O‘zbeкiston respubliкasi oliy va o‘rta mahsus ta’lim vazirligi


-chizma. Davlatning qayd qilingan narxlarni o‘rnatish



Download 13,75 Mb.
Pdf ko'rish
bet115/321
Sana15.01.2022
Hajmi13,75 Mb.
#368231
1   ...   111   112   113   114   115   116   117   118   ...   321
Bog'liq
iqtisodiyot nazariyasi

 

11.2-chizma. Davlatning qayd qilingan narxlarni o‘rnatish 

orqali tabiiy monopoliya faoliyatini tartibga solishi. 

  

Qayd  qilingan  narxlarni  o‘rnatmaslik.  Bunda  davlat  auksion 



o‘tkazib,  mahsulotning  mazkur  turini  ishlab  chiqarish  huquqini 

budjetga  qayd  qilingan  to‘lovning  maksimal  summasini  tushirish 

majburiyatini  olgan  korxonalarga  beradi.  Bunda  davlat  narxlar  va 

mahsulot  chiqarish  hajmini  to‘g‘ridan  -  to‘g‘ri  tartibga  solmaydi. 

Кorxona  monopolist  sifatida  faoliyat  yuritadi,  mahsulotiga  narxni 

  

 darajada o‘rnatilib, ishlab chiqarishning 



  

 hajmini tanlaydi.  

Tabiiy  monopoliyalar  obyektiv  shart-sharoitlarga  ko‘ra  ayrim 

sohalarda  ham  qonuniy  tartibda  vujudga  keladi  va  amal  qiladi. 

Masalan, kamyob yer osti boyliklarni qazib olishda, choy, uzumning 

alohida navlarini yetishtirishda takror ishlab chiqarilmaydigan tabiiy 

resurslar, jumladan alohida unumdor yer uchastkalarga egalik ishlab 

chiqaruvchiga monopol mavqeini ta’minlaydi. 

Davlat  tabiiy  monopoliyalarni  tartibga  solish  maqsadida 

ularning  mahsulot(xizmat)lariga  narxlar  va  tariflar  darajasini, 

shuningdek, taklif etiladigan tovarlar va xizmatlar turiga doir asosiy 

ko‘rsatkichlarni nazorat qiladi. 

Davlatning  tabiiy  monopoliyalarni  tartibga  solish  usullarini 

qo‘llashidan maqsad quyidagilardan iborat:  

–  tabiiy  monopoliyalarning  sodir  etishi  mumkin  bo‘lgan 

monopol holatini suiiste’mol qilishini oldini olish;  

– iste’molchilarning huquqlarini himoya qilish;  



228 

–  jamiyat  manfaatlari  yo‘lida  monopol  tarmoq  ishlab  chiqari-

shining rivojlanishini qo‘llab-quvvatlash.  

Ushbu  maqsadlarga  erishish  iqtisodiyotda  joriy  etilgan  tartibga 

solish  usullarining  qanchalik  samarali  ishlashini  hamda  har  qanday 

davlatda  qabul  qilingan  nazorat  qilish  mexanizmlarining  optimal 

tashkil etilganligiga bog‘liq. 

O‘zbekiston  iqtisodiyotida  tabiiy  monopoliya  subyektlari 

faoliyati  ustidan  nazorat  qilishning  bir  qator  usullari  qo‘llaniladi. 

Ularning huquqiy asosi va tartibi O‘zbekiston Respublikasi «Tabiiy 

monopoliyalar  to‘g‘risida»gi  qonun  (9-moddasi)da  belgilangan 

bo‘lib,  «tabiiy  monopoliya  subyektlari  faoliyati  ustidan  davlat 

nazorati  monopoliyaga  qarshi  davlat  organi  tomonidan  amalga 

oshiriladi».  

O‘zbekistonda  barcha  monopoliyalar  faoliyati  ustidan  nazorat 

qiluvchi  organ  bu  –  O‘zbekiston  Respublikasi  Monopoliyadan 

chiqarish,  raqobat  va  tadbirkorlikni  qo‘llab-quvvatlash  davlat 

qo‘mitasi hisoblanadi. 

Monopoliyaga qarshi davlat organlari tabiiy monopoliyalarning 

quyidagi faoliyatlari ustidan nazorat qiladi:  

1) tabiiy monopoliya subyekti asosiy vositalarga nisbatan mulk 

huquqini  yoki  foydalanish  huquqini  qo‘lga  kiritadigan  bitimlar 

ustidan  (agar  bunday  asosiy  vositalarning  balans  qiymati  tabiiy 

monopoliya  subyekti  o‘z  kapitali  qiymatining  10  foizdan  ortiq 

bo‘lsa);  

2)  tabiiy  monopoliya  subyekti  asosiy  vositalarning  bir  qismiga 

nisbatan  mulk  huquqini  yoxud  ularga  egalik  qilish  va  ulardan 

foydalanish  huquqini  xo‘jalik  yurituvchi  boshqa  subyektga 

o‘tkazadigan  bitimlar  ustidan  (agar  bunday  asosiy  vositalarning 

balans qiymati tabiiy monopoliya subyekti o‘z kapitali  qiymatining 

10 foizdan ortiq bo‘lsa); 

3)  iste’molchilarga  realizatsiya  qilinadigan  tovarlar  hajmi 

bo‘yicha shartnomalarga rioya etilishi ustidan; 

4)  tovarlar  narxini  chiqarish  hamda  narxlar  (tariflar)ni  qo‘llash 

tartibiga rioya etish ustidan; 

5)  tabiiy  monopoliya  subyektlarining  tashkil  etilishi,  qayta 

tashkil etilishi va tugatilishi ustidan. 



229 

 Nazoratning  boshqa  bir  xil  usuli  –  bu  tabiiy  monopoliya 

subyektlarining  qiladigan  ayrim  xatti-harakatlari  uchun  tegishli 

ruxsat  olish  yo‘li  bilan  amalga  oshirilib  turiladi.  Ya’ni  yuqorida 

ko‘rsatib  o‘tilganidek,  agar  tabiiy  monopoliya  subyektlari  o‘zining 

o‘n  foizdan  ortiq  balans  qiymatiga  ega  bo‘lgan  asosiy  vositalarini 

tasarruf  etish  yuzasidan  tuziladigan  bitimlari,  yoxud  ularni  egalik 

qilish bilan bog‘liq harakatlari uchun oldindan monopoliyaga qarshi 

davlat organiga tegishli axborot hamda bunday harakatlarni amalga 

oshirishga  rozilik  so‘rab  iltimosnoma  taqdim  etishi  shart,  deb 

belgilab qo‘yilgan. 

Agar  bunday  harakatlar  monopoliyaga  qarshi  davlat  organi 

tomonidan muvofiq emas deb topilsa, rad etilishi ham qonunda o‘z 

aksini topgan. 

Bunday nazoratning o‘rnatilishidan maqsad, tovar bozorlaridagi 

kompaniyalar  monopol  mavqeining  yanada  oshib  ketishi,  mutlaq 

hukmronligiga  olib  kelishi,  iste’molchilarning  haq-huquqlariga 

ziyon keltirish xavfining kuchayishiga sabab bo‘lishi mumkin.  

O‘zbekiston  iqtisodiyotida  tabiiy  monopoliya  subyektlariga 

nisbatan o‘rnatilgan bunday nazorat usullari jahon amaliyotiga mos 

keladi va ular tabiiy monopoliya subyektlarining o‘z ustun mavqeini 

suiiste’mol  qilishlarini  oldini  olishga,  belgilangan  narxlarni  asossiz 

oshirishlarini oldini olishga, iste’molchi manfaatlariga mos ravishda 

sifatli  xizmat  qilishga,  tovar  bozorlaridagi  ularning  ustun  mavqeni 

qattiq boshqarib turishga qaratilgan. 

 


Download 13,75 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   111   112   113   114   115   116   117   118   ...   321




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish