Amaliy mashg’ulotlar. «Iqtisodiyot nazariyasi» fanidan amaliy mashg’ulotlar o`quv dasturida ko`rsatilgan mavzular bo`yicha o`tkaziladi. Amaliy mashg’ulotlarda oldingi mavzu bo`yicha uyga berilgan topshiriqlarning bajarilishi nazorat qilinadi (10 daqiqagacha), keyin esa yangi mavzu bo`yicha talabalarning qo`yilgan savollarga javoblari eshitiladi, ular davra suhbati shaklida muhokama qilinadi (15-20 daqiqagcha). Shundan so`ng, yangi mavzuga tegishli savol-javoblar, testlar va ishlar bajariladi (30-40 daqiqa). Dars yakunida amaliy mashg’ulot mavzusi bo`yicha talabalar tomonidan erishilgan natijalar umumlashtiriladi va o`zlashtirish natijalari baholanadi (5-10 diqiqagacha), shuningdek, kelgusi amaliy mashg’ulot mavzusi va uyga topshiriqlar beriladi. Amaliy mashg’ulotlarda darsliklar, o`quv qo`llanmalari, ma’ruza matnlari, testlar to`plamlaridan keng foydalaniladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |