O‘zbeкiston respubliкasi oliy va o‘rta mahsus ta’lim vazirligi


 O‘zbekistonda milliy valuta-so‘mning barqarorligini



Download 13,75 Mb.
Pdf ko'rish
bet234/321
Sana15.01.2022
Hajmi13,75 Mb.
#368231
1   ...   230   231   232   233   234   235   236   237   ...   321
Bog'liq
iqtisodiyot nazariyasi

 

8. O‘zbekistonda milliy valuta-so‘mning barqarorligini 

ta’minlash vazifalari 

 

Respublikada  milliy  valutani  mustahkamlashda  so‘mning  xarid 



quvvatini  oshirib  borish  va  uning  barqarorligini  ta’minlash  muhim 

vazifalardan  hisoblanadi.  Bunga  bozorni  raqobatdosh  mahsulotlar 

bilan  to‘ldirish  va  zarur  ehtiyotlar  hosil  qilish  orqali  erishiladi. 



471 

Bozorni iste’mol mollari bilan to‘ldirishda milliy ishlab chiqarishni 

imkoni  boricha  kengaytirib  borish,  hal  qiluvchi  ahamiyatga  ega. 

Chunki  shu  orqali  iste’mol  tovarlari  sotishning  umumiy  hajmida 

milliy  ishlab  chiqaruvchilar  mahsulotlari  hissasi  oshirib  boriladi. 

Ayni vaqtda, milliy ishlab chiqarishni kengaytirish orqali so‘mning 

barqarorligini  ta’minlash  chetdan  mahsulot  keltirishni  inkor 

qilmaydi. Aholini sifatli chet el mollari bilan ta’minlash maqsadida 

import  ham  rag‘batlantirib 

boriladi. 

 So‘mning barqaror amal 

qilishi,  uning  har  qanday 

valutaga  erkin  almashilishi 

yetarli 


valuta 

zaxirasi 

bo‘lishiga  bog‘liq.  Unga  eri-

shishda korxonalar va barcha 

subyektlarning  jahon  bozo-

riga  raqobatga  bardosh  beradigan  mahsulot  ishlab  chiqarishi  uchun 

zarur  bo‘lgan  rag‘batlantiruvchi  omillarni  vujudga  keltirish  alohida 

ahamiyatga ega.  

So‘mning  barqarorligini  ta’minlashda  undan  ehtiyotkorona  va 

tejab-tergab  foydalanish,  ishlab  chiqarishga  sarflangan  mablag‘lar-

ning  eng  ko‘p  samara  berishiga,  olingan  kreditlarning  o‘z  vaqtida 

qaytarilishiga erishish muhim o‘rin tutadi. 

Inflatsiyaga qarshi aniq o‘ylangan siyosat o‘tkazish milliy valu-

tani  mustahkamlanishning  muhim  shartlaridan  biridir.  Bu  siyosat 

eng  avvalo,  inflatsiya  darajasini  keskin  kamaytirishga  qaratilishi 

lozim.  Bunda  pulning  qadrsizlanish  darajasi  ustidan  qat’iy  nazorat 

o‘rnatish  hamda  unga  qarshi  samarali  tadbirlarni  qo‘llash  hal 

qiluvchi ahamiyatga ega bo‘ladi.  

Inflatsiyaga  qarshi  siyosat  negizini  pul  taklifining  o‘sishini 

tovarlar  va  xizmatlar  miqdorining  tegishli  darajada  o‘sishi  bilan 

bog‘lab  olib  borishga  qaratilgan  tadbirlar  tashkil  qilish  zarur. 

Chunki  xarid  qilish  uchun  mollar  yetarli  bo‘lmagan  holda  aholi 

qo‘lida  pulning  ortiqcha  ko‘payib  ketishi  inflatsiyaning  yanada  avj 

olib  ketishiga  sabab  bo‘ladi.  Pul  miqdori  bilan  birga  narxlarning 

ham  tobora  o‘sib  borishi  muqarrar  ravishda  uzoq  davom  etadigan 

giperinflatsiyani  keltirib  chiqaradi.  Bu  o‘z  navbatida,  milliy  ishlab 




472 

chiqarishning 

izdan 

chiqishi, 



aholi 

keng 


tabaqalarining 

qashshoqlashishi va butun ijtimoiy tizimning barbod bo‘lishi xavfini 

tug‘diradi. 

Tovarlar  taqchilligi  mavjud  bo‘lib  turgan  sharoitida  giper-

inflatsiyaning oldini olish uchun aholi iste’mol sarflarining o‘sishini 

ishlab  chiqariladigan  mahsulot,  ko‘rsatiladigan  xizmatning  moddiy 

hajmi  ko‘payishiga  bevosita  bog‘liq  qilib  qo‘yish  zarur  bo‘ladi. 

Ichki  bozorni  mollar  va  xizmatlar  bilan  to‘ldirish,  muomalaga 

o‘rinsiz  ortiqcha  pul  chiqarilishiga  yo‘l  qo‘ymaslik,  milliy  valuta 

barqarorligini  ta’minlash  va  xalq  turmush  darajasini  o‘stirishning 

muhim shartidir. 

So‘mning  barqarorligini  ta’minlashda  naqd  pul  emissiyasining 

o‘sishiga,  aholi  qo‘lida  pulning  harakatsiz  turib  qolishiga  yo‘l 

qo‘ymaslik  birinchi  darajali  ahamiyatga  ega.  Bunda  muomalaga 

chiqarilgan  pul  miqdorining  o‘z  vaqtida  qaytarilishiga  erishishi, 

mahsulot ishlab chiqarishning o‘sishini ta’minlamagan korxonalarga 

kreditlar  berilishini  cheklash  choralari  ko‘rilishi  kerak.  Boshqacha 

aytganda qattiq pul-kredit siyosatini amalga oshirish ko‘zda tutiladi. 

Respublikamizda  keyingi  yillarda  puxta  o‘ylangan  pul-kredit 

siyosatini izchil olib borish tufayli inflatsiya ko‘zda tutilgan prognoz 

ko‘rsatkichlar 

chegarasida 

saqlanib 

qolinmoqda. 

Jumladan, 

2008‒2016-yillardan  uning  darajasi  o‘rtacha  7,0  foizdan  ko‘proqni 

tashkil  etgan.  Bu  avvalo,  puxta  o‘ylangan  pul-kredit  siyosati  va 

inqirozga 

qarshi 

ko‘rilgan 

samarali 

chora-tadbirlarimizning 

natijasidir

118


.  

 Inflatsiyani pasaytiruvchi qudratli omil milliy valuta almashuv 

kursining  barqarorlashuviga  erishishdir.  Bu  o‘z    navbatida    import 

narxlarning  barqarorlashuviga  olib  keladiki,  natijada  ichki 

bozordagi narxlar o‘zgaradi.  

Valuta birjalarida valuta operatsiyalarining barcha turlari uchun 

talab  va  taklif  natijasida  shakllanadigan  yagona  almashuv  kursini 

belgilash,  valuta  kursi  barqarorligiga  erishishning  dastlabki 

shartidir. 

Milliy  valuta  kursi  barqarorligini  ta’minlashning  navbatdagi 

sharti  valutani  naqd  pulsiz  almashtirish  hajmini  ko‘paytirishga 

                                                           

118

 Karimov I.A. Barcha reja va dasturlarimiz vatanimiz taraqqiyotini yuksaltirish, xalqimiz farovonligini 



oshirishga xizmat qiladi. Toshkent, “O‘zbekiston” 2011-yil. 


473 

ustunlik  berishdir.  Istiqbolda  esa  bu  sohadagi  siyosat  banklararo 

valuta birjasidagi aylanma miqdorini korxona va fuqarolar o‘z pulini 

kerakli miqdorda, xohlagan valutaga erkin almashtirish imkoniyatini 

beradigan  darajaga  yetkazishga  qaratiladi.  Bunga  erishishda  milliy 

ishlab  chiqarishda  eksport  ulushini  kengaytirish  bilan  birga  «... 

milliy valutamizning joriy operatsiyalar bo‘yicha erkin almashuvini, 

ya’ni  konvertatsiyasini  ta’minlash  uchun  barcha  zaruriy  shart-

sharoitlarni yaratish»

119


 alohida ahamiyatga ega.  

Shunday  qilib,  yuqorida  qarab  chiqilgan  chora  va  tadbirlarning 

muvaffaqiyatli  amalga  oshirilishi  milliy  valutamiz  almashuv 

kursining  barqarorlashuviga,  uning  xarid  qilish  quvvatining 

oshishiga ijobiy ta’sir ko‘rsatdi. 


Download 13,75 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   230   231   232   233   234   235   236   237   ...   321




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish