O‘zbeкiston respubliкasi oliy va o‘rta mahsus ta’lim vazirligi


XXVIII bob. ISHCHI КUCHI BOZORI. ISHCHI КUCHI VA



Download 13,75 Mb.
Pdf ko'rish
bet273/321
Sana15.01.2022
Hajmi13,75 Mb.
#368231
1   ...   269   270   271   272   273   274   275   276   ...   321
Bog'liq
iqtisodiyot nazariyasi

 

XXVIII bob. ISHCHI КUCHI BOZORI. ISHCHI КUCHI VA 

UNING BANDLIGI 

 

1.  Bandlik  tushunchasi.  To‘liq  va  samarali  bandlik 



muammosi. 

2. Ishchi kuchini qayta taqsimlashning bozor mexanizmi.  

3.  Bandlikni  ta’minlashda  mehnat  birjalari  faoliyati. 

Ishsizlarni ijtimoiy himoyalash. 

4.  O‘zbekistonda  bandlikning  tarkibi  va  uni  takomil-

lashtirish vazifalari. 

 

1. Bandlik tushunchasi. To‘liq va samarali bandlik muammosi 

 

Mavjud qonunchilikka muvofiq ish bilan bandlik deganda fuqa-



rolarning  qonunda  taqiqlanmagan  va  ularga  daromad  keltiradigan 

faoliyat  turi  bilan  shug‘ullanishlari 

tushuniladi.  “Bandlik  mehnat  layo-

qatiga ega bo‘lgan va mehnat qilishga 

ishtiyoqi  bor  kishilarning  ijtimoiy 

foydali 


mehnat 

bilan 


mashg‘ul 

bo‘lishlaridir”.  Ish  bilan  band  aholiga 

yollanib ishlovchilar va o‘zlarini mus-

taqil  ravishda  ish  bilan  ta’minlagan 

shaxslar kiradi.  

Ish  bilan  band  bo‘lish  uchun 

mehnatga  layoqatli,  ya’ni  mehnat  qi-

lish qobiliyatiga ega bo‘lish kerak, unga ega bo‘lgan kishilar mehnat 

resurslarini  tashkil  etadilar.  O‘zbekistonda  mehnat  resurslariga 

aholining quyidagi guruhlari kiradi: 

Mehnatga layoqatli yoshdagilar: 

16 yoshdan 54 yoshgacha bo‘lgan ayollar; 

16 yoshdan 60 yoshgacha bo‘lgan erkaklar. 

Mehnatga  layoqatli  yoshdan  katta  yoshdagi  (mehnat  nafaqa-

sidagi) ishlovchilar. 



581 

Balog‘at  yoshiga  yetmagan  ishlovchi  o‘smirlar  (16  yoshgacha 

bo‘lganlar). 

 Mehnat  resurslari  iqtisodiy  faol  va  iqtisodiy  nofaol  aholi 

qatlamlaridan  iborat  bo‘ladi.  O‘zbekistonda  mehnat  resurslarining 

o‘rtacha  70-72  foizi,  iqtisodiy  faol,  28-30  foizi  iqtisodiy  nofaol 

hisoblanadi.  Iqtisodiy  faol  aholining  95%  ga  yaqini  iqtisodiyotda 

band  qilingan.  Iqtisodiy  nofaol  aholining  57,0%  dan  ortiqrog‘ini 

band  qilinmaganlar  tashkil  qilsa,  43,0%  ga  yaqini  mehnatga 

layoqatli yoshdagi o‘quvchilar va ishlab chiqarishdan ajralgan holda 

ta’lim olayotganlardan iborat. 

Iqtisodiy  faol  aholi  qatlami  yalpi  ishchi  kuchini  tashkil  qiladi. 

Yalpi  ishchi  kuchining  miqdor  o‘lchami  –  bu  mehnatga  layoqatli 

kishilarining (mehnat resurslarining) umumiy sonidir. 

Yalpi  ishchi  kuchining  sifat  o‘lchami  esa  ularning  bilimi, 

malakasi,  mahorati,  ko‘nikmasi  va  ish  tajribasining  o‘rtacha 

ko‘rsatkichlarida mujassamlashadi.  

Boshqa  resurslar  kabi  mehnat  resurslari  ham  takror  hosil  qilib 

turilishi kerak. 

Ishchi  kuchini  takror  hosil  qilish  insonning  jismoniy  va  aqliy 

qobiliyatlarini  uzluksiz  kengaytirilgan  tarzda  tiklab  turish,  ularning 

mehnat  malakasini,  umumiy  bilimi,  kasbiy  tayyorgarlik  darajasini 

yangilab  va  o‘stirib  borish  hamda  ishchi  avlodini  tayyorlash 

kabilarni o‘z ichiga oladigan jarayondir. 

Ishchi kuchini takror hosil qilish quyidagilarni anglatadi: 

aholining  tabiiy  harakati,  tabiiy  o‘sishning  umumiy  shart-

sharoitlarini yaratish; 

xodimlarni ishlab chiqarishga jalb qilish va bo‘shatish; 

mehnat  resurslarini  tarmoqlar,  sohalar  va  hududlar  o‘rtasida 

taqsimlash hamda qayta taqsimlash; 

aholining  ijtimoiy,  ma’naviy  va  madaniy  ehtiyojlarini  qondirib 

borish; 


ishchi kuchini to‘liq va samarali bandligini ta’minlash.                                                                   

Milliy iqtisodiyot faoliyat qilishining asosiy maqsadlaridan biri 

to‘liq  ish  bilan  bandlikni  ta’minlash  hisoblanadi.  “To‘liq  bandlik” 

va “samarali” yoki “oqilona” bandlikni ham taqozo qiladi. 

Ish bilan to‘liq bandlik mehnatga layoqatli bo‘lgan va ishlashni 

xohlagan  barcha  kishilarning  ish  bilan  ta’minlanganini  anglatadi. 




582 

Shuningdek,  ish  bilan  to‘liq  bandlik  bir  tomondan  iqtisodiyotda 

ishsizlikning tabiiy darajasi mavjud bo‘lishini inkor etmaydi, boshqa 

tomondan,  bu  mehnatga  layoqatli  barcha  kishilarning  ishlab 

chiqarishga jalb etilish zarurligini anglatmaydi. 

Bandlik  miqdor  o‘lchamda  qancha  kishi  va  qancha  vaqt  ish 

bilan  mashg‘ul  bo‘lishini  bildiradi.  Sifat  jiqatidan  esa  bu  ishlagan 

vaqt davomida qancha miqdorda tovar va xizmatlar yaratilishi, ular 

qanday  narxda  sotilishi,  natijada  qancha  pul  daromad  olinishini 

bildiradi.  To‘liq  bandlik  belgilangan  ish  kuni,  haftasi  va  oy 

davomida  har  doim  ish  bilan  mashg‘ul  bo‘lishini  bildiradi.  Aks 

holda to‘liq bo‘lmagan bandlik kelib chiqadi. 

“Samarali” yoki “oqilona” va “samarasiz” bandlik ham mavjud. 

Oqilona  bandlik  bu  yuqori  mehnat  unumdorligi  va  shunga  binoan 

yuqori  daromad  keltiradigan  va 

ishlovchining 

mehnatdan 

qoniqishini 

ta’minlovchi 

bandlikdir.  Samarasiz  bandlik 

mehnat  unumdorligi  past,  ish 

haqi  kam  va  ishlovchi  o‘z 

mehnatidan 

qoniqmagandagi 

bandlikdir.  Bunday  bandlikda 

texnologiya  yuqori  bo‘lmaydi, 

malakasi  va  ish  tajribasi  kam  kishilarning  mehnati  talab  qilinadi. 

