O‘zbeкiston respubliкasi oliy va o‘rta mahsus ta’lim vazirligi



Download 13,75 Mb.
Pdf ko'rish
bet42/321
Sana15.01.2022
Hajmi13,75 Mb.
#368231
1   ...   38   39   40   41   42   43   44   45   ...   321
Bog'liq
iqtisodiyot nazariyasi

«Yaponcha  model»

  –  bu  ikkinchi  jahon  urushida  vayronaga 

aylangan mamlakat aholisining qattiq mehnati hisobiga, hokimiyatni 

har  tomonlama  va  so‘zsiz  qo‘llab-quvvatlashi,  vatanparvarlik 




113 

tuyg‘usi  asosida  yaratilgan.  Yaponiya  harbiy  xarajatlardan  voz 

kechgach, tinchlik maqsadida barcha resurslarni to‘plash va ishlatish 

hamda sanoatda iqtisodiy potensialni o‘stirish imkoni yaratildi. Eng 

avvalo, ishlab chiqarish eksportga mo‘ljallanib, valuta topildi, uning 

evaziga  xorijiy  mamlakatlardan,  ayniqsa  Amerika  va  G‘arbiy 

Yevropadan  eng  yangi  texnika,  texnologiya,  litsenziya,  patent, 

«nou-xau»  sotib  olinib,  yuqori  mehnat  unumdorligiga  erishildi, 

tadbirkorlik  qo‘llab-quvvatlandi.  Jahon  bozorida  xomashyo  va 

yoqilg‘ining  arzonlashuvi,  nisbatan  arzon  ish  kuchi,  katta  harbiy 

xarajatlarning  yo‘qligi  Yaponiya  eksportining  ortib  borishiga  olib 

keldi.  Bu  borada  yirik  kompaniyalarni  qo‘llab-quvvatlash, 

mamlakatda  ilmiy  texnikaviy  taraqqiyotga  alohida  ahamiyat 

berilishi katta rol o‘ynaydi. 

Aholining  tabaqalanishi  dastlab  kuchaygan  bo‘lsa,  maqsadga 

erishilgach,  ularning  ehtiyojmand  qismiga  davlat  va  firmalar 

yordami kuchaytirildi va natijada umumiy farovonlikka erishildi. 

«Shved model»

  –  uning  boshqa  modellardan  farq  qiluvchi  xu-

susiyati  ijtimoiy  yo‘naltirilganligi,  mulkdagi  notenglikni  qisqar-

tirishga  qaratilganligidir.  Aholining  kam  ta’minlangan  qatlami 

himoya  qilinadi.  Ishsizlikni  kamaytirish  chora-tadbirlari  ko‘riladi. 

Bu  andozaning  shakllanishida  Shvetsiyaning  tarixan  iqtisodiy 

jihatdan  yuksak  rivojlanganligi  va  kasaba  uyushmalarining 

jamiyatda,  ayniqsa  ishlab  chiqarishda  katta  o‘rin  tutishi  alohida 

ahamiyatga ega bo‘lgan. 

«Nemis model»

 – ijtimoiy yo‘naltirilganligi bilan ajralib turadi. 

Ijtimoiy  bozor  iqtisodiyotining  bosh  g‘oyasi  Lyudvig  Erxardga 

(1897–1977) tegishli.  

Dastlab,  Erxard  industriallashtirish  rejasini  ishlab  chiqdi.  Unda 

sanoat  mahsulotini  1936-yilga  nisbatan  65%,  1938-yilga  nisbatan 

esa  50-55%  ga  ko‘paytirish  rejalashtirilgan.  Bundan  tashqari  pul 

islohoti,  narx-navo  islohoti  o‘tkazish,  davlatning  iqtisodiyotdagi 

aralashuv darajasiga alohida e’tibor qaratilgan.  

Ijtimoiy  yo‘naltirilgan  bozor  iqtisodiyoti  konsepsiyasi  maz-

munan  faqat  iqtisodiyotga  tegishligina  emas,  balki  unda  insonning 

erkinligi masalalari ham ilgari surilgan. 




Download 13,75 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   38   39   40   41   42   43   44   45   ...   321




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish