Ulanish
Ulanish(Active) hodisasi forma yoki hisobot fokus olib aktiv forma yoki hisobot bo‘lganda bajariladi. Bu forma va hisobot foydalanuvchi sichqoncha bilan boshqarish elementlaridan birini bosib fokusni ko‘chirganda va VBA programmasida SetFocus ob’уekt usuli bajarilganda ochiladi. Ulanish (Active) hodisasi Fokusni olish(GetFocus) hodisasigacha sodir bo‘ladi. Bu hodisani forma bilan bog‘langan instrumentlar panelida ekranga chiqarish qulay.
Uzilish
Uzilish (Deactive) hodisasi fokus forma yoki hisobotdan boshqa oynaga ko‘chirilganda sodir bo‘ladi(jadvallar, so‘rovlar, hisobotlar, makroslar, modullar yoki ma’lumotlar bazasi oynasi). Lekin bu hodisa fokus dialog oynasiga yoki izohga utganda sodir bo‘lmaydi. Uzilish (Deactive) hodisasi Fokusni yo‘qotish (LostFocus) hodisasidan so‘ngchiqadi .
Do'stlaringiz bilan baham: |