Oqilona bandlikka misol qilib kompyuter dasturchisining bandligini 

olish  mumkin.  U  zamonaviy  kompyuterlarda  ishlaydi,  uning 

mehnati  maxsus  iste’dod  va  tayyorgarlik  talab  qiladi  va  ish  haqi 

ham  boshqalarnikidan  ancha  yuqori  bo‘ladi.  Samarasiz  bandlikka 

misol qilib qishloq xo‘jaligi xodimlari bandligini olish mumkin. Ish 

bilan samarali bandlik, xodimlarning o‘z mehnati natijalaridan to‘liq 

iqtisodiy  manfaatdorligining  ta’minlanishi  zarurligini  anglatadi.  Bu 

o‘z  navbatida  mehnat  resurslarining  oqilona  band  qilinishini  va 

ulardan foydalanishning intensiv turiga tayanishini taqozo qiladi. 

 Bandlik  ishlovchi  uchun  ahamiyatiga  qarab  birlamchi  va  ikki-

lamchi  bandlikka  ajratiladi.  Birlamchi  bandlik  bu  asosiy  ish  bilan, 

ya’ni  daromadning  asosiy  qismini  beruvchi  faoliyat  turi  bilan  band 

bo‘lishidir. Ikkilamchi bandlik qo‘shimcha ish bilan, ya’ni qo‘shim-

cha  daromad  beruvchi  faoliyat  bilan  band  bo‘lishidir.  Кo‘pchilik 



583 

ishlovchilar birlamchi bandlikka moyil bo‘ladi, u keltirgan daromad 

ishlovchini qoniqtirmaganda, u ikkilamchi bandlikka harakat qiladi. 

Ikkilamchi bandlik o‘rindoshlik asosida ishlash shaklida ro‘y beradi. 

Mehnat bozordagi holatni faqat ish haqi miqdori emas, balki bandlik 

darajasi  ham  ifoda  etadi.  Bu  daraja  taklif  etilgan  mehnatning 

qanchasi sotilganini bildiradi. 

Bandlik  darajasi  ishlashga  layoqati  bo‘lganlarning  qanchasi 

amalda ishlab turishlarini bildiradi. 

Bandlik  darajasi  iqtisodiyotda  band  bo‘lganlarning  mehnat 

resurslariga  nisbatan  hisoblanadi.  Bunda  mehnat  qobiliyati  bor-

larning hammasi ishlashni xohlaydi deb faraz qilinadi. Bandlik dara-

jasi  (Bd)  ishlovchilarning  (I)  mehnat  resurslaridagi  (Mr)  hissasi 

bo‘lib,  foizda  ifodalanadi.  Bunda  Bd=I/Mr•100%.  Bandlik  darajasi 

mamlakatning  iqtisodiy  salohiyatiga  va  iqtisodiyotining  ishlab 

chiqarish 

imkoniyatiga 

bog‘liq 


bo‘ladi. 

Iqtisodiy 

jihatdan 

rivojlangan mamlakatlarda iqtisodiy o‘sish yuz berayotgan sharoitda 

bandlik  yuqori  bo‘lib,  ya’ni  taklif  etilgan  ish  kuchining  katta 

qismiga  talab  bildiriladi.  Mazkur  mamlakatlar  uchun  mehnatga 

layoqatli  aholining  94%ining  band  bo‘lishi  bandlikning  tabiiy 

darajasi deb qabul qilingan.  

Кeyns  nazariyasiga  ko‘ra  bandlik  darajasi  samarali  talabning 

hosilasidir.              

Boshqacha  aytganda  bandlik  yalpi  talab  miqdoriga  bog‘liq. 

Iste’mol  va  investitsion  tovarlarga  talabning  o‘sishi  jamiyatning 

samarali  talabini  ko‘paytiradi  va  shu  asosda  bandlik  tartibga 

solinadi. Кeyns davlat tomondan ijtimoiy ahamiyatga molik ishlarni 

(yo‘l  qurish,  ko‘priklar  va  boshqa  infrastrukturani)  tashkil  etish 

orqali faol aholini ish bilan band qilish masalasini ilgari suradi.  

Bandlikni  ta’minlashda  sotsial-demografik  jarayonlarning  aha-

miyati ham muhim hisoblanadi. Jumladan, respublikamizda mehnat 

resurslari  nisbatan  ko‘p,  aholining  tabiiy  o‘sishi  yuqori.  Lekin  ular 

hududlar,  tarmoqlar  va  faoliyat  turlari  bo‘yicha  bir  tekis  taq-

simlanmagan. 



584 

Yaratilayotgan  ish  joylari  soni  mehnatga  layoqatli  aholining 

o‘sish  sur’atlariga  har  doim  ham  mos  kelavermaydi.  Xo‘jalik 

aloqalarining murakkablashuvi, ishlab chiqarish tarmoqlarida o‘sish 

sur’atlarining 

har 


xil 

darajasi, 

iqtisodiyotdagi 

tuzilmaviy 

o‘zgarishlar bandlik sohasidagi muammolarni biroz keskinlashtirdi. 

Кo‘pincha  aholining  bilim  va  malaka  darajasi  bozor  muno-

sabatlarining yuqori talablariga to‘liq javob beravermaydi. Ayniqsa, 

yoshlarning mehnatga layoqatli qismida ish bilan ta’minlanmaganlik 

muammosi mavjud bo‘lib qoladi. 

Respublikada bu muammoning oqilona yechimi – kichik biznes 

va  xususiy  tadbirkorlikni, 

xizmat  ko‘rsatish  va  servis 

sohasini  jadal  rivojlantirish 

hisobidan  yangi  ish  joylari 

sonini  keskin  ko‘paytirib 

borish  hisoblanadi.  Bu  yo‘l 

katta investitsiyalar va uzoq 

vaqtni talab qilmaydi.  

Respublikada  yaqin  is-

tiqbolda  ish  o‘rinlarini  tashkil  qilishda  quyidagi  masalalarni  hal 

qilish muhim o‘rin tutadi: 

tarmoq dasturlarini amalga oshirish; 

korxonalarni modernizatsiya qilish va texnologik yangilash; 

ishlab chiqarishni mahalliylashtirish; 

qishloq xo‘jalik mahsulotlarini qayta ishlashni chuqurlashtirish; 

transport  va  kommunikatsiya  tizimini,  ijtimoiy  va  bozor 

infratuzilmasini jadal rivojlantirish; 

aholi yashash joylarini obodonlashtirish ishlarini kengaytirish. 

Moliyaviy  mablag‘lar  taqchilligi  sharoitida  yangi  ish  joylarini 

yaratish  uchun  zarur  resurslarni  jalb  qilish  quyidagi  yo‘nalishda 

amalga oshirilishi maqsadga muvofiq: 

xususiy kapitalni, aholining shaxsiy jamg‘armalarini jalb qilish, 

fuqarolarning  shaxsiy  va  oilaviy  tadbirkorlik  faoliyatini  har 

tomonlama  qo‘llab-quvvatlash,  ularga  qonun  doirasida  ko‘proq 

erkinliklar berish;   



585 

chet  el  kapitalini  jalb  qilish,  uning  samarali  faoliyat  ko‘rsatishi 

uchun  sharoit  yaratib  (huquqiy,  iqtisodiy,  ijtimoiy  va  boshqalar) 

borish; 


faoliyat  ko‘rsatayotgan  korxonalarning  yangi  ish  joylarini 

yaratishga 

qaratilgan 

mablag‘lari 

jamg‘arilgan 

qismini 


ko‘paytirishni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash ; 

sermehnat  sohalarni  kengaytirish  va  qo‘shimcha  ish  joylarini 

yaratish uchun uzoq muddatli kredit mablag‘larini ko‘paytirish; 

shaxsiy  mablag‘lar  hisobiga  yoshlarning  oliy  va  o‘rta  maxsus 

ta’lim olish imkoniyatlarini kengaytirish, qayta tayyorlash va mala-

kasini oshirish o‘quv maskanlari tarmog‘ini kengaytirish. 

Aholi bandligini ta’minlash orqali mehnatning qo‘llanish doirasi 

kengayadi,  tovar  ishlab  chivarish  va  xizmat  ko‘rsatish  hajmi  ko‘-

payadi,  kishilarning  turmush  darajasi  ko‘tariladi,  jamiyatdagi 

ijtimoiy tanglik yumshatiladi.   

                                  


Download 13,75 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   269   270   271   272   273   274   275   276   ...   321




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish