O‘zbeкiston respubliкasi oliy va o‘rta mahsus ta’lim vazirligi


 Monopol faoliyatni tartibga solish chora-tadbirlari



Download 13,75 Mb.
Pdf ko'rish
bet116/321
Sana15.01.2022
Hajmi13,75 Mb.
#368231
1   ...   112   113   114   115   116   117   118   119   ...   321
Bog'liq
iqtisodiyot nazariyasi

4. Monopol faoliyatni tartibga solish chora-tadbirlari 

 

Monopol  faoliyatni  tartibga  solish  –  bu  davlatning  ishlab 



chiqaruvchilarning bozorni monopollashtirish imkoniyatini cheklash 

maqsadida  amalga  oshiradigan  qonunchilik,  ma’muriy  va  iqtisodiy 

tavsifdagi chora-tadbirlaridir.  

Antimonopol qonunchilik dastlab AQSHda qabul qilinib, keyin 

barcha industrial jihatdan rivojlangan mamlakatlarga keng yoyilgan. 

Mazkur  qonunchilik  asosida  maxsus  antimonopol  muassasa 

(qo‘mita)  tashkil  qilinib,  u  davlatning  monopoliyalarga  qarshi 

siyosatini amalga oshiradi. Uning asosiy vazifalariga quyidagilardan 

iborat bozor tuzilishini joriy tahlil qilish; monopollashuv omillarini 



230 

aniqlash;  antimonopol  qonunchilikni  amalga  oshirish;  sohaga 

tegishli  qonun  va  hukumat  qarorlarini  ekspertizadan  o‘tkazish; 

monopolist  korxonalarga  sanksiyalar  qo‘llash;  monopoliyalarni 

bo‘lish va qayta tashkil qilish bo‘yicha takliflar berish. 

Ma’muriy  chora-tadbirlar  dekartel  va  detrest  tavsifiga  ega 

bo‘lishi  mumkin.  Masalan,  Germaniya  va  Yaponiya  iqtisodiyotida 

ikkinchi  jahon  urushidan  keyin  ana  shunday  tadbirlar  qo‘llanilgan. 

Iqtisodiy  tadbirlar  odatda  monopol  ishlab  chiqaruvchilar  mahsulot-

lariga narx o‘sishini cheklashga qaratiladi va tegishli narx siyosatini 

taqozo  etadi.  Narx  siyosati  ijtimoiy  xizmatlardan  tashqari  tovar-

larning ko‘pchilik guruhiga narxlarni erkinlashtirishni ko‘zda tutadi. 

Bu  siyosatning  asosiy  maqsadi  milliy  bozorga  chet  ellik  ishlab 

chiqaruvchilarning kirib kelishini yo‘l qo‘yiladigan darajada nazorat 

qilish  asosida  raqobatni  rag‘batlantirish,  mavjud  monopoliyalarga 

qarshi turuvchi raqobatchi korxonalarni moliyaviy, soliq va kreditli 

vositalar  orqali  rag‘batlantirish,  ishlab  chiqarishni  diversifikatsiya-

lash uchun shart-sharoit yaratishdir.  

Raqobatchilik  muhitini  shakllantirishda  tadbirkorlikni  rivojlan-

tirish  uchun  qulay  iqtisodiy  va  ijtimoiy  muhitni  qaror  toptirish, 

kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni ishonchli qo‘llab-quvvatlash 

istiqbolli yo‘nalishlardan hisoblanadi.  

Davlatning 

monopoliyalarga 

qarshi 

amalga 


oshiradigan 

iqtisodiy 

chora-tadbirlarini 

quyidagi 

yo‘nalishlarga 

ajratish 

mumkin: 

monopol  mahsulotning  o‘rnini  bosuvchilarini,  ishlab  chiqaruv-

chilarini rag‘batlantirish; 

kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash; 

xorijiy investitsiyalarni jalb qilish, qo‘shma korxonalar va erkin 

savdo zonalari tashkil qilish; 

taqchil  tovarlarni  ishlab  chiqarishni  kengaytirish  bo‘yicha 

tadbirlarni davlat budjeti mablag‘lari hisobiga moliyalashtirish. 

Davlatning  monopoliyalar  faoliyatini  tartibga  solish  usullari 

quyidagi maqsadlarni amalga oshirishga qaratiladi: 

bozorning monopollashuvini cheklash; 

doimiy davlat monitoringini amalga oshirish; 

monopol narxlar o‘rnatilishini taqiqlash; 



231 

raqobatni saqlash va qo‘llab-quvvatlash, ya’ni raqobatchi kom-

paniyalar qo‘shilishiga yo‘l qo‘ymaslik;  

raqobat  zamonaviy  shakllarda  amalga  oshirilishini  qo‘llab-

quvvatlash. 

Davlat  monopoliyalar  faoliyatini  tartibga  solishda  uning  ijobiy 

tomonlari  va  salbiy  oqibatlarini  hisobga  olish  taqozo  qilinadi. 

Monopoliyalarning  ijobiy  tomonlari  bu,  eng  avvalo,  ular  mah-

sulotining  yuqori  sifat  bilan  farqlanishidir.  Bundan  tashqari,  mo-

nopoliyalarning  yirik  ko‘lami  harakatlar  va  barcha  turdagi 

resurslarni  tejash  imkonini  beradi.  Monopolistik  tuzilmalar  ishlab 

chiqarishga  katta  miqdordagi  moddiy  va  moliyaviy  xarajatlarni 

taqozo  qiladigan  fan-texnika  taraqqiyoti  yutuqlarini  tez  joriy  qilish 

imkoniyatiga ham ega bo‘ladi.  

Monopoliyalarning  salbiy  tomonlari  quyidagilarda  namoyon 

bo‘ladi.  

Bozordagi  mavqei  va  monopol  narxlar  tufayli  yuqori  foydaga 

egalik  qilib,  mahsulot  chiqarish  hajmini  cheklaydi,  raqobat  kuchsiz 

bo‘lgan  yoki  umuman  mavjud  bo‘lmagan  sharoitda  fan-texnika 

taraqqiyoti hisobiga ishlab chiqarish samaradorligini oshirish uchun 

rag‘batlarni ham yo‘qotadi.  

Jamiyatda  daromadlar  tengsizligini  kuchaytiradi.  Bunga  qo‘-

shimcha monopol yuqori foydani o‘zlashtirish aholi boshqa qatlam-

lari daromadlarining nisbatan kamayib borishini anglatadi.  

Monopoliyalar  iqtisodiy  sohada  nomonopol  tizimlarni  o‘zla-

rining  kamsitilgan  sharoitlariga  bog‘lab  erkin  va  sof  raqobat  qarshi 

turadi. Siyosiy sohada oligarxlar ommaviy axborot vositalarini sotib 

olib,  saylovoldi  kompaniyalari  paytida  siyosiy  partiyalarni  moli-

yalashtirib, parlament va hukumatga o‘zlarining tarafdorlarini kiritib 

qulay  shartnomalar,  subsidiyalar,  soliq  imtiyozlari  va  boshqa  qu-

layliklarga  ega  bo‘lib  jamiyat  boshqa  qatlamlarining  manfaatlari, 

huquq va erkinliklari kamsitilishiga olib keladi.  

Monopoliyalar  mavjud  bo‘lishining  ijobiy  va  salbiy  jihatlari 

tahlili, ular ham bozor iqtisodiyotining zaruriy tarkibiy qismi ekan-

ligini  anglatadi.  Shundan  kelib  chiqib,  davlatning  vazifasi  mono-

poliyalarni siqib  chiqarish emas, balki monopoliya  va raqobatni ja-

miyat  manfaatlari  uchun  oqilona  uyg‘unlashtirishga  qaratilishi 

zarur.  



232 

Hozirgi  davrda:  “iqtisodiy  tarmoqlari  uchun  samarali  raqobat-

bardosh  muhitni  shakllantirish  hamda  mahsulotlar  va  xizmatlar 

ko‘rsatish  bozorlarida  monopoliyani  bosqichma-bosqich  kamay-

tirish”

57

 davlat antimonopol siyosatining negizini tashkil qiladi. 




Download 13,75 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   112   113   114   115   116   117   118   119   ...   321




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish