorat  banklari  to‘la  mustaqil,  lekin  ular  pul  emissiya  qilish 

xuquqiga  ega  emas.  Ular  real  jalb  qilgan  resurslari  miqyosidagina 

kredit  bera  oladi.  Ixtisoslashgan  tijorat  banklar  alohida  sohalarda 

kredit-pul  operatsiyalarini  amalga  oshiradi.  Jumladan,    investitsiya 

banklari iqtisodiyotning turli tarmoqlarini eng avvalo, sanoat, savdo, 

transportni  uzoq  muddatli  kreditlash  bilan  shug‘ullanadi,  qimmatli 

qog‘oz chiqaradi va ularni investorlar o‘rtasida joylashtiradi. 

 Uy-joy  qurilish  banki  aholining  uy-joy  qurilishini  moliya-

lashtirish bilan shug‘ullanadi.  

Ipoteka  bank  ko‘chmas  mulkni  garovga  olib,  uzoq  muddatli 

kreditlar beradi. 

                                                           

127

  Mirziyoyev  Sh.M.  2017-2021-yillarda  O‘zbekiston  Respublikasini  rivojlantirishning  beshta  ustuvor 



yo‘nalishlari bo‘yicha Harakatlar strategiyasi. www.lex.uz  


525 

Innovatsiya  banki  ilmiy-texnikaviy  loyihalarni  amalga  oshirish 

bilan  bog‘liq  bo‘lgan  operatsiyalarni  kreditlaydi.  Shunga  o‘xshash 

boshqa  maxsus  banklar  ham  u  yoki  bu  ixtisoslashgan  xizmat  turini 

ko‘rsatadi.  Tijorat  va  maxsus  banklar  faoliyatini  Markaziy  bank 

nazorat qiladi. 

Respublikada “bank tizimini isloh qilish, banklar depozit baza-

sining kapitalizatsiyasini chuqurlashtirish va barqarorligini oshirish, 

ularning  moliyaviy  barqarorligini  va  ishonchliligini  mustah-

kamlash


128

”ga qaratilishi lozim. 

Кredit  tizimida  maxsus  moliya-kredit  muassasalari  alohida 

o‘ziga  xos  mijozlarga  xizmat  ko‘rsatadi.  Кo‘rsatilgan  xizmati  bir, 

ikki  turda  bo‘lib,  ko‘pincha  maxsus  tavsifga  ega  bo‘ladi.  Maxsus 

moliya-kredit  institutlariga  ikki  tomonlama  nazorat  xos.  Bir 

tomondan 

qarz 


berish, 

hisob-kitob  operatsiyalarini 

amalga 

oshirish 

tufayli 

Markaziy  bank  talablariga 

bo‘ysunadi. 

Ayrim 


paytlarda 

ular 


xalqaro 

muassasalar 

tomonidan 

qabul 


qilingan 

normativ 

hujjatlar 

asosida 


ish 

ko‘radilar. 

Moliya 

kredit 


institutlarining  o‘ziga  xos 

turi  pochta-jamg‘arma  muassasalaridir.  U  mayda  omonatchilarni 

jalb  qilishda  katta  rol  o‘ynaydi. 

Bunda 


mijozlarga 

pochta 


bo‘limlari 

orqali 


xizmat 

ko‘rsatiladi. 

Кeyingi  paytlarda 

ko‘plab  mamlakatlarda  pochta-

jamg‘arma 

muassasalari 

orqali 

kredit-hisob 

operatsiyalarini 

                                                           

128

 Mirziyoyev Sh.M. 2017-2021-527yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta 



ustuvor yo‘nalishlari bo‘yicha Harakatlar strategiyasi. www.lex.uz 

  

 




526 

amalga oshirish kengayib bormoqda. 

 Maxsus  moliya-kredit  muassasalari  tizimida  lizing,  faktoring 

firmalari  ham  o‘ziga  xos  o‘rin  tutadi.  Odatda  lizing  va  faktoring 

operatsiyalarini  tijorat  banklari  ham  amalga  oshiradi.  Faktoring 

firmalari mijozlarining boshqalarga bergan qarzlarini undirishni o‘z 

zimmasiga oladi va shu qarz ustidan ularga universal moliya xizmati 

ko‘rsatadi.  Jumladan,  ular  buxgalteriya  hisobotini  yuritadi,  korxo-

nani  zarur  xomashyo  va  boshqa  resurslar  bilan  ta’minlash  va  xari-

dorlar bilan hisob-kitob xizmatlarini ham amalga oshiradi. Axborot, 

reklama, huquqiy va boshqa xizmatlar ko‘rsatadi. Кonfensial fakto-

ringda  esa  ayrim  operatsiyalar,  jumladan  qarzni  to‘lash,  pul  olish 

huquqlari  chegaralangan  bo‘ladi.  Lizing  firmalari  tovarlarni  ijaraga 

berish 


bilan 

shug‘ul-


lanadi. 

Lizing 


iborasi 

“Ijaraga  olmoq”  degan 

ma’noni  bildiradi.  Bunda 

ko‘chmas  mulk,  asbob-

uskuna  va  boshqa  tovar 

egalari  ularga  o‘z  mulk 

egaligini  saqlab  qoladi. 

Lizingning 

oddiy 

ijaradan  farqi  shundaki, 



bunda  ijaraga  berilgan 

asbob-uskunalar 

shartnoma 

muddati 


tugagandan  so‘ng,  ularni  qoldiq  qiymati  asosida  sotib  olish  ko‘zda 

tutiladi.  Lizing  kompaniyalarda  lizing  operatsiyalarini  o‘tkazish 

uchun  o‘z  mablag‘lari  yetishmaydi  shu  sababli,  ko‘pchilik  lizing 

operatsiyalarida  jalb  qilingan  mablag‘lar  keng  qo‘llaniladi.  Bunda 

odatda bankning uzoq muddatli ssudalaridan foydalaniladi. 

Lombardlar  ko‘chirib  bo‘ladigan  mol-mulk  evaziga  kredit 

beradi. Dastlab lombardlar sudxo‘rlik krediti tarzida yuzaga kelgan. 

Кeyingi  paytda  ular  mol-mulkni  saqlash,  hamda  garovga  qo‘yish, 

belgilangan  muddatda  qaytarib  olinmagan  mulkni  komission 

vositachilik asosida sotishni ham amalga oshiradi.  




527 

Кredit birlashmalari ‒xususiy shaxslar guruhi yoki mayda kredit 

muassasalari  tomonidan  tashkil  etiladi.  Ular  ikki  turda  bo‘lishi 

mumkin: 


Jismoniy shaxslar guruhi tomonidan kasbi yoki hududiy jihatiga 

qarab,  qisqa  muddatli  iste’mol  krediti  berish  maqsadida  tashkil 

etiladi. 

Mustaqil  mayda  kredit 

muassasalari 

ixtiyoriy 

tarzda  birlashuvi  tufayli 

tashkil  etiladi.  Ularning 

mablag‘lari  paychilik  yoki 

a’zolik 


badallari 

va 


zayomlar  chiqarish  bilan 

shakllanadi. 

Mazkur 

muassasalarning 

asosiy 

operatsiyalari  omonatlarini 

jalb  etish,  zayomlar  chiqa-

rish, o‘z a’zolariga qarz berish, veksellarni hisob-kitob qilish, savdo 

vositachiligi,  komission  operatsiyalar,  maslahat  va  auditorlik 

xizmatlari ko‘rsatishdan iborat. 

O‘zaro  kredit  berish  jamiyatlari  o‘z  xarakteri  jihatidan  tijorat 

banklariga  yaqin  bo‘lib,  asosan  mayda  va  o‘rta  biznesga  xizmat 

ko‘rsatadi.  Ularning  a’zosi  jismoniy,  yuridik  shaxslar  bo‘lishi 

mumkin.  Jamiyat  kapitali  unga  a’zo  bo‘lib  kirish  badallaridan 

tashkil topadi. 

Moliya kompaniyalari odatda tovarlar oldi-sotdisiga kredit bera-

di.  Savdo va  sanoat  firmalariga  qarzga  sotilgan  tovari  uchun  kredit 

berish  bilan  shug‘ullanadi.  Ba’zi  kompaniyalar  alohida  turdagi 

maqsadlar uchun kredit berish bilan ham shug‘ullanadi. 

Sug‘urta  kompaniyalari  asosan  sug‘urta  polislarini  sotish  bilan 

shug‘ullanadi.  O‘z  mablag‘larini  sanoat  kompaniyalari  obligatsiya-

lari, aksiyalari hamda davlat qimmatli qog‘ozlariga qo‘yadilar. 

Pensiya  fondlari  eng  avvalo,  o‘z  mablag‘larini  tashkil  etish  va 

pensiya berish bilan shug‘ullanadi. O‘z mablag‘larini asosan sanoat 

kompaniyalari aksiyalariga qo‘yadi.  



528 

Investitsion  kompaniyalar  o‘z  majburiyatlarini  mayda  mijozlar 

o‘rtasida  joylashtirib,  turli  tarmoqlar  qimmatli  qog‘ozlarini  sotib 

olish bilan shug‘ullanadi. 

Кredit uyushmalari o‘z a’zolari, kooperatorlar, ijara korxonalari, 

kichik  va  xususiy  biznes  hamda  jismoniy  shaxslarga  kredit  hisob-

kitob  xizmatlarini  ko‘rsatish  maqsadida  tashkil  etiladi.  Ularning 

kapitali paylari va kirish badallari hisobiga tashkil topib, shirkatdan 

chiqqanda  qaytarilmaydi.  Asosiy  passiv  operatsiyalari  omonatlarini 

jalb etish va zayomlarini joylashtirishdir

129



Кredit  uyushmalarining  o‘ziga  xos  turi  qishloq  xo‘jalik  kredit 



jamiyatlaridir. Uning ta’sischilari Markaziy, tijorat, maxsus banklar, 

hukumat, jismoniy, yuridik shaxslar bo‘lishi mumkin. Ular faoliya-

tining  asosiy  yo‘nalishi  qishloq  xo‘jaligiga  kredit  berish  va  hisob-

kitob  xizmatlarini  ko‘rsatishdir.  Uning  mijozlari  dehqon  va  fermer 

xo‘jaliklari hamda boshqa qishloq xo‘jalik korxonalari  hisoblanadi. 

Qishloq  xo‘jalik  kredit  jamiyatlariga  soliq  imtiyozlari  beriladi. 

Hozirgi bozor iqtisodiyoti sharoitida maxsus moliya-kredit muassa-

salari  soni  tobora  ortib  boradi.  Ular  nihoyatda  katta  mablag‘larni 

jalb  etish  bilan  birga  kapitallarni  samarali  joylashtirishga  ham 

erishib, umuman iqtisodiyotni rivojlantirishga katta ta’sir ko‘rsatadi. 

Masalan,  AQSHda  ana  shunday  muassasalarning  aktivlari  tijorat 

banklari aktivlaridan deyarli ikki barobar ko‘pdir. Respublikamizda 

ham  bunday  muassasalar  tashkil  etishda  anchagina muvaffaqiyatlar 

qo‘lga kiritildi. 




Download 13,75 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   249   250   251   252   253   254   255   256   ...   321




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish