O‘zbекisтоn rеspubliкаsi оliy vа o‘rта махsus та’liм vаzirligi


Hindistonning tashqi siyosati va O'zbekiston bilan munosabatiari



Download 195,73 Kb.
bet10/11
Sana31.12.2021
Hajmi195,73 Kb.
#250030
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
eldorbek

2.4. Hindistonning tashqi siyosati va O'zbekiston bilan munosabatiari

Hindiston tashqi siyosatida muhim muammolardan biri Pokiston bilan munosabatlardir. 1947-yildan beri Kashmir masalasida ikki mamlakat janjal qilib keladi. Deyarli har 10 yilda qurolli to'qnashuvlar bo'lib turadi. Hindiston tashqi siyosatida tinch-totuv yashashning o'zi tashabbuskor bo`lgan besh tamoyiliga (panchachila — 1955-yilgi Bandung konferensiyasida Osiyo xalqlari o'rtasida xalqaro munosabatlarga asos qilib olingan) amal qiladi.J. Neru SEATO va SENTO bloklarining tuzilishini qoraladi. U bir qancha mahalliy janjallarni tinchitishda o'z hissasini qo'shdi.

Sovet davlati Hindistonga 60 dan ortiq sanoat korxonalarini qurishda yordam berdi. Harbiy texnika bilan ta'minladi.

Qo'shilmaslik harakatining rahbarlaridan biri va «olti mamlakat guruhi» a'zosi bo'lmish Hindiston qurollanish poygasini to'xtatishga, qurolsizlanishga, yadro urushi xavfini yo'q qilishga, kosmosni harbiylashtirishga yo'l qo'ymaslikka, yangi xalqaro iqtisodiy tartib o'rnatishga qaratilgan muhim takliflar bilan bir necha bor xalqaro maydonga chiqdi.

Hindiston Hind okeanini tinchlik zonasiga aylantirish yo'lidagi kurashga salmoqli hissa qo'shdi. AQSHning Diyego-Garsiya harbiy oroliga bazasini joylashtirishiga qarshi chiqdi. Yangi mustamlakachilikka, irqiy kamsitish va aparteidga qarshi faol kurashib keldi. Hindiston Janubiy Osiyo mahalliy hamkorligi uyushmasi (SAARK) faoliyatida ishtirok etmoqda. Shri Lanka va Janubiy Osiyodagi ahvolni yaxshilashga muhim hissa qo'shmoqda.

Hindiston —O'zbekiston munosabatiari O'zbekiston bilan Hindiston o'rtasidagi aloqalar mustaqillikdan oldin ham ancha rivojlangan edi. O'zbekiston mustaqilligidan keyin bu aloqalar yangi bosqichga ko'tarildi. Ikki mamlakat o'rtasidagi munosabatlarning rivojlanishida O'zbekiston Prezidenti Islom Karimovning mustaqillik arafasidagi Hindistonga tashrifi katta ahamiyatga ega bo'ldi. Sho'rolar zamonidagi mavjud tamoyillarni buzib, Hindiston bilan mustaqil hamkorlikni kengaytirishga birinchi bo'lib kirishdi.

Natijada Hindiston bilan O'zbekiston o'rtasida birinchi marta teng huquqli mamlakatlar kabi iqtisodiy, savdo, ilmiy-texnikaviy, madaniyat, sog'liqni saqlash, fan, texnika, turizm, sport va ommaviy axborot sohasida hamkorlik qilish to'g'risida bitimlar tuzildi.

Hindiston yordami bilan Toshkent, Buxoro va Samarqandda zamonaviy mehmonxonalar qurildi. Respublikamizga uskunalar va boshqa xil tovarlar xarid qilish uchun 1993-yilda Hindiston 10 ming dollar mablag' ajratdi.

1993-yil may oyida Hindiston Bosh vaziri Narasimxa Rao O'zbekistonga rasmiy tashrif buyurdi. Oziq-ovqat, yengil sanoat, zargarlik buyumlari ishlab chiqarish, havo yoilarini ochish, yangi zamonaviy mehmonxonalar qurish bilan shug'ullanuvchi hind — o'zbek qo'shma korxonalarini ochish haqida 10 ta bitim tuzildi. Undan tashqari hind firmalari respublikamizdagi sheriklari bilan jami 100 min dollarlik mahsulot yetkazib berish bo'yicha 15 ta savdo shartnomasiga imzo chekishdi.

O'zbekistonda dori-darmon ishlab chiqarishda hindlar katta yordam ko'rsatmoqda. Buning uchun Surxondaryoda maxsus qo'shma korxona tashkil etildi. O'zbekiston FAning yigirmadan ortiq ilmiy-tadqiqot instituti Hindistondagi sheriklari bilan hamkorlik qilmoqda.

«O'zbeksanoat» davlat assotsiatsiyasi Hindistonning «Xabar grup» firmasi bilan yiliga 4000 tonna ip-kalava ishlab chiqaradigan korxona qurdi. Hindistonning «Modi», «Rotan», «Shri eksport» va boshqa firmalari O'zbekistonda katta obro' qozondi.

2005-yil aprel oyida Islom Karimov rasmiy tashrif bilan Hindistonda bo'ldi. 2004-yilda Hindiston bilan O'zbekiston o'rtasida tovar ayirboshlash 150 min dollarga yetdi. 1993-yildan beri 800 ga yaqin o'zbek mutaxassislari axborot texnologiyalari, bank ishi, kichik biznes yo'nalishlari bo'yicha Hindistonda ta'lim olishdi. Ikki mamlakat o'rtasidagi iqtisodiy va madaniy aloqalarni rivojlantirish uchun 45 ta shartnoma imzolangan.

Shunday qilib, Hindiston — hozirgi kunda metall quyish, to'qimachilik, mashinasozlik, tog'-kon ishlari, neftni qayta ishlash, elektronika, kimyo sanoati tez rivojlanayotgan mamlakat. U 2004-yilda 12,5 mlrd dollarlik axborot texnologiyalarini xorijga eksport qildi.

Yalpi ichki mahsulotning 30 foizi qishloq xo'jaligiga to'g'ri keladi. Hindiston g'alla bilan o'zini o'zi to'la ta'minlaydi. Sholi yetishtirishda dunyoda ikkinchi o'rinda turadi. Turli texnik ekinlarini katta miqdorda yetishtiradi. Lekin mamlakat janubida millionlab odamlar qashshoqlikda yashaydi. Eng muhim muammo — inflatsiyaning kuchayishi va tashqi qarzning o'sishidir.



Oʻzbekiston bilan Hindiston oʻrtasidagi munosabatlar bir necha ming yillik tarixga ega. 1991 yilOʻzbekistonRespublikasimustaqillikka erishgach, Hindiston Oʻzbekiston mustaqilligini tan olib, 1992 yil diplomatiya munosabatlari oʻrnatdi va ikki mamlakat oʻrtasida teng huquqli aloqalar yoʻlga qoʻyildi. Oʻzbekiston Respublikasi bilan Hindiston oʻrtasida munosabatlarning huquqiy asosini turli sohalardagi ikki tomonlama hamkorlikni tartibga solib turuvchi davlat, hukumat va muassasalararo hujjatlar tashkil etadi. 2005 yilgacha ikki davlat oʻrtasida 60 ga yaqin rasmiy hujjat imzolandi. 1992 yil Toshkentda Hindistonning Bosh konsulxonasi (1988 yil tashkil etilgan), 1994 yilDehlidaOʻzbekistonRespublikasikonsulxonasi (1992 yil tashkil etilgan) elchixonaga aylantirildi. Shu davr mobaynida OʻzbekistonRespublikasiPrezidentiIslomKarimov 4 marta (1991, 1994, 2000, 2005) rasmiy tashrif bilan Hindistonda boʻldi. 1993 yil rasmiy tashrif bilan Hindiston Bosh vaziri Narasimxo Rao Oʻzbekiston Respublikasiga kelgan. Ikki davlat oʻrtasidagi savdo-iqtisodiy mumosabatlar ikki tomonlama shartnomaviyhuquqiy asoslarpi tashkil qilgan bir qator iqtisodiy bitim va hujjatlar, jumladan, "Savdo-iqtisodiy hamkorlik toʻgʻrisidagi bitim", "Investitsiyani oʻzaro ragʻbatlantirish va himoyalash toʻgrisidagi bitim", "Ikki tomonlama soliq solishga yoʻl qoʻymaslik toʻgrisidagi bitim" bilan muvofiqlashtiriladi. 1993 yilda ikki mamlakat oʻrtasida tuzilgan savdo-iqtisodiy va ilmiy-texnikaviy hamkorlik boʻyicha hukumatlararo qoʻshma komissiya doimiy faoliyat koʻrsatib kelmoqda. 1993— 2005 yillarda bu komissiyaning 5 ta yigʻilishi boʻlib oʻtdi. 2003 yil 24—26 martda Toshkentda Hindiston savdo koʻrgazmasi boʻlib oʻtdi; unda Hindistonning yirik korxona va kompaniyalari ishtirok etdi. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimovning 2005 yil apreldagi Hindistonga tashrifi chogida Kichik biznes va xususiy tadbirkorlik, Taʼlim va madapiyat sohalarida hamkorlik boʻyicha huku-matlararo hujjatlar imzolandi. mudofaa vazirliklari oʻrtasida harbiy va harbiytexnikaviy hamkorlik toʻgʻrisida bitim, Oʻzbekiston Tashqi iqtisoliy aloqalar agentligi bilan Hindiston davlat savdo korporatsiyasi oʻrtasida anglashuv memorandumi, "Oʻzbekturizm" milliy kompaniyasi bilan Hindiston sayyohlikni rivojlantirish korporatsiyasi oʻrtasida angla-shuv protokoli, Oʻzbekiston Savdosanoat palatasi bilan Hindiston savdosanoat palatalari federatsiyasi hamda Hindiston eksport tashkilotlari federatsiyasi oʻrtasida hamkorlik toʻgʻrisida bitimlar, Oʻzbekiston Tashqi iqtisodiy faoliyat milliy banki bilan Hindiston davlat banki hamda Hindiston eksport-import banki oʻrtasida hamkorlik memorandumlari, "Oʻzsanoatma-shimpeks" davlat aksionerlik tashqi savdo kompaniyasi bilan Hindistonning "Kompetent" kompaniyalari guruhi oʻrtasida Savdo uyi tashkil etish toʻgʻrisida memorandum, Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti bilan J.Neru universiteti hamda Toshkent sharqshunoslik instituti bilan Mirzo Gʻolib instituti oʻrtasida anglashuv memoran-dumlari imzolandi. 2004 yil mamlakatlar oʻrtasida tovar ayirboshlash hajmi 160 mln. AQSHdollarinitashkilqildp. Hindistondan Oʻzbekistonga qogʻoz va karton, dori-darmon, uskupa, organik va kimyoviy birikmalar kelti-riladi. Oʻzbekiston Hindistonga rangli metallar va ularlan yasalgan buyumlar, ayrim xizmat turlari, poliz mahsu-lotlari, ipak va kimyoviy tolalarni yuboradi. Ayni vaqtda Oʻzbekistonla Hindiston sarmoyasi ishtirokida tuzilgan 40 ga yaqin qushma korxona hamda Hindistondagi 4 kompaniyaning vakolatxonasi faoliyat koʻrsatmoqda.

Ikki mamlakat oʻrtasida axborot texnologiyalari, kon sanoati, madaniyat, fan, texnika va taʼlim sohasida hamkorlik rivojlanmokda. Ikki mamlakat olimlari ishtirokida ilmiy sim-pozium, seminar va anjumanlar oʻtka-zish odat tusiga kirgan. Mamlakatlar tarixi, musiqa, adabiyot, arxeologiya, meʼmorlik, tibbiyot, biol., kosmik fazoni oʻrganish, geol. va boshqalar koʻplab sohalarda hamkorlik yoʻlga qoʻyilgan. 1991 yil Hindistonda buyuk oʻzbek shoiri Alisher Navoiyning 550 yilligiga bagʻishlangan Oʻzbekiston madaniyati va sanʼati kunlari oʻtkazildi. 1992 yil oktabrda Oʻzbekiston mustaqilligining bir yilligiga bagʻishlab Dehli shahrida oʻzbek madaniyati va sanʼati festivali boʻlib oʻtdi. Shu yil noyabr oyida oʻzbekistonlik taniqli rassom Akmal Nuriddinovning koʻrgazmasi namoyish etildi. 1993 yilZahiriddin Muhammad Boburtavalludining 510 yilligi Hindiston va Oʻzbekistonda keng nishonlandi. Ikki mamlakat oʻrtasidagi ilmiy-madaniy hamkorlikning rivojlanishida 1994 yil Hindistonning Oʻzbekiston Respublikasidagi elchixonasi huzurida faoliyatini boshlagan Hindiston madaniy markazining hissasi katta11.



XULOSA

Kasallikning boshlanishida Ikkinchi jahon urushi, Hindiston armiyasi 205 ming kishidan iborat edi. Keyinchalik, Ikkinchi Jahon urushi davrida Hindiston armiyasi tarixdagi eng katta ko'ngilli kuchga aylanib, 2,5 milliondan oshgan. Bunda Hind III korpusi, Hind IV korpusi, Hind XV korpusi, Hindistonning XXXIII korpusi, Hindistonning XXXIV korpusi, 4, 5, 6, 7, 8, 9, 10, 11, 12, 14, 17, 19, 20, 21 va 23-hind diviziyalari hamda boshqa kuchlar tuzildi. Bundan tashqari, ikkita zirhli diviziya va havo-desant diviziyasi yaratildi. Ma'muriyat, qurol-yarog ', o'qitish va jihozlash masalalarida Hindiston armiyasi katta mustaqillikka ega edi; Masalan, urushdan oldin Hindiston armiyasi Vikers-Bertier O'rniga (VB) yengil pulemyot Bren qurol Buyuk Britaniya armiyasi, eskisini ishlab chiqarishni va chiqarishni davom ettirganda SMLE № 1 Mk Ikkinchi Jahon urushi paytida miltiq, Li-Enfild o'rniga №4 Mk I o'rniga urush boshidan Britaniya armiyasiga berilgan.[31]

Ushbu mojaro paytida Hindiston armiyasining alohida hissasi quyidagilar:


  • Ikkinchi Jahon urushi O'rtayer dengizi, Yaqin Sharq vaAfrika teatrlari

    • Sharqiy Afrika kampaniyasi

    • Shimoliy Afrika kampaniyasi

      • Kompas operatsiyasi

      • Battleaxe operatsiyasi

      • Salibchilar operatsiyasi

      • Birinchi ElAlamein jangi

      • Ikkinchi ElAlamein jangi

    • Angliya-Iroqurushi

    • Suriya-Livan kampaniyasi

    • Angliya-Sovetning Eronga bosqini

    • Italiya kampaniyasi

      • Monte Kassino jangi

  • Gonkong jangi

  • Malaya jangi

  • Singapur jangi

  • Birma kampaniyasi

    • Kohima jangi

    • Imphal jangi

Ushbu to'qnashuv paytida 87 mingga yaqin hind askari hayotdan ko'z yumdi. Hind askarlari 30 ta mukofot bilan taqdirlandilar Viktoriya xoch Ikkinchi Jahon urushi paytida. (Qarang: HindistonViktoriya Xocholuvchilar.)

Nemislarva yaponlar hindlardan jangovar kuchlarni jalb qilishda nisbatan muvaffaqiyatli bo'lgan harbiy asirlar. Ushbu kuchlar Tiger Legionva Hindiston milliyarmiyasi (INA). Hindistonlik millatchili derSubhas Chandra Bose 40 ming kishilik INAga rahbarlik qildi. 1942 yil fevral oyida Malaya va Singapurda asirga olingan 55000ga yaqin hindulardan taxminan 30.000 INAga qo'shilishdi,[32]Birma kampaniyasida Ittifoq kuchlariga qarshi kurashgan. Boshqalar esa Yaponiyaning asir lagerlarida qo'riqchilarga aylanishdi. Ishga qabul qilish Majorning ishi edi Fuji va raIvaychikim o'z xotiralarida kapitan deb eslaydi Mohan Singx Deb, kim taslim bo'ldi Jitraning qulashi INA asoschisiga aylandi.

Hindiston armiyasining ba'zi xodimlari yollanishga qarshilik ko'rsatdilar va asirlikda qolishdi.[33]Malaya va Singapurda qo'lga olingan noma'lum raqam Yaponiya tomonidan ishg'ol qilingan hududlarga olib ketilgan Yangi Gvineya majburiy mehnatsifatida. Ushbu erkaklarning aksariyati Ikkinchi Jahon urushi paytida Yaponiyaning boshqa mahbuslari boshidan kechirganidek, og'ir mashaqqatlar va shafqatsizliklarga duch kelishgan. Ularning qariyb 6000 nafari 1943–45 yillarda Avstraliya yoki AQSh kuchlari tomonidan ozod qilinmaguncha omon qoldi.[32]

Ikkinchi jahon urushining keyingi bosqichlarida, kuzdan Singapur va tugashi ABDACOM 1942 yil boshida tashkil topgunga qadar Janubiy-Sharqiy Osiyo qo'mondonligi (SEAC) 1943 yil avgustda ba'zi Amerika va Xitoy bo'linmalari Buyuk Britaniya harbiy qo'mondonligi ostiga olindi.





Download 195,73 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